Mexanizmning berilgan pozitsiyadagi detallarini ishchi chizmasi va detallarni hizmat vazifalari 4




Download 3 Mb.
bet3/11
Sana01.07.2024
Hajmi3 Mb.
#266299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
CAD CAM CAE hisobot

Yig’ma birikma 02.000. СБ


Tishli nasos suyuqlikni quyish uchun mo'ljallangan. Nasosning asosiy ishchi qismlari ikkita to'rli vitesdir.
Yuqori tishli milning pozitsiyasi. 5 mufta yordamida elektr motor miliga ulangan (chizmada ko'rsatilmagan). Qopqoqlar pos. 2 va pos. 3 tanasi pos bilan bog'langan. 1 o'n ikki tirgak pos. 9 va yong'oq pos. 10. Tishli milning korpusdan chiqadigan joyida, pos. 5 muhrlash moslamasi mavjud. 13, mil va vtulka o'rtasidagi bo'shliqdan suyuqlikning oqib chiqishini oldini olish.



2.2. Mexanizmning texnologik yig‘ma sxemasi ma’lumoti.


Yigʼish chizmаlаrini oʼqish vа detаllаrgа аjrаtish.
Detallarning ish chizmalarini chizishda ularning oʼlchamlari bevosita yigʼish chizmasidan lineyka va sirkulda, yigʼish chizmasi masshtabini nazarda tutgan holda oʼlchab olinadi. Kompyuter grafik dasturlarda proporsionallikdan foydalaniladi.
Tasvirlangan buyum detallarining vazifasi, tuzilishi va bir-biriga taʼsiri, shuningdek, detallarning bir-biriga nisbatan joylashishi va ularning birikish usullari aniqlanadi.
Yigʼish chizmasini oʼqishda detallarning geometrik shakli toʼgʼrisida toʼla tasavvur hosil qilish uchun shu detal nuqtalari, toʼgʼri chiziqlari va yuzalarining proektsion bogʼlanishda boʼlishini, shuningdek, bir detalning oʼzi hamma qirqimlarda bir tomonga shtrixlanishini, tutash (yondosh) detallar esa turli yoʼnalishlarda shtrixlanishini esda tutish zarur.
Detalning ish chizmasidagi tasvirlarning joylashishi yigʼish chizmasidagiga oʼxshash boʼlishi shart emas. Koʼrinishlarni, qirqimlarni va kesimlarni chizishda GOST 2.305 – 68 tavsiyanomalariga amal qilish zarur.
Har bir detal uchun detalning shakli va oʼlchamlarini nazarda tutgan holda GOST 2.302 — 68 ga muvofiq masshtab tanlanadi. Detalning shakli qanchalik murakkab boʼlsa, chizmasida chiziqlar va oʼlchamlar koʼp boʼladi, shuning uchun bunday detallarni kattaroq masshtabda chizish kerak boʼladi.
Mayda protochkalar, chuqurchalar, chiqiqlar va shunga o’xshashlarning chiqarish elementlarini koʼrinishida tasvirlash maqsadga muvofiqdir.
Detallarning ish chizmalari standart formatli aloxida chizma qogozi listlariga chiziladi. Detallarga ajratishga kirishishdan oldin buyumning tuzilishi va bu buyumning ishini tushuntiruvchi matinni oʼqib chiqish va buyumning shakli togʼrisida umumiy tasavvur hosil qilish kerak.
Yigʼish chizmasi oʼqilgandan keyin har bir detalning kerakli (eng kam) tasvirlar soni aniqlanishi zarur.
Yig‘ish chizmalarini quyidagi tartibda o‘qiladi:
1. Chizmaning asosiy yozuvidan buyumning nomi, masshtabi va loyihalovchi tashkilotining nomi aniqlanadi.
2. Buyumning ishlash printsipi aniqlanadi. Oddiy konstruktsiyali buyumlarning ishlash printsipini uning chizmasidan aniqlasa bo‘ladi.
Murakkab konstruktsiyali buyumning chizmalarini o‘qish ancha qiyin. Shuning uchun buyumning yig‘ish chizmasiga uning ta‘rifi ilova qilinadi.
Bunday ta‘riflarda buyumning vazifasi, ishlash printsipi, tuzilishi va konstruktsiyasining xususiyatlari to‘g‘risida maʼlumotlar keltiriladi.
3. Yig‘ish chizmasining asosiy va qo‘shimcha tasvirlari, ko‘rinishlari, qirqim va kesimlari anqlanadi.
4. Chizmaning spetsifikatsiyasi bilan tanishib chiqiladi: har bir detalning nomi, materiali, shuningdek, geometrik shakli va konstruktiv xususiyatlari aniqlanadi.

  1. 5. Buyumni tashkil etuvchi barcha detallarning bir-biri bilan birikish xarakteri aniqlanadi: ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar, ularning tarkibiga kiruvchi mahkamlovchi detallar va elementlar aniqlanadi (bolt, gayka, shayba, payvandlash choklari va boshqalar). Yig‘ish chizmasida tasvirlangan buyumning tuzilishi, har bir detalning konstruktsiyasi, shakli va xususiyatlari aniqlanadi.

Har bir detalning asosiy va yordamchi ko‘rinishlari soni, zarur qirqim va kesimlari belgilanadi. Chizmalarning masshtabi, listning formati belgilanadi. List planlashtiriladi, detallarning murakkabligi va soiiga qarab formatlarga bo‘linadi, asosiy yozuvlar uchun joy ajratiladi. Har bir detal uchun ajratilgan formatda uning ish chizmasi tuziladi: asosiy va yordamchi ko‘rinishlari, qirqim va kesimlari belgilanadi. Zarur o‘lchamlari, g‘adir-budurliklari va o‘tqazishlar qo‘yiladi. Chizmaning har bir formatida mazkur detalga tegishli asosiy yozuv bajariladi. Shuningdek, listning o‘ng pastki burchagida barcha chizmalarga tegishli bo‘lgan asosiy yozuv yoziladi.



Download 3 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mexanizmning berilgan pozitsiyadagi detallarini ishchi chizmasi va detallarni hizmat vazifalari 4

Download 3 Mb.