- 161 -
talab qilishi bilan birgalikda mutaxassisga ba’zi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Masalan, hududda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish
uchun va meliorativ
tadbirlarni amalga
oshirish uchun taralgan suvlar, begona o‘tlarni
yoki yer
konturi tomonlarining kilometr masofadan ortiqroqligi kabi sabablarni keltirish
mumkin.
Ayrim noqulayliklar tufayli mutaxassis yer konturini to‘liq aylana olmasligi
yoki uzoq masofaga piyoda yurib s’yomka qilishda to‘lqin xatoligini yuzaga kelib
chiqishi natijasida ish sifatiga putur yetadi. Shu sababli innovatsion “Smart-
surveying” nomli yangi yer konturlarini ekin turlarib bo‘yicha tadqiq qilish usulini
taklif etiladi.
Mazkur usulda yer konturini to‘liq tadqiq qilish talab etilmaydi. Yer
konturining to‘liq maydoni elektron raqamli kartada mavjud bo‘lib, faqatgina yer
turlari chegarasini chiziqli qatlamda ajratish va nuqtali
qatlamda yer turlarini
ajratgan holda atributiv jadvaliga dala tadqiqot
ishlarini amalga oshirish
mobaynida kiritib ketish kifoya bo‘ladi (3.10.5-rasm).
3.10.5-rasm. “Smart-surveying” nomli yangi qishloq xo‘jaligi yerlarini
tadqiq qilish usuli
Navigatsion usulda s’yomka qilish asnosida GPS qurilmasi ishchi oynasidagi
vizuallashgan elektron raqamli karta, yer turlarini ajratishga va yer konturlarini
orientirlashga ko‘mak beradi. Bu jarayon ish unumdorligini
oshirishga xizmat
qiladi.
Hozirgi kunda deyarli barcha GAT larda ma’lumotlarni boshqa formatdan
o‘zining ishchi formatiga import qilish va boshqa dastur formatiga eksport qilish
imkoniyatini beruvchi modul mavjud. Lekin barcha dasturlarda ham ma’lumotlar
- 162 -
almashinuvining yagona standarti mavjud emas. Ma’lumotlar almashinuvi yagona
standarti GAT lardan foydalanish imkoniyatlarini oshiradi. Bu borada ish yuritish
jarayonida kerak bo‘ladigan ma’lumotlarni to‘plash va geoma’lumotlar bazasiga
integratsiyalash sxemasi to‘g‘risida ma’lum bir tasavvurga ega bo‘lish talab etiladi
(3.10.6-rasm).