4.5.2 – rasm. Trimble firmasini Yerusti lazerli skaneri: a – GS200; b –
Soisic; v – S25; g – GX
GS100 va GS200 skanerlari ob’ektni fazoviy koordinatalarini aniqlash bilan
birga raqamli videokamera bilan s’yomka qilishi mumkin, uning yordamida
ob’ektni raqamli rangli suratini olish mumkin. Ob’ektiv fokus masofasini
avtomatik o‘zgartirish uchun videokamera transfokator bilan jixozlangan.
S10, S25 va Soisic Mensi skanerlari kichik o‘lchamdagi xonalarda ichki
uskunalarni s’yomka qilish uchun maxsus ishlangan. Bu Yerusti lazerli
skanerilarida masofa o‘lchashni triangulyatsiya usuli qo‘llanilagnligi natijasida
ob’ekt nuqtalarini fazoviy koordinatalari yuqori aniqlikda (0,1mm atrofida)
aniqlanadi. Ushbu asboblarda fokuslash va elektromagnit signalni qaytishiga
nisbatan lazer nurlanishini sozlash avtomatik ravishda bajariladi. Bu modeldagi
skanerlar ham raqamli kameralar bilan jixozlangan.
Riegl Laser Avstriya firmasi LMS seriyasidagi Riegl skanerlarini chiqaradi
(4.5.3 – rasm).
- 183 -
a b v g d
4.5.3 – rasm. Riegl firmasini Yerusti lazerli skanerilari: a – LMS-Z210;
b – LMS-Z360; v – LMS-Z420i; g – LMS-Z390i; d – LMS-Z210ii
Riegl LMS-Z210 lazer skaneri ob’ekt nuqtalarini fazoviy koordinatlari va
akslangan signalni intensivligi to‘g‘risidagi informatsiyadan tashqari dalnomerni
qabullash va uzatuvchi traktini ZBA elementi bo‘lganligi sababli nuqtalarni real
ranglari to‘g‘risida ma’lumot olishi imkonini beradi. Real rang to‘g‘risida
ma’lumot oluvchi priyomnik, juda ham yuqori integrallashgan sezgirlikka ega,
lekin skanerlash yuqori tezlikda olib borilishi sababli (ekspozitsiya vaqtini
kamligi), olinayotgan tasvirda rang uzatish darajasi past.
LMS-Z360, LMS-Z390 va LMS-Z420 skanerlari konstruktiv jihatdan LMS-
Z210 bilan bir hil, ular bir biridan texnik xarakteristikalari bilan farqlanadi. Bu
modellarni o‘ziga hoslik tomonlari shundan iboratki, ularni kallagiga Nikon D100
yoki Canon EOS 1Ds raqamli kamerani o‘rnatish mumkin.
Yerusti lazerli skanerini ishlab chiqarish va sotish bilan hammaga tanish
bo‘lgan Leica geodezik firmasi ham shug‘illanadi. Bu firmani markasi bilan HDS
2500, HDS 3000, HDS 4500, ScanStation, HDS 6000 va ScanStation 2 (4.5.6 –
rasm) markalarini uchratishimiz mumkin, bulardan birinchi to‘rtasi xozirgi
vaqtda ishlab chiqarilmayabti.
a b v g d
|