|
Mexanizmning berilgan pozitsiyadagi detallarini ishchi chizmasi va detallarni hizmat vazifalari 4
|
bet | 6/11 | Sana | 01.07.2024 | Hajmi | 3 Mb. | | #266299 |
Bog'liq CAD CAM CAE hisobotQirqim ko‘rinishi.
Berilgan mexanizmdagi qirqimlar ichki yuzalardagi detallarni yaqqol tasvirini ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladi. Shuning uchun qirqimni ko‘rsatish maqsadga muofiq.
Kesim hosil qilish va uni belgilash.
Kesuvchi tekislik detal konturiga nisbatan perpendikulyar qilib o‘tkaziladi (2.1-, 2.3- va 2.4-chizmalar). Bu tekislik detal ko‘rinishida ham uning konturiga perpendikulyar bo‘ladi. Detal konturi 2.2- chizmadagidek simmetriya o‘qiga nisbatan parallel bo‘lmasa, A tekislik detalning simmetriya o‘qiga perpendikulyar qilib o‘tkaziladi.
Yaqqol tasvirda kesuvchi tekislik to‘liq ko‘rsatilsa, detal ko‘rinishida uzoq yo‘g‘on chiziqlar kesmasi tarzida chiziladi. Ular kesuvchi tekislikning izlari hisoblanadi. Bu kesim chiziqlari detalning kontur chizig‘iga nisbatan 1,5–2 barobar qalinroq chiziladi. Unga qo‘yilgan yo‘nalish ko‘rsatkichi (strelka) kontur chizig‘iga nisbatan ikki marta ingichka bo‘ladi (2.4-chizma). Kesimni belgilovchi tekislik belgisi A yo‘nalish ko‘rsatkichining ustida va ostida yoki tashqi tomonlarida yozilishi mumkin. Yaqqol tasvirda kesuvchi tekislik belgisi A bir marta yozilsa, detal chizmasida A–A ko‘rinishida yoziladi.
Qirqimlar
Chizmalar texnik hujjalar sifatida inson faoliyatining har xil sohalarida qo‘llaniladi. Buning ustiga ularning konstruktiv -texnik va texnologik sifatlari ularga ta’sir o‘tkazadi. O‘quvchilarga shtrix chiziqlani ishlatilishi oddiy tuzilishidagi detallarni tasvirlash uchun qo‘laniladigan xususiy hol ekanligi tushunarli bo‘lishi kerak. Tuzilishi murakkab detallarda shtrix chiziqlar chizmani “berkitib”, uni o‘qish va aniq tasavvur qilishni qiyinlashtiradi. Kesim va qirqimlami qo‘llanilishi chizmani ko‘rinmas kontur chiziqlaridan holi qilib uning yaqqolligini oshirib, sermazmun qiladi. Buyumning ko‘zimizga ko‘rinmaydigan ichki tuzilishini aniqlash maqsadida qirqim qo‘llaniladi.
Qirqimlar kesimlar kabi standart talablariga muvofiq bajariladi. Detalning ichki qismini aniqlash maqsadida qirqim deb ataluvchi shartli tasvirlash usuli qo‘llaniladi. Detalning ichki ko‘rinishi murakkabroq, ya’ni bir qancha sirtlardan tashkil topgan bo‘lsa, chizmani o‘qishni osonlashtirish maqsadida qirqimlar tatbiq qilingan. Qirqimlar detalning ichki va tashqi qiyofasiga qarab qo‘llaniladi. Qirqim qo‘llanilgan chizmaga e’tibor berilsa, detalning ichki tuzilishini tasvirlovchi shtrix chiziqlar o‘chirilgan. Uning o‘rniga kontur chiziq chiziladi. Qirqimda kesuvchi tekislik izi detalning simmetriya o‘qi orqali o‘tsa, u tasvirlanmaydi. Detal tekislik bilan qirqilganda hosil bo‘ladigan kesim yuzasi bilan birga tekislik orqasidagi detal qismlari ham qo‘shib tasvirlansa qirqim hosil bo‘ladi. Detal sirtining biror qismi oltita asosiy ko‘rinishning hech birida qirqimda to‘g‘ri tasvirlanmaydigan bo‘lsa, og‘ma kesuvchi tekislikni proyeksiyalar tekisliklaridan biriga perpendikulyar, ikkinchisiga esa qiya qilib o‘tkazilsa va qirqim proyeksiya tekisliklaridan biriga parallel qilib joylashtirilsa og‘ma qirqim deyiladi.
Proeksiyalar.
Muhim geometrik tushunchalardan biri – shakllarni tasvirlashdir. Geometrik tasvirlash bu biror F shaklning nuqtalari bilan ikkinchi F shaklning nuqtalari orasida bir qiymatli moslik o‘rnatishdir.
Chizma geometriyada uch o‘lchamli R3 fazoning (tekislikning) har bir nuqtasini ikki o‘lchamli R2 fazoning (tekislikning) har bir nuqtasiga aniq grafik qoidalar asosida mos keltirib, bir qiymatli moslik o‘rnatiladi. Shuning uchun chizma geometriyani fazoni tekislikda aks ettiruvchi grafik tasvirlash geometriyasi deb yuritish mumkin.
|
| |