TEXNOLOGIK QISM. 3.1. Detallarni loyihalashda standartlarni keltirish




Download 3 Mb.
bet4/11
Sana01.07.2024
Hajmi3 Mb.
#266299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
CAD CAM CAE hisobot

3.TEXNOLOGIK QISM.

3.1. Detallarni loyihalashda standartlarni keltirish.

GOST 2.109-73 ga muvofiq yig‘ish chizmalarida buyum tarkibiga kiruvchi barcha kismlar pozitsiya (tartib) nomeri bilan belgilanadi. Pozitsiya nomerlari buyum yig‘ish chizmasining spetsifikatsiyasida ko‘rsatilgan pozitsiya nomerlariga mos ravishda qo‘yiladi.


Buyum tarkibiga kiruvchi yig‘ma birliklar (masalan, yumalash podshipniklari, salniklar va shunga o‘xshashlar) bir pozitsiya sifatida belgilanadi.
Buyum tarkibiy qismlarining pozitsiya nomerlari chizma konturi tashqarisida chiqarish chiziqlari orqali ko‘rsatiladi. Bu chiziqning bir uchi detal yoki yig‘ma birlikning ko‘rinadigan tasvirida, qirqimi yoki kesimida nuqta bilan, ikkinchi uchi esa tokcha chizigʼi bilan chegaralanadi.
Аgar buyum tarkibida yupqa detallar bo‘lsa, pozitsiya nomerlarini koʼrsatuvchi chiqarish chizigʼining bir uchidagi nuqta oʼrniga strelka quyiladi.
Pozitsiya nomerlari, odatda, buyumning asosiy ko‘rinishlarida uning tarkibiy qismlari yaqqol ko‘rinadigan tasvirlari va qirqimlarida ko‘rsatiladi.
Pozitsiya nomerlari chizma kontur tashqarisida chizmaning asosiy yozuviga parallel holda, ularni qator yoki ustun qilib gruppalab, iloji boricha bir chiziqda joylashtiriladi.
Buyum tarkibiga kiruvchi har bir detal yoki yig‘ma birlik uchun pozitsiya nomeri faqat bir marta beriladi.
Chizmada koʼp marta takrorlanuvchi buyum tarkibiy qismlari mavjud bo‘lsa, ularning pozitsiya nomerlarini o‘zgartirmasdan koʼrsatish mumkin. Shuningdek, ko‘p marta takrorlanuvchi buyum tarkibiy qismlarini chizmada turli pozitsiya nomerlari bilan ham koʼrsatish mumkin. Pozitsiya nomerlarini ko‘rsatuvchi chiqarish chiziqlari o‘zaro kesishmasligi, shtrixlash chiziqlariga parallel boʼlmasligi, shuningdek, buyumning tarkibiy qismlarining tasvirlari va o‘lcham chiziqarini mumkin qadar kesib o‘tmasligi kerak.
Pozitsiya nomerlari shrifti mazkur chizmada qoʼllanilgan o‘lcham sonlari shriftlaridan bir yoki ikki nomer katta bo‘lgan shriftlarda yoziladi.
Quyidagi hollarda chiqarish chiziqlarini umumiy bitta qilib tashqariga chiqarish maʼqul bo‘ladi:
1) bitta biriktirish joyiga tegishli biriktirish detallari gruppasi uchun. Аgar biriktirish detallari ikki va undan ortiq bo‘lsa, shuningdek, biriktirish detallari bilan buyumning turli tarkibiy qismlari biriktirilgan hollarda ulariing soni tegishli pozitsiya nomerlaridan keyin qavs ichida keltiriladi. Аmmo biriktirish detallarining soni buyumning biriktiriladigan tarkibiy qismlari sonidan qatʼiy nazar, bitta biriktiriluvchi tarkibiy qismi uchun ko‘rsatiladi. Bunday hollarda chiqarish chizigʼi birikadigan tarkibiy qismdan chiqariladi.
2) yaqqol koʼrinib turadigan, ularning o‘zaro bog‘lanishi to‘g‘risida boshqacha tushuncha hosil qilmaydigan va hap bir tarkibiy qismidan alohida chiqarish chizshqlari oʼtkazish imkoniyati boʼlmagan detallar gruppasi uchun.
Bunday hollarda chiqarish chigʼi birikuvchi tarkibiy qismdan chiqariladi.
3) buyumni grafikaviy tasvirlash qiyin bo‘lgan ayrim tarkibiy qismlari uchun. Bunday hollarda chizmada mazkur tarkibiy qismlarni tasvirlamaslik mumkin. Аmmo ularning buyumda joylashishini ko‘rinuvchi tarkibiy qismidan chiqarish chiziqlar bilan anniqlanib qo‘yiladi, chizma maydonida esa texnikaviy talablarda tegishli ko‘rsatmalar beriladi. Bunday hollarda pozitsiya nomerlari tokchalar bo‘yicha joylashtirilib, ingichka chiziq bilan birlashtirib qo‘yiladi va chiqarish chiziginining bir uchipozitsiya nomeri qoʼyilgan tokchaning eng yuqorisida, ikkinchi uchi esa, pozitsiya nomer i eng yuqorigi tokchada joylashgan buyum tarkibiy qismining tasvirida bo‘lishi kerak. Pozitsiya nomerlari orqali buyumning tarkibiy qismlari tasvirlari bilan (belgisi, nomi) spetsifikatsiyasi orasida aloqa bog‘lanadi.

Download 3 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 3 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TEXNOLOGIK QISM. 3.1. Detallarni loyihalashda standartlarni keltirish

Download 3 Mb.