164
• xarajatlar hisob-smetasi.
Xo‘jalik bosh planida asosiy quvurlar, kelish yo‘llari va yashin qaytargichlar
ko‘rsatilishi kerak.
Hujjatlar gaz va yong‘in inspeksiyalari bilan kelishuvdan o‘tkaziladi.
Xavfsizlik texnikasi
Reaktorlarni ekspluatatsiya qilishda tabiiy gazni yoqishga mo‘ljallangan
qurilmalarga oid amaldagi normativlarga rioya qilish kerak.
Biogaz tabiiy gazga nisbatan torroq portlash chegaralariga ega: 6% dan 12%
gacha (5-15% o‘rniga).
Hujjatlarda 300 m
3
gacha hajmga ega imoratda 1 soatda sakkiz karra ko‘p havo
almashtiruvchi ventilyatsiya nazarga olinishi kerak.
Qurilmadagi xomashyoning umumiy hajmi reaktor hajmining 2/3 qismidan
oshmasligi kerak.
Reaktorning o‘lchamini tanlash
Reaktorning o‘lchami mavjud uy hayvonlarining sonini hisobga olib, har bir
xo‘jalik uchun alohida belgilanadi:
- Uy hayvonlari go‘ngining sutkalik miqdori
- Reaktorning hajmini hisoblash qiyin emas.
1-MISOL: Sizning xo‘jaligingizda 20 ta sigir va 10 ta cho‘chqa bor, demak,
reaktor uchun xom-ashyo miqdori:
20 (sigir) * 35 kg + 10 (cho‘chka) * 4kg = 740kg.
Shuning uchun, 740 kg ga yana 246 kg (740 kg ni 2/3) qo‘shamiz.
740 + 246 = 986 kg bo‘ladi.
Endi 986 kg 10*> ga ko‘paytirib, reaktorning hajmini aniqlaymiz - 9 860 kg,
taxminan 10 tonna. 10 tonnali reaktorining mahsuldorligi 20 m
3
/sutka.