• Mexanik ishlov berishda umumiy qo‘yim
  • Standartlar va ma’lumotnoma jadvallaridan silliq silindrsimon birikmalar detallari uchun o‘tqazish xarakterini aniqlash.
  • Chizmalarni rasmiylashtirishda o‘tqazish va qo‘yimlar, yuza g‘adir budirliklari, texnik shartlarni yozish




    Download 3 Mb.
    bet7/11
    Sana01.07.2024
    Hajmi3 Mb.
    #266299
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    CAD CAM CAE hisobot

    3.3. Chizmalarni rasmiylashtirishda o‘tqazish va qo‘yimlar, yuza g‘adir budirliklari, texnik shartlarni yozish.


    O‘zaroalmashinuvchanlik tugrisidagi asosiy tushunchalar. Joizliklar va o‘tkazishlar tizimi. O’zaroalmashuvchanlik turlari. Nominal, xakikiy va chegaraviy ulchamlar va og’ishlar xakidagi tushuncha. Joizliklar va utkazishlarni tanlash prinsiplari. Birikmalar. Birikuvchi va birikmaydigan sirtlar. O‘tkazishlar. Uch turdagi o‘tkazishlar: oraliq, taranglik va o‘tish. Ularni moxiyati va tasnifi. Yagona joizlik va o‘tkazishlar tizimini tuzilish asoslar. Joizlik birligi. Kvalitetlar. Teshik va val tizimidagi o‘tkazishlar. O‘tkazishlar xisobi va ularni tanlash. Joizliklar va o‘tkazishlarni chizmada belgilanishi.
    Mexanik ishlov berishda umumiy qo‘yim deb, tayyor detal olish uchun mexanik ishlov berish jarayonida boshlang‘ich xomaki sirtidan olib tashlanadigan material qatlamiga aytiladi. Ishlov berishda qo‘yim o‘lchamlarini to‘g‘ri tanlash uchun texnik iqtisodiy masalalarni echish kerak. Qo‘yim qatlamiga xomakini olish texnologiyasi ham tasir ko‘rsatadi. Juda ham katta qo‘yimlarni belgilash materialning isrof bo‘lishiga, mexanik ishlov berishda ish hajmining ortishiga, kesuvchi asbob va elektr energiya sarfining oshib ketishiga olib keladi.

    10-rasm. O‘qdan og‘ishlar.
    Standartlar va ma’lumotnoma jadvallaridan silliq silindrsimon birikmalar detallari uchun o‘tqazish xarakterini aniqlash.
    Mashinasozlikdan ilmiy va texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ish unumdorligi oshirish ko‘p jihatdan umumiylashgan texnologik jarayonlar yaratish mashina detallari va birikmalarini standartlash unifikatsiyalash asosida bitta korhona hamda korxonalararo miqtosida ularning o‘zaro urin alamashtirishlarini ta’minlashga bog‘liqdir.
    O‘zaro almashtirish bu mashina va mehanizimlar, priborlar yaratishda texnik iqtisodiy talablarga rioya qilgan holda qo‘shimcha mehnat sarfisiz detallarni birini boshqasi bilan almashtirish jarayoni bo‘lib uning uchun detal o‘chamlari aniq chegaraviy qiymatlarga ega bo‘lishi kerak. O‘lchamlar quydagicha farqlanadi: nominal, xaqiqiy va chegaraviy.
    Nominal o‘lcham-loyihalash jarayonida hisoblash yo‘li bilan topilgan va detal birikmaning chizmasida keltirilgan bo‘ladi. Nominal o‘lcham chegaravi chetlanishlarni aniqlashda hisob boshi bo‘lib hizmat qiladi.
    Xaqiqiy o‘lcham-ruhsat etilgan hatolik bilan bevosita o‘lchash natijasida aniqlangan o‘lcham.
    Chegaraviy o‘lchamlar-ikkita ruxsat etilgan chegaraviy o‘lchamlarning orasida tayyor detalning haqiqiy o‘lchami yotadi yoki ularning biriga teng bo‘ladi. Chegaraviy o‘lchamlarning kattasi yuqori chegaraviy o‘lcham Dmax; dmax kichigi esa quyi chegaraviy o‘lcham Dmin; dmin deb yuritiladi va belgilanadi.
    Chizmalarni soddalashtirish va o‘qishni osonlashtirish maqsadida chegaraviy chetlanishlar nominal o‘lchamlar qatorida ko‘rsatiladi, masalan:
    Ø𝟐𝟎++𝟎𝟎..𝟎𝟑𝟎𝟐 мм;
    Yuqori chegaraviy chetlanish ES (teshiklar), es (vallar uchun)-yuqori chegaraviy o‘lcham va nominal o‘lchamlarni algebraik farqiga teng, quyi chegaraviy chetlanish e J, e, i esa quyi chegaraviy o‘lcham va nominal o‘lchamlarning algebraik farqiga teng.
    Demak, Teshiklar uchun: ES=Dmax-D, mm (mkm)
    Vallar uchun: es=dmax-d, mm (mkm)
    Teshiklar uchun: EJ=Dmin-D, mm (mkm)
    Vallar uchun: ej=dmin-d, mm (mkm)
    Quyim T deb: ………. Chegarani chetlanishlarning farqiga aytiladi.
    TD=ES-EJ; Td=es-ej;
    Detallarni o‘tkazish deb ularni biriktirish natijasida hosil bo‘ladigan oraliq (zazor) va tarangliklar qiymati bilan bilan harakatlanuvchi birikma turiga aytiladi.
    Detallarning chegaraviy o‘lchamlariga qarab o‘tkazishlar oraliq, tarang va o‘tuvchi bo‘lishi mumkin.
    Oraliqli o‘tkazish-bu o‘tkazishda birikma hosil qilgan ikki detal o‘rtasida ma’lum miqdori oraliq qoladi. Bu o‘z navbatida detallarni bir-biriga nisbatan o‘tkazuvchanligini ta’minlaydi:
    Smax=Dmax-dmin;
    Smin=Dmin-dmax;
    Tarang o‘tkazish-bu holda detallar bir-biri bilan jips (qo‘zg‘almas) birikadi.
    Nmax=dmax-Dmin;
    Nmin=dmin-Dmax ;
    O‘tkazish quyim-ruxsat etilga yuqorim orliq yoki tarangli ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farq:
    TS=Smax-Smin; TN=Nmax-Nmin;
    O‘tuvchi o‘tkazishmalarda o‘tkazish quyimi yuqori oraliq Smax va yuqori taranglik Nmax ko‘rsatkichlarni yig‘indisi sifatida aniqlanadi.
    TY=Nmax+Smax;
    Hamma turdagi o‘tkazishlar uchun o‘tkazish quyi birikmadagi detallar quyimlarning yig‘indisiga teng bo‘ladi:
    TY=TD+Td
    Misol: quyidagi oraliqli o‘tkazish Ø 40 H7/f7 uchun chegaraviy o‘lchamlar quyimlar va oraliqning qiymati aniqlansin.
    CT C-e 144-75 da keltirilgan jadvallga asosan 40 uchun quyidagicha o‘lchamlarni og‘ish chegaralarini yozib olamiz (teshik va vall uchun): YES=+25 mkm; EJ=0; es=-25 mkm; ej =-50mkm;
    Quyidagi maydonning sxemasini chizamiz:

    12-rasm. O‘zaro chetlanishlarning joylashishi.
    Chegaraviy o‘lchamlarni teshik va valni quyimlar miqtorini aniqlaymiz.
    Dmax=D n+ ES=40+0.025=40.025 mm
    Dmin=Dn+EJ=40+0=40mm TD=Dmax-Dmin=40.025-40=0.025 mm
    dmax=dn+es=40+(-0.025)=39.975 mm
    dmin=dn+ ej=40+(-0.050)=39.950 mm
    Td=dmax-dmin=39.975-39.950=0.025 mm
    Oraliqli o‘tkazish uchun oraliqni yuqori va quyi qiymatlarini va oraliqni quyimini aniqlaymiz.
    Smax=Dmax-Dmin=40.025-39.950=0.075mm;
    Smin=Dmin-dmax=40-39.950=0.025mm;
    TS=Smax-Smin=0.075-0.025=0.050mm;
    Birikma eskizida chegaraviy o‘lchamlarni (qurish chegaralari bilan) o‘tkazish turini ko‘rsating.
    13-rasm. O‘lcham og‘ishlar.



    Download 3 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 3 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chizmalarni rasmiylashtirishda o‘tqazish va qo‘yimlar, yuza g‘adir budirliklari, texnik shartlarni yozish

    Download 3 Mb.