- 177 -
Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan triangulyatsion
skanerlarni ishlash
doirasi bir necha o‘n santimetrdan 25 metrgacha ekanligi burchak o‘lchashdagi
xatoligiga atmosfera (refraksiya va elektromagnit to‘lqinlarini so‘nishiga) ta’siri
amaliy jihat hisobga olmasa ham bo‘ladigan darajada. Ob’ekt nuqtalarini fazoviy
koordinatalarini triangulyatsion skanerda o‘lchash aniqligi 50 mkm dan 0.3mm
bo‘lib, asosan bunga o‘lchanayotgan masofaning kattaligi
asbobni instrumental
xatosi, skanerni boshqaruviga asos qilib olingan dasturni matematik yechimini
aniqligi bilan bo0liq bo‘lgan,
uslubiy xato, xamda skanerlanayotgan ob’ektni
teksturasi (tarkibiy tuzilishi) materiali va shakliga bog‘liq.
Triangulyatsion skaner bilan ob’ektni skanerlashda skanerlovchilar s’yomka
ob’ektining yuzasini birdek akslantiruvchi qiladigan maxsus kukun bilan ishlab
chiqishni tavsiya etadilar. Brchakdagi xatolikka skanerlanaetgan ob’ektni
teksturasi, shakli va materiali ia’sirida burchak xatosi kelib chiqadi. Bu ob’ektni
ayrim qismlaridan yoki tekisliklaridan lazer nurini akslanishi turlicha bo‘lishi
oqibatida kelib chiqadi. O‘z navbatida bu qabullanayotgan
energiyani katta
taqsimlanishiga olib keladi, o‘lchashda kirish signali dog‘ining markazini noto‘g‘ri
aniqlash natijasida asimmetriya yuzaga keladi.
Triangulyatsion skanerlar asosan mashinasozlikda, tibbiyotda, aviasozlikda
va shularga o‘xshash boshqa ishlarda qo‘llaniladi.