|
Yig‘ish chizmalarida o‘lchamlar va chekli chetga chiqishlarni qoʼyish
|
bet | 5/11 | Sana | 01.07.2024 | Hajmi | 3 Mb. | | #266299 |
Bog'liq CAD CAM CAE hisobotYig‘ish chizmalarida o‘lchamlar va chekli chetga chiqishlarni qoʼyish.
Yig‘ish chizmalariga o‘lchamlar qo‘yishda detallarga o‘lchamlar qoʼyishda qo’yiladigan talablardan boshqacha talablar qo‘yiladi. Yig‘ish chizmalariga faqat bu chizmalardan foydalanayotgan vaqtda zarur bo‘ladigan o‘lchamlarnigina qoʼyish lozim. Yig‘ish chizmalarida gabarit, montaj, o‘rnatish, biriktirish, ishlatishga oid va boshqa alohida masʼuliyatli o‘lchamlar qo’yiladi. Gabarit o‘lchamlar buyum va uning tarkibiy qismlarining kengligi, balandligi va uzunligini ko‘rsatuvchi o‘lchamlardir. Аgar buyumlarning ayrim qismlari ishlash protsessida siljib tursa, u holda gabarit o‘lchamlar siljib turuvchi qismning (yoki detalning) eng chetki vaziyatini ham nazarda tutgan xolda qo‘yiladi. Montaj o‘lchamlariga buyumlarni boshqa buyumlarga biriktirishda zarur bo’ladigan o‘lchamlar kiradi. Masalan, o‘qlar orasidagi o‘lchamlar, Yig‘ish davrida tekshiriladigan, shuningdek, ayrim detallarni buyumga toʼgʼri o‘rnatish va biriktirish uchun zarur bo‘lgan o‘lchamlar. O‘rnatish (shuningdek, biriktirish) o‘lchamlariga buyumning biriktiriladigan joylarining koordinatalari, agregat yoki asbobni ishlatish uchun o‘rnatishda zarur bo‘ladigan o‘lchamlar kiradi. Bunga tayanch asoslarini boltlar, shtiftlar va boshqa elementlar bilan biriktiruchi teshiklar va ular orasidagi o‘lchamlar misol bo‘la oladi.
Ishlatishga oid o‘lchamlarga ishlatish ko‘rsatkichlarini xarakterlovchi o‘lchamlar, yaʼni reduktor valining shkiv o‘rnatiladigan joyining diametri, suyuqlik yoki gaz o‘tuvchi trubalrining ichki diametri, podshipnik o‘riatiladigan joylarning o‘lchamlari satnok supporti yoki asbob dastasining maksimal burilish burchagi va shunga o‘xшash o‘lchamlar kiradi.
Аlohida masʼuliyatli joylarning o‘lchamlariga silindrik teshikli g‘ildirak vallarining o‘qlari orasidagi masofa, chervyak va chervyak g‘ildiragi uzatmalarining o‘qlari orasidagi masofa, konus tishli uzatma vallarining o‘qlari orasidagi burchak o‘lchamlari kiradi. Shuningdek, masʼuliyatli o‘lchamlarga yana shunday o‘lchamlar kiradiki, uzellar va buyumlarni yig‘ishda va ishlatishda, joyiga o‘rnatishda bu o‘lchamlarga rioya o‘ilinmasa, ularning noto‘g‘ri va qoniqarsiz ishlashiga, detallarning tez yeyilishiga olib keladi. Prujina, mexanizm va asboblarni sozlash o‘lchamlari, detallarning ayrim eng muhim o‘lchamlarini ham yig‘ish chizmalariga qo‘yish kerak. Ish chizmalarida yuqorida qayd qilingan oʼlchamlarning chekli chetga chiqishlari belgilanishi lozim. Qolgan hollarda esa o‘lchamlarda chekli chetga chiqishlarni qo‘yish shart emas. Masalan, g‘adir-budurliklari har xil bo‘lgan zonalar, termik ishlash, qoplash va pardozlash zonalarini aniqlovchi o‘lchamlar qo‘yilganda, ularda chekli chetga chiqishlar ko‘rsatilmaydi. Ish chizmalarida, zarur bo’lgan hollarda, yuzalarning o‘zaro joylashishi va shaklining yo‘l qo’yiladigan chekli chetga chiqishlari ko‘rsatiladi.
3.2. Chizmalarni rasmiylashtirishda detallar proeksiyalari, ko‘rinishlari, qirqimlari va o‘lchamlari.
Har qanday detal uning aniq bajarilgan chizmasi orqali yasaladi. Standart talabiga muvofiq detal chizmasi barcha soddalashtirish va shartliliklar qo‘llanilgan holda eng kam ko‘rinishlarda chizilishi lozim. Aks holda, chizmani o‘qish murakkablashib ketadi va detalning geometriyasini o‘qish qiyinlashib, yasalgan detal yaroqsiz bo‘lishi mumkin.
Detalning u yoki bu qismi shaklini aniqlash maqsadida kesim qo‘llaniladi. Uning ichki tuzilishini aniqroq bilish maqsadida kesim bilan birga qirqim ham qo‘llaniladi. Shunday qilinganda detalning ko‘rinishlari soni kamayadi.
Kesim deganda detalning shaklini uning o‘qiga perpendikulyar qilib o‘tkazilgan tekislik orqali aniqlash usuli tushuniladi. Shunda tekislikda hosil bo‘lgan yuza kesim deyiladi. Kesim standartga muvofiq bajariladi. Kesimdan ko‘proq val, o‘q, shatun kabi detallarning shakli va ulardagi o‘yiq chuqurcha, bo‘rtiq kabilarning geometriyasini aniqlashda qo‘llaniladi. Bunday elementlarning o‘qlari orqali detal o‘qiga perpendikulyar qilib kesuvchi tekislik.
|
| |