Mavzuga oid savollar.
1. Lazerli skanerlarda masofa o‘lchash nechta usulda bajariladi?
2. Masofa o‘lchash impulus usulida qanday topiladi?
3. Karrali chastotalar usulini tushuntirib bering?
4. Triangulsiya usulida yer lazerli skaner ishlari qanday bajariladi?
4.4. Yerdan bajarilgan lazerli skanerlashlarda burchak kattaliklarini
o‘lchash usullari
Burchak o‘lchashni avtomatlashtirishda quyidagi usullarga alohida e’tibor
qaratiladi.
1) Niqobli sonli shkalali kodli disklarni qo‘llashga;
- 178 -
2) Impulsli (inkremental) disklarni qo‘llashga;
3) Elektroinduktivli (chastotali, amplitudali, fazali, xajmli);
4) Vaqtiy;
5) Kombinatsiyalangan (impuls-vaqtiy);
6) Kombinatorli shkalalarni qo‘llashga;
7) Shtrix kodli shkalani qo‘llashga;
8) Qutblanuvchi;
9) Interferension.
Yo‘nalishlarni o‘qib olish yoki burchaklarni o‘lchash prinsipiga bog‘liq holda,
barcha vositalar va burchak o‘lchashni avtomatlashtirilgan usullari ikki guruxga
bo‘linadi:
-
Pozitsion (absolyut) usullar, bularda yo‘nalish (pozitsiya) diskdan (limban)
gradus birligida o‘qib olinadi. Burchak ikkita sanoqlarning farqidan olinadi;
-
To‘plash (nisbiy) usullar, bunda burchak boshlangich (start boshidagi) va
oxirgi (to‘xtalgan) burchak tomonlari orasida to‘plangan impulslarining
yig‘indilari bilan burchak o‘lchanadi.
Sonli shkala maskalari bo‘lgan kodli disklar. Bu usulda burchak kattaligi o‘qib
olinadigan limb kodli disk bo‘lib, unga “ha-yo‘q” tipidagi alohida elementlardan
tashkil topgan kodli yo‘llar tushirilgan. Bu elementlar shunday joylashtirilganki,
uni ma’lum bir har bir kodida o‘lchanayotgan burchak kattaligi shifrlanadi, shu
bilan birga, har bir yo‘l o‘lchanayotgan burchak qiymatini bitta razryadini
ifodalaydi. Kodni o‘qish optik usulda amalga oshiriladi. Bu usul absolyut burchak
o‘lchashga mansub.
Impulsli disklar. Bu usulni burchak o‘lchashni asosiy mohiyati shundan
iboratki, burchakni ikki tomoni orasidagi aylana yoyining orasida joylashadigan
(yotqiziladigan) impulslar (shtrixlar ketma ketligi va ular orasidagi intervallar
“ha-yo‘q” tipidagi elementlar bo‘lgan intermentlar) soni bilan burchak kattaligi
aniqlanadi.
- 179 -
Bu usul limb tashqi chetiga yoki bir hil intervalda alidadaga tushirilgan,
radial shtrixlar sistemasi shtrixli rastrni qo‘llashga asoslangan. Bu usulda burchak
o‘lchash nisbiy usullarga mansub.
Elektroinduktiv usullar. Bu usul o‘zgaruvchan tok generatorlarida
qo‘llaniladigan analogiyaga asoslangan. Elektroinduktiv usuliga asoslangan
sistemalarda doimiy yo‘naltirilgan kuchlanishni o‘tkazgichch presslangan
doiraviy plastik stator bo‘ladi. Bunday tiptagi qurilma induktosin deyiladi.
Shuningdek, pressovkalangan o‘tkazgichni stator tepasida rotor aylanadi. Rotor
aylanishida tok hosil bo‘ladi, uning chastotasi stator qutblarining soniga bog‘liq.
Uni burilish burchagiga proporsional, rotordan olinayotgan kirish
kuchlanishining fazasi va kuchlanish amplitudasini stator ta’minot sxemasi
doimiylikni ta’minlaydi. Statordan olinaytgan kuchlanish amplitudasi doimiy,
hamda fazaviy, bu vaqtda rotor burilish burchagiga bog‘liq ravishda o‘zgarganida
induktosinlar amplitudali bo‘lishi mumkin. Fazaviy induktosinlar aniqroq, sababi
fazalarni songa o‘zgartirish aniq amalga oshiriladi.
Vaqtiy usul. Bu usulni mohiyati shundan iboratki, sanoq olish qurilmasi
vazifasini bajaruvchi markani aylanish vaqtini o‘lchash orqali burchak aniqlanadi.
Bu usulni amalga oshirishni murakkab tomoni mo‘ljallangan klass aniqligini
ta’minlaydigan darajada markani barqaror aylantiruvchi qurilmani yaratishda.
Bu usulda o‘lchanayotgan burchak kattaligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
𝛼 = 2𝜋𝑟
𝑛
60
𝜏 (4.4.1)
bu yerda τ – marka aylanish vaqti;
n – minut davomida markani aylanishlar soni;
r – markani aylanish radiusi.
Bu usul nisbiylikni bir turi hisoblanadi.
Kombinatsiyalangan usul. Adabiyotlar bu usulni ham dinamik usul deb ham
aytishadi. Kombinatsiyalangan usulni sistemalarda burchak o‘lchashda tayanch
yo‘nalishni beruvchi nurlanish manbai va qabullovchi, hamda alidada bilan qattiq
birlashtirilgan, limb burilishiga yo‘nalish beruvchi nurlanish manbai va
- 180 -
priyomnik bo‘ladi. Fotodiodlar ustida tirqishi yopiq limb (disk) aylanishida unda
fototok hosil bo‘ladi, ular impulslarga aylantiriladi. Ikkala fototokva o‘z navbatida
impulslar, impulslar soni N va τ ga bog‘liq holda faza bo‘yicha siljitiladi. Limb va
alidada qismlari bilan bog‘liq bo‘lgan, markalar orasidagi impulslarni sanash
orqali bu fazalar farqi aniqlanadi. Shu yo‘sinda burchak o‘lchashda qo‘pol sanoq
olinadi. Ikki signal impulslari orasidagi τ marka aylanish vaqti bo‘yicha sanoqni
kasr qismi topiladi. Bu burchak o‘lchash usulini absolyut usullarga mansub deyish
mumkin. Bu burchak o‘lchash asboblarini attestatsiyalashda qo‘llaniladigan,
etalon sifatida qabul qilinadigan asboblarda qo‘llaniladi.
Kombinatorli shkalalar. Bu usul kodli usulni modifikatsiyasi hisoblanadi.
Bunda quyidagi kamchiliklar bartaraf etilgan: bir nechta kodli yo‘llari bo‘lgan
disklarni tayyorlashni murakkabligi va o‘qish qurilmasi konstruksiyasini
beso‘noqligi. Kombinatorli usulda bitta kodli yo‘lli bo‘lgan disk ishlatiladi,
informatsiyani o‘qish bir nechta datchik yordamida bajariladi. O‘quvchi
datchiklarni soni va holati shunday tanlanganki, har bir diskret burchak burilishi
shkalasiga ma’lum bir kombinatsiya holatidagi o‘qish elementlari, ya’ni kodlar
kombinatsiyasi mos keladi.
Shtrix kodli shkalalar. Bu usul sonli shkalali kodli usuldan shu bilan
farqlanadiki, bunda o‘lchanayotgan burchak to‘g‘risidagi informatsiya shtrixlar
ko‘rinishida berilgan.
Qutblanish usuli. Qutblanish usulini mohiyati shundaki, lazer tutalida
tekislikni burilish burchagi tutamni burilish burchagiga bog‘liqligiga asoslangan.
Qutblanuvchi burchak o‘lchagichni asosiy tashkil etuvchi qismi lazerli kollimator,
silindrik linza, uzatuvchi va qabullovchi (yarim o‘tkazuvchi) ko‘zgu,
mikrodvigatel, ob’ektiv, polyarizator-analizator, diafragma, mini EXM va
aklantirgich.
Interferension usul. Bu usulda burchak o‘lchashda yorug‘lik to‘lqinini
interferensiyalanish hodisasi ishlatiladi.
- 181 -
Yerusti lazerli skanerini burchak o‘lchash blokida shtrix kodli shkala
qo‘llaniladi, sonli kodlar maskasi bilan kodli disklar, impulsli disklar,
kombinatorli shkalalar, shtrix kodli shkalalar yuqori tezlikda o‘qib olishni
(burchak o‘lchash xatosi bir necha sekundni tashkil etadi) ta’minlaydi,
konstruktiv jihatdan sodda amalga oshiriladi.
|