- 193 -
Birinchi yondashuvda skaner bilan burchaklar va masofalarni o‘lchash
natijalaridagi sistematik asosiy (katta) qismi bartaraf etiladi, aslida xatolarni
bunday tuzatish skanerlarga old ishlov berish bosqichida amalga oshiriladi.
Sistematik xatolarni qolgan qismi bartaraf etish kompleks yondashuv, odatda
polinominal modelni qo‘llash orqali bajariladi. Skanerlarning nuqtalarining
koordinatalaridagi o‘zgarishlarni yo‘qotishda kompleks yondashuv eng universal
yondashuv hisoblanadi.