- 160 -
dasturida yaratilgan elektron raqamli karta
*. Shape format birligiga keltirilib
olinadi va Mobile Mapper Offica dasturi yordamida yuqorida keltirilgan ketma-
ketlik asosida GPS sun’iy yo‘ldosh to‘lqin qabul qilgich qurilmasiga yuklab olinadi.
Hudud topografik jihatdan o‘rganiladi va GPS sun’iy yo‘ldosh to‘lqin qabul qilgich
qurilmasi aktiv holga keltiriladi. GPS sun’iy yo‘ldosh to‘lqin qabul qilgich
qurilmasi eng kamida 6 ta sun’iy yo‘ldosh bilan bog‘langanda ishchi holatga
kelganligi ma’lum bo‘ladi. GPS sun’iy yo‘ldosh to‘lqin qabul qilgich qurilmasi
ishchi oynasida yer konturi va fermer xo‘jaligi chegaralari ko‘rsatilgan holda
vizuallashgan bo‘ladi. Qurilmaning ishchi oynasida dalaning qaysi busahasida
turganligini ko‘rsatib turadi. GPS sun’iy yo‘ldosh to‘lqin qabul qilgich qurilmasida
yangi proekt “Mobile Mapper” rejimida yaratiladi va proektga nom beriladi.
“Mobile Mapper” rejimida uch qatlam asosida s’yomka qilish mumkin bo‘lib, ular
nuqtali, maydonli va chiziqli qatlamlardir. Maydonli qatlam asosida yer
maydonini to‘liq aynalib chiqish natijasida umumiy yer maydonini aniqlash
imkoni bo‘lsa, nuqtali va chiziqli qatlamlardagi tavsifga ega bo‘lgan boshqa
ob’ektlar tadqiq qilinadi (3.10.4-rasm).