Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   386
Bog'liq
qorakol

5.3. Xususiy mulkchilikka asoslangan fermer xo’jaliklarini shakllantirishning nazariy asoslari 
 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan paytdan boshlab, yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotining yaqin kelgusidagi strategik ahamiyatga ega bo’lgan ustuvor yo’nalishlarini, jumladan 
agrar sohada tub iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, qishloqda o’rta va kichik biznesni 
rivojlantirishning ilmiy va nazariy asoslarini yaratishda ulkan say-harakatlar amalga oshirildi. 
Ko’p ukladli iqtisodiyotni yaratish, insonning mulkdan mahrum bo’lishiga barham berish, 
tashabbuskorlik va uddaburonlik butun choralar bilan rivojlantirish negizi bo’lgan xususiy mulkning 


104 
davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash asosiy strategik maqsadlardan ekanligi alohida 
ta’kidlandi. Islohotlar esa mamlakat ijtimoiy hayotida izchillik bilan joriy qilinmoqda. 
Respublika xalq xo’jaligida mulkning turli xil shakllari faoliyat ko’rsatayotgan davrda bozor 
subyektlari, jumladan qishloq xo’jalik korxonalari va ular tarkibidagi mehnat jamoalarining ham 
moddiy manfaatdorliklarini oshishi va xo’jalik yuritishdagi iqtisodiy erkinlik natijasida ularda 
nafaqat ishlab chiqarish, balki tadbirkorlik faoliyati ham shakllanib, tezkor rivojlanib bormoqda. Bu 
esa o’z navbatida qishloqda bozor munosabatlarining tezroq shakllanishi va barqarorligini 
ta’minlaydi. 
Mulk munosabatlari har qanday jamiyatda ishlab chiqarish munosabatlarining asosini tashkil 
etadi. U o’z mohiyati jihatidan moddiy ne’matlarni o’zlashtirish yuzasidan insonlar o’rtasida yuzaga 
keladigan o’zaro munosabatlardan tashkil topadi. Bu yerda mulk munosabatlari negizini egalik qilish, 
foydalanish va o’zlashtirish huquqlari tashkil qiladi. Ya’ni dehqon ushbu huquqlarga ega bo’lsagina 
o’zini to’liq mulkdor sifatida his etishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti esa mustaqil tovar ishlab 
chiqaruvchi mulkdor faoliyati asosida shakllanadi va faoliyat ko’rsatadi. Shu nuqtai nazardan 
respublikamiz hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar eng avvalo 
qishloqlarda mulkdorlar sinfini shakllantirish, dehqonni mulkning haqiqiy egasiga aylantirishni eng 
asosiy masalalardan biri sifatida qo’ymoqda. 
Qishloq xo’jaligida islohotlarni amalga oshirishning dastlabki davrida, faoliyat ko’rsatib 
kelayotgan davlat va jamoa xo’jaliklari bosqichma-bosqich tugatilib, bu xo’jaliklar o’rnida ijara 
xo’jaliklari, ochiq va yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlari, dehqon xo’jaliklari, agrofirmalar va 
shirkatlar uyushmalari tashkil etildi. Dastlabki to’plangan tajribalar natijalari tahlili shuni ko’rsatdiki, 
bu xo’jalik yuritish shakllari faoliyati kutilgan yuqori iqtisodiy-ijtimoiy samaralarni bermadi. 
O’tkazilgan aniq tadqiqotlardan ma’lum bo’ldiki, ko’p hollarda xo’jalik nomi o’zgargani holda ichki 
iqtisodiy mexanizm o’zgarmasdan, eskicha ish yuritish tizimida faoliyat ko’rsatib, qishloq xo’jaligi 
korxonalaridagi xodimlarning yerga, mulkka va yetishtirilgan mahsulotga bo’lgan egalik hissini 
shakllantirish uchun yetarli sharoit yaratilmadi. 
Bu hol qishloq xo’jaligini tubdan isloh qilishni, tarmoqda mulk munosabatlarini 
takomillashtirish zaruriyatini paydo qildi. 
Rivojlangan davlatlarning ko’p yillik tajribalarini umumlashtirish asosida hamda 
mamlakatimizning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, islohotlarni bosqichma-bosqich 
o’tkazishning huquqiy asosi yaratildi. 
Qishloq xo’jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida eng samarali 
xo’jalik yuritish shakllaridan, ya’ni hoh u fermer xo’jaligi, hoh shirkat xo’jaligi yoki dehqon xo’jaligi 
bo’lsin, ulardan eng samarali shaklini aniqlashni taqozo etadi. Xo’jalik yuritishning tanlab olingan 
shaklini takomillashtirish, qishloqda mulkdorlar qatlamini barpo qilish va barqaror rivojlantirish, ular 
mulkiy huquqlarining davlat tomonidan kafolatlanishi, qishloqqa sanoatni olib kirish natijasida 
qishloq xo’jaligidagi ortiqcha ishchi kuchlarini band qilish, ayniqsa qishloq xo’jalik mahsulotlarini 
qayta ishlaydigan, tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan hamda qishloq infratuzilmasida xizmat 
ko’rsatadigan korxonalarni tashkil qilish sohasidagi chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirishni 
talab qiladi.
Agrar sohada ham xususiylashtirishni keng joriy etish, mulkni ko’paytira oladigan, bozor 
raqobatiga bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’ya oladigan mulkdorlar qatlamini 
vujudga keltirish zaruriyati tug’ildi. O’zbekiston Respublikasining 2004 yil 26 avgustda qabul 
qilingan “Fermer xo’jaliklari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartirishlar, 
qo’shimchalar kiritgan Yangi tartibdagi qonuni respublikamizda fermer xo’jaliklarini tashkil etish, 
uning boshqarish va ularning huquqlarini himoya qilish borasidagi katta ahamiyatga ega bo’lgan 
me’yoriy hujjat hisoblanadi. Bu esa hozirgi bozor munosabatlariga o’tish sharoitida respublikamiz 
agrar sohasida mulkdorlar qatlamining shakllanishida muhim va hal qiluvchi ahamiyatni kasb etadi. 


105 
Yuqorida zikr etilgan qonuning I bulim 3-moddasida Fermer xo’jaligi ijaraga berilgan yer 
uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi, 
mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekt ekanligi qayd qilingan. 
Fermer xo’jaligining boshlig’i shu xo’jalikning muassisi – fermerdir. U o’n sakkiz yoshga 
to’lgan, qishloq xo’jaligida tegishli malaka yoki ish tajribasiga ega bo’lgan, fermer xo’jaligiga 
tegishlicha alohida mol-mulk ajratib beradigan va ustavini ishlab chiqadigan shaxsdir. 
Chorvachilik mahsulotlari ishlab chikarishga ixtisoslashgan fermer xo’jaligi kamida 30 
bosh shartli bosh chorva moli bo’lgan taqdirda tashkil etiladi. Fermer xo’jaligiga ijaraga beriladigan 
yer uchastkalarining eng kam o’lchami bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda Andijon, 
Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg’ona va Xorazm viloyatlaridagi sug’oriladigan yerlarda 
kamida 0,3 gektarni, boshqa viloyatlar va Qoraqalpog’iston Respublikasidagi sug’oriladigan yerlarda 
kamida 0,45 gektarni, sug’orilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi. 
Dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo’jaliklarida ijaraga 
beriladigan yer uchastkalarining eng kam o’lchami paxtachilik va g’allachilik uchun kamida 10 
gektarni, bog’dorchilik uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekanlarni yetishtirish uchun kamida 1 
gektarni tashkil etishi shart ekanligi belgilab qo’yilgan. 
Fermer xo’jaligi belgilangan tartibda davlat ro’yxatiga olingan paytdan e’tiboran tashkil 
etilgan deb hisoblanadi va yuridik shaxs maqomini olib, bank massasida hisob-kitob varag’i va 
boshqa xil hisob varaqlar ochishga o’z nomi yozilgan muhrga ega bo’ladi. Fermer xo’jaligi 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan namunali ustav asosida 
tuzilgan shu fermer ustavi asosida faoliyat yuritadi. 
Fermer xo’jaliklari yuritish uchun beriladigan yer uchastkalari, zahira yerlardan, yuridik va 
jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlardan, qayta tashkil 
etilayotgan va tugatilayotgan qishloq xo’jalik kooperativlarining (shirkat xo’jaliklarining) hamda 
boshqa qishloq xo’jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yer uchastkalaridan beriladi. 
Ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy o’quv yurtlari, akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari va 
umumta’lim maktablarining yerlari, shuningdek suv fondi yerlari fermer xo’jaligiga berilishi mumkin 
emas. 
Fermer xo’jaliklarini yuritish uchun uchastkalari tanlov asosida ijaraga ellik yilgacha 
bo’lgan, lekin o’ttiz yildan kam bo’lmagan muddatga beriladi. Qayta tashkil etilayotgan va 
tugatilayotgan qishloq xo’jaligi kooperativlarining (shirkat xo’jaliklarining) hamda boshqa qishloq 
xo’jaligi korxonalari muassasalari va tashkilotlarning yer uchastkalari maxsus tashkil etilgan 
komissiya o’tkazgan tanlov yakunlariga ko’ra tuman hokimining qaroriga asosan beriladi. 
Qishloq xo’jaligi kooperativlarining (shirkat xo’jaliklarining) hamda boshqa qishloq 
xo’jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yer uchastkalari mazkur kooperativning 
(shirkat xo’jaligining) yoki korxona, muassasa tashkilotining a’zolariga fermer xo’jaligini yuritish 
uchun qishloq xo’jaligi kooperativining (shirkat xo’jaligining) umumiy yig’ilishi tomonidan 
o’tkazilgan tanlov yakunlariga ko’ra tuman hokimining qaroriga asosan berilishi mumkin. 
Tanlov «Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo’jaligi korxonasi negizida fermer xo’jaligi 
tashkil etishda tanlov g’oliblarini aniqlash to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv 
xo’jaligi vazirligining 2005 yil 4 yanvardagi 1439-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Nizom asosida 
o’tkaziladi. 
Tuman hokimining fermer xujaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish to’g’risidagi qarori 
viloyat hokimi boshchilik qiladigan yer uchastkalari berish (realizasiya qilish) masalalarini ko’rib 
chiquvchi viloyat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan keyin kuchga kiradi. 
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi fermer xo’jaligining boshlig’i va tuman hokimi 
tomonidan imzolanadi. Fermer xo’jaligiga berilgan yer uchastkasidan kat’iy belgilangan maqsadda 
foydalaniladi. Ular xususiylashtirilishi, shuningdek oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti 
bulishi va ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas. 


106 
Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi kreditlar olishda fermer xo’jaligi tomonidan garovga 
quyilishi mumkin. Fermer xujaligi berilgan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun haq mahalliy 
byudjetga to’lanadigan har yilgi ijara haqi tariqasida yer uchastkasining sifatiga, joylashgan yeri va 
suv bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab, yerning kadastr bahosini inobatga olgan holda 
belgilanadigan yagona yer solig’i stavkasi miqdorida undiriladi. 
Davlat ro’yxatidan o’tgan paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida fermer xo’jaligi yer 
uchastkasidan foydalanganligi uchun haq to’lashdan ozod etilishi qonunda belgilab qo’yilgan. 
Fermer xo’jaligi yuridik shaxsning barcha huquqlariga ega bo’ladi. Fermer xo’jaligi 
tadbirkorlik shakllaridan biri bo’lib, tashkil etilishidan ko’zlangan maqsadlarga erishish uchun shu 
maqsadlarga monand tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir. 
Fermer xo’jaligi boshqa shakllarda xo’jalik yurituvchi korxonalar bilan teng huquqlarga ega. 
Fermer xo’jaligi: 
-o’ziga qarashli uy-joylar, xo’jalik imoratlari, qishloq xo’jaligi ekinzorlari va ko’chatzorlari, 
dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollar, parrandalar, qishloq xo’jaligi texnikasi, asbob-uskuna va 
ashyo-anjomlari, transport vositalari, pul mablag’lari, intellektual mulk obyektlari, shuningdek 
boshqa mol-mulklarga; 
-ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirlgan mahsulotga; 
-olingan daromadlarga (foydalarga); 
-qonunda ta’qiqlanmagan asoslarda ega bo’ladigan boshqa mol-mulkka daxldordir. 
Fermer xo’jaligining faoliyati ko’proq xo’jalik a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. 
Fermer xo’jaligidagi ishlarni bajarishga boshqa shaxslar m yehnat shartnomasi asosida jalb etilishi 
mumkin. 
Fermer xo’jaligi o’zi yetishtirayotgan mahsulotni sotishi, shu jumladan davlat xaridi 
tartibida sotish uchun huquqiy va jismoniy shaxslar bilan ixtiyoriylik asosida xo’jalik shartnomalari 
tuzish huquqiga ega. Taraflar shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki 
shartnomada belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. 
Fermer xo’jaligi o’zi yetishtirayotgan mahsulotga bozordagi talab va taklif nisbatidan kelib 
chiqib mustaqil ravishda narx belgilaydilar. 
Fermer xo’jaligini ishlab chiqarish ahamiyatiga molik obyektlar qurilishi, asosiy ishlab 
chiqarish vositalarini xarid etish uchun uzoq muddatli kreditlash va joriy ishlab chiqarish faoliyati 
uchun o’rta va qisqa muddatli kreditlash shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Fermer xo’jaliklari 
bank muassasalari tomonidan ularga xizmat ko’rsatish uchun tashkil etiladigan maxsus kredit 
fondidan imtiyozli shartlarda foydalanadilar. Fermer xo’jaligi qonun hujjatlariga muvofiq byudjetga 
soliqlar, yig’imlar hamda boshqa to’lovlar to’laydi. Fermer xo’jaligi o’z faoliyatining natijalarini 
hisobga olib boradi hamda mahalliy statistika va soliq organlariga belgilangan tartibda hisobot taqdim 
etadi. 
Prezidentimizning “O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida” asarida 
ta’kidlanishicha, “Bu yerda gap o’ziga tekkan mulkni shamolga sovurmasdan yoki shaxsiy boylik 
orttirish yo’lida sovurmasdan, balki ana shu mulkni ko’paytira biladigan, texnika bilan qayta 
jihozlaydigan va zamon talablariga muvofiq takomillashtira oladigan, uning negizida raqobatga 
bardoshli mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’ya oladigan mulkdorlar haqida borayotir. 
Shuningdek, ish bilan band bo’lmagan aholini ish o’rinlari bilan ta’minlaydigan, o’ziga ham, 
ishlovchiga ham, davlatga ham daromad keltiradigan, ishlab chiqarishni tashkil qila oladigan 
mulkdorlar haqida fikr yuritilyapti!». 
Haqiqiy mulkdor bo’lish haqiqiy xo’jayinlik tuyg’usini his etish demakdir. Bu o’z navbatida 
insonning yashirin kuch-g’ayratini, tashkilotchilik qobiliyatini namoyon etadi, uni tashabbuskor va 
omilkor qiladi, o’z korxonasining rivojlanish istiqboli haqida qayg’urib, ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirib boradi, oladigan foydasi ham, xodimlarning daromadi ham ko’payadi. 
Demak, iqtisodiy jihatdan erkin fuqaro, haqiqiy mulkdorgina o’z mol-mulkini samarali tasarruf 


107 
etishdan, o’z boyligini ko’paytirishdan moddiy manfaatdor bo’libgina qolmay, balki mamlakatni 
boyitishga ham o’zini sezilarli hissasini qo’shishga imkoniyat yaratadi. 
Fermer xo’jaliklarini tashkil etish resurslardan, ayniqsa yerdan samarali foydalanish, 
mehnatkashlarda mulkka, mehnatga bo’lgan munosabatlarni tubdan o’zgartirish, yuqori 
ko’rsatkichlarga intilish istagini ko’chaytirishga olib keladi. Shu xo’jalikdagi a’zolarga haq to’lash 
mexanizmi mehnat unumdorligini oshirishda, o’z mulkiy huquqlaridan to’la foydalanish o’z mulki 
asosida, yetishtirilgan mahsulotga mustaqil egalik qilish hissini uyg’otish orqali erishish 
mumkinligini ko’rsatadi. Fermer xo’jaliklarida mulkdorlar o’z mulklari asosida kichik va qo’shma 
korxonalar tashkil etib, mulkni va sifatli mahsulotlarni ko’paytirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish, 
mehnat unumdorligini oshirish, mehnatni ilg’orlar tajriba va texnologiyalar asosida tashkil etish, 
boshqaruvga malakali mutaxassis va menendjerlarni jalb etish, mahsulot sifatini yaxshilash va 
tannarxni pasaytirishdan mafaatdordirlar. 
Qishloq xo’jaligida fermer xo’jaliklarini tashkil etishdan maqsad mehnatkashlarni 
boqimandalik kayfiyatidan xolos etib, ma’lum bir miqdorda mulk egasi etib, shu mulkdan imkoniyat 
darajasida samarali foydalanib, uni ko’paytirishning moddiy manfaatdorlik mexanizmini 
ta’minlashdan iboratdir. Mulkdor mahsulot ishlab chiqarishdagi sarf-harajatni tejamkorlik bilan 
amalga oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, uni raqobatbardoshli qilish chora-tadbirlarini ishlab 
chiqadi. Fermer xo’jaliklarini tashkil etish qishloq mehnatkashlarining farovonligini oshirish, 
mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, mulkni ko’paytirish, undan samarali foydalanish, texnologik 
bir-biriga uzviy bog’liq xo’jalik subyektlari maqsadlarini uyg’unligini ta’minlovchi mexanizmlarni 
yaratishda bosh omil bo’lib hisoblanadi. 
Kishloq xo’jaligida ham fermerchilik usul va tamoyillariga asoslangan xo’jalik yuritish 
shakllari bozor iqtisodiyoti talablariga javob berishi nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega. Mulkka 
va pirovard natijalarga egalik kilish huquqlarini mustahkamlash bilan bir qatorda fuqarolarda yangi 
iqtisodiy tafakkur va tushunchalarning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir.
Yuqorida keltirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib, turli xil mulkchilikka asoslanib, 
faoliyat ko’rsatayotgan qishloq xo’jaligi korxonalari orasida xususiy mulkchilikka asoslanib, o’z 
manfaati va o’z mas’uliyati negizida xo’jalik yuritayotgan fermer xo’jaliklarida mavjud bo’lgan 
ishlab chiqarish resurslaridan samaraliroq foydalanishga sharoit yaratadi. Shu bilan birgalikda u 
mulkka, o’z mehnatining natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotga ega bo’lishi bilan birgalikda 
mamlakatimizni kuchli huquqiy davlatdan kuchli xuquqiy fuqarolik davlat tizimiga o’tishda 
Respublika aholisini yangi ijtimoiy tafakkur va tushunchalarning shakllanishida asos bo’lib xizmat 
qiladi. 

Download 8,59 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish