• Biogaz energiyasining hosil bo‘lish texnologiyasi
  •  BIOMASSA ENERGIYASIDAN FOYDALANISH




    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet66/75
    Sana20.01.2024
    Hajmi4,8 Mb.
    #142019
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75
    Bog'liq
    qayta tiklanuvchi energiya

    8. BIOMASSA ENERGIYASIDAN FOYDALANISH 
     
    8.1. Biogaz energiyasining hosil bo‘lishi 
    Biogaz 
    deyarli 
    arzon 
    ekologik 
    yonilg‘i hisoblanib, chorvachilik, 
    parrandachilikni qattiq va suyuq chiqindilaridan hamda o‘simliklar va oqar suvlarda 
    hosil bo‘ladigan qoldiqlardan olinadi.
    O‘z xususiyatlari bo‘yicha biogaz tabiiy gazga yaqin. 
    Biogaz tabiiy gaz kabi quyidagi jarayonlarda ishlatilishi mumkin: 
    • ovqat tayyorlash; 
    • elektr va issiqlik energiya (issiq suv va uy-joylarni isitish); 
    • avtomobil yonilg‘isi sifatida. 
    Biogaz ishlab chiqarish jarayoni qoldiqlaridan yuqori sifatli go‘ng hosil 
    bo‘ladi. 
    Biogazni nafaqat mollari, parrandalari ko‘p bo‘lgan fermer xo‘jaliklarda, balki 
    xususiy xo‘jaliklarda ham olish mumkin. Agarda bir necha fermalar va xususiy 
    xo‘jaliklar bir-biriga yaqin joylashgan bo‘lsa, chiqindilarni qayta ishlab chiqarishni 
    markazlashtirib tashkil etish va olingan biogazni ferma va xo‘jaliklarga quvurlar 
    orqali uzatish iqtisodiy foydaliroq bo‘ladi. 
    Biogaz olish uchun sanoat korxonalarda va qo‘lda ishlab chiqarilgan biogaz 
    qurilmalardan (BGQ) foydalaniladi (8.1-rasm). Sanoat va qo‘lda ishlab chiqarilgan 
    qurilmalarning 
    asosiy 
    farqi 
    isitish 
    maxsus 
    tizimlarni 
    mexanizatsiya 
    va 
    avtomatizatsiyalashtirishda. Dunyoda qurilmalarni ikkala turi ham keng tarqalgan. 
    Masalan, Hindiston, Vetnam, Nepal va boshqa mamlakatlarda ko‘pincha kichik 
    (oilaviy) BGQ ishlatiladi. Ulardan olingan gaz, asosan, ovqat tayyorlash jarayonida 
    ishlatiladi. BGQlarning ko‘pchiligi Xitoyda joylashgan - 40 millionga yaqin, 
    Hindistonda - 3,8 million, Nepalda - 20 ming kichik qurilmalar mavjud. O‘rta va 
    katta BGQ larning absolyut ko‘rsatkichlari, soni bo‘yicha ilg‘or 5-o‘rinni Germaniya 
    egallaydi (8 ming). G‘arbiy Evropada parrandachilik fermalarning yarmi biogaz bilan 
    isitiladi. 


    162 
    8.1 –rasm. Biogaz energiyasining hosil bo‘lish texnologiyasi
    BGQ har qanday qurilish kabi, mablag‘, kuch va quvvatingizni talab qiladi. 
    Birinchi kubometr biogazni olish bilan foyda kelishini o‘ylamaslik kerak, buning 
    uchun qurilma turg‘un ishlashi kerak va sizni bilimdon ega sifatida doimo 
    e’tiboringizda bo‘lishi kerak. BGQ ni qurishga qaror qilgan fermer yoki kichik 
    xususiy xo‘jalik egasiga rejalash va montaj ishlarining xar bir tafsilotlariga e’tibor 
    berish tavsiya etiladi. 
    Agarda qurilma mustaqil ravishda yig‘ilsa, har bir bosqichda mutaxassislar 
    (quruvchilar, montajchilar, gazchilar, elektriklar) bilan maslaxat qilish nihoyatda 
    zarur. 
    Faqat shunday yondashuvda va shaxsiy manfaatdorlikda ko‘pgina xavf- 
    xatarlardan qutilish mumkin. 
    BGQ turg‘un, doimiy va ishonchli ishlashi uchun undan foydalanuvchi 
    ekspluatatsiyaning xar bir tafsilotini bilishi kerak. Faqat shu shartlar bajarilganda, 
    quyida berilgan kafolatlarga erishish mumkin. 
    • xarid qilishni kamaytirish hisobiga mablag‘ tejash: 
    - yonilg‘i; 
    - elektr energiya; 
    - o‘g‘it. 


    163 
    • qo‘shimcha mablag‘lar olish imkoniyatlari: 
    - biogaz va bioo‘g‘it sotish; 
    - qishloq xo‘jalik madaniy o‘simliklarining hosildorligini oshirish. 
    BGQ qurishdan oldin nimalarni hisobga olish kerak? 
    - Biogaz qurilmasi tufayli krizisga uchragan xo‘jalikni ko‘tarish mumkin emas. 
    Biogaz qurilma xo‘jalikning samaradorligini va birinchi navbatda, qishloq uy-
    joylaridagi sharoitlarni yaxshilashga yordam berishi mumkin. 
    - Biogaz qurilmalarga yo‘naltirilgan investitsiyalar uzoq muddatli sarmoyalar 
    bilan bog‘lik. Suning uchun BGQ qurilishining hisob-kitobi kelajakni ham nazarga 
    olgan holda bajarilishi kerak. 
    - BGQ qurilishining ko‘p qismining mustaqil qilinishi yo‘qotishlarni 
    kamaytirish va rentabellikni oshirishga, kelgusidagi nosozliklarni bartaraf etishga 
    yordam beradi. 
    - BGQ ning ishlashi natijasida fermadagi yoqimsiz hidlarning darajasini 
    anchagina pasaytiradi, bu esa fermalar turar-joylarga yaqin joylashganida juda 
    muhim. 
    - Metan hosil qiluvchi bakteriyalar fermadagi mollar kabi o‘ziga e’tibor talab 
    qiladi. Bu esa biogaz qurilmalarning muvaffaqiyatli ishlashi uchun maxsus bilimlarni 
    talab etishidan dalolat beradi. Shuning uchun xizmat qiluvchilarga bilim berishga, 
    malakasini oshirishga va manfaatdorligini yaratishga e’tibor berish zarur. 
    - Nazorat va profilaktik ishlar o‘tkazmasdan ekspluatatsiya qilish mumkin 
    emas.

    Download 4,8 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75




    Download 4,8 Mb.
    Pdf ko'rish