- 191 -
geologik obzor qurilmalar va analitik laboratoriya uskunalari misol bo‘lishi
mumkin. Shunga o‘xshash lazer qurilmalardan foydalanish
xavfsizlikni barcha
talablariga javob beradi.
II-klass lazerlari kichik quvvatli lazerlar bo‘lib, qurish zona spektrida
ishlaydi. Bunday lazer qurilmalariga lazer ko‘rsatkichlar,
nishonga olish
qurilmalarida ishlatiladigan lazerlar, masofa o‘lchash qurilmalari misol bo‘ladi. II-
klass lazerlariga uzoq
vaqt (15-daqiqadan ortiq) qarash ko‘zga zarar yetkazishi
mumkin. . II-klass lazer nurlarini ko‘zga yo‘naltirish va ularni teleskopik
qurilmalar orqali kuzatish (ularga qarash) mumkin emas.
III-klass lazerlariga lazer ko‘rsatgichlari va lazer skanerlarida 1dan 5mVt
gacha bo‘lgan quvvatdagi uzliksiz elektromagnit nurlanishlarni kiritish mumkin.
IIIa klassdagi lazer nurlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘zga tushishi ko‘z
uchun xavfli
bo‘lishi mumkin. Bu klassdagi lazer nurlariga bevosita qarash, odamlar ko‘ziga
yo‘naltirish v ateleskanik qurilma bilan kuzatish katta zarar yetkazishi mumkin,
sababi bular lazerni zararli ta’siri kuchaytiradi.
IIIv klass lazkrlariga 5dan 500mVt
quvvatli uzuliksiz elektromagnit nurlanishli qurilmalar kiradi. Hozirda
ishlatilayotgan
IIIv klassdagi lazer qurilmalari spektrometr, stereolitografiya va
yorug‘lik shovu misol bo‘ladi.
IIIv klass lazer nurlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘zga
tushishi, xuddi shundek nurni diffuzion akslanishi xavfli hisoblanadi.
IIIv klass
lazer nurlariga bevosita qarash va teleskop qurilmalari
bilan kuzatish mumkin
emas.
IIIv klass lazer nurlari bilan ishlashda ko‘zni himoyalovchi vositaga ega
bo‘lish kerak.
Xavfli quyidagi to‘lqin uzunligidagi lazer nurlari xavf hisoblanadi: ko‘z
pardasiga 0.38-1.40 mkm; ko‘z to‘rpardasini oldingi qismiga 0.18-100 mkm (ya’ni
barcha diapazondagi) Yerusti lazerli skanerilarida ko‘rinadigan (0.8-1.3mkm)
diapazon to‘lqin uzunliklari ishlatiladi, shuning uchun xatto
I-klass xavfsizligidagi
skanerlar bilan skanerlash vaqtida lazer nurini ko‘z pardasiga tushishidan extiyot
bo‘lishi kerak.