Fermer xo’jaliklarini rivojlantirish va samaradorligini oshirishdaerishilgan yutuqlar




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   386
Bog'liq
qorakol

5.4. Fermer xo’jaliklarini rivojlantirish va samaradorligini oshirishdaerishilgan yutuqlar. 
Ayrim rivojlangan mamlakatlarda fermer xo’jaliklari tajribasi 
 
 
Mustaqillikka erishilgandan keyin respublikada mustabid tuzumdan meros bo’lib qolgan 
iqtisodiyotni boshqaruvining ma’muriy buyruqbozlik uslubidan voz kechilib, xalqimizning milliy, 
tarixiy merosi, turmush tarzi, urf-odatlari, an’analari hamda mentalitetiga tayangan holda ijtimoiy 
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish modeli–ya’ni «O’zbek modeli» yaratildi 
va hayotga tadbiq etilmoqda.
Siyosiy-ijtimoiy islohotlar natijasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy larzalarsiz, bosqichma-
bosqich o’tilayotgan bozor munosabatlarining tub mohiyati va maqsadini respublika aholisining 
barcha qatlamlari to’lasincha, ongli ravishda tushunib olib, bozor islohotlarini samarali usullar 
vositasida amalga oshirishi mumkin va zarur ekanligini, ya’ni islohotlar odamlar uchun va shu 
odamlar orqali amalga oshirilishini chuqur anglab yetishlari zarur. Bugungi davr kishisi tovar 
sifatidagi ish kuchini o’zida mujassam etgan bozor munosabatlari subyektlari, yangi iqtisodiy 
sharoitda ishlay oladigan bo’lishlari ham talab qilinadi. 


108 
Respublika agrosanoat majmuida ro’y berayotgan o’ziga xos holat, bu sohadagi mavjud 
vaziyatni chuqurroq tahlil qilishni, qo’yilgan vazifalarni imkon boricha ertaroq va kamroq 
yo’qotishlar bilan bajarish chora-tadbirlarini belgilashni taqozo etadi. Bu chora-tadbirlarni ishlab 
chiqarishda va asoslab berishda jaxondagi bozorli iqtisodiyot tamoyillari asosida rivojlangan, 
mamlakatlarda to’plangan boy tajribalarni xar tomonlama o’rganish, umumlashtirish va ulardan 
samarali foydalanish respublika fermer xo’jaliklarini oqilona tashkil etish, ularning iqtisodiy 
samaradorligini barqaror oshirish bo’yicha aniq takliflar, tavsiyalar ishlab chiqish va uni xo’jalik 
yuritish faoliyatlariga tadbiq etish sohaning iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’sishiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatishi muqarrardir. 
Amerika Qo’shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Gollandiya, Belgiya kabi 
taraqqiy etgan davlatlar, “Osiyo yo’lbarslari” deya e’tirof etilgan va keyingi o’n yilliklar mobaynida 
yuksak yutuqlarga erishgan Janubiy Quriya, Singapur, Tayvan, Malayziya, Xitoy Xalq Respublikasi 
singari mamlakatlarda to’plangan tajriba shundan dalolat beradiki, respublikamizdagi jamiyat 
xayotining barcha sohasini erkinlashtirish shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqkiyot va 
barqarorlikning asosiy omili bo’lgan mulkdorlar sinfini shakllantirish orqali erkin bozor 
munosabatlarini to’la qonli vujudga keltirish istiqbolda erkin, farovon, ma’rifatli, huquqiy fuqarolik 
jamiyatini barpo etishdagi dadil qadam bo’lib xizmat qiladi.
Yuqorida qayd etilgan mamlakatlarda fermerchilik harakatlari, ularning samaradorolik 
darajalari, o’lchamlari katta-kichikligi, egallagan yer maydonlari, rivojlanish sur’atlari bir xil 
emasligini ko’rsatadi. 
Fermerlik harakati, ularda xo’jalik yuritish samaradorlik darajasi bo’yicha to’plangan ijobiy 
tajribalar bizning mamlakatimizda fermerlik harakatini jadallashtirish, uning tez sur’atlar bilan 
barqaror rivojlanishi va samaradorligini oshirishda ma’lum darajada foydali ekanligini e’tiborga olib, 
Amerika Qo’shma Shtatlari qishloq xo’jaligida fermerlik harakati tajribasini o’rganish maqsadga 
muvofiqdir. 
Amerika Qo’shma Shtatlarida fermerlar davlat tomonidan doimiy ravishda qo’llab-quvvatlanib 
kelinishi natijasida ularning moddiy texnika hamda, axborot informasion bazalari yuksak darajada 
rivojlangan.
Mamlakatda fermer xo’jaliklarining turli xil shakllari: oilaviy fermerlar, yirik fermer 
xo’jaliklari, fermerlarga xizmat ko’rsatuvchi turli xil servis korxonalari va muassasalari, ularning 
ixtiyoriy uyushmalari keng faoliyat ko’rsatadi.
Bu mamlakatda fermerlar o’zaro ixtiyoriy ravishda kooperasiyalar-uyushmalariga a’zo bo’lib 
kiradilar.
Fermerlarning kooperasiyalarda ixtiyoriy hamkorligidan maqsad shuki, mavjud resurslardan 
samarali yo’llar bilan foydalanish orqali har bir fermer va bu fermerlarga turli xil xizmat ko’rsatuvchi 
servis firmalari oladigan foyda va daromad miqdorini oshishida teng manfaatdorlikdir.
Kooperativga birorta fermerning a’zo bo’lib kirishi yoki a’zolikdan chiqishi, biron bir subyekt 
tomonidan chegaralanmaydi; farmoyish, ko’rsatma, buyruq berilmaydi; uning faoliyati haqida qaror 
qabul qilinmaydi. Bu fermerlarning mutloq mustaqil ishi va faqat o’zi hal qiladi.
Kooperativlarni boshqarish demokratiya asosida, uning a’zolari tomonidan boshqarilib 
boriladi. Kooperativ a’zolarining umumiy yig’ilishi yuqori boshqaruv organi bo’lib, kooperativ 
faoliyatini muntazamlashtirib, muvofiqlashtirib, boshqarib boradi.
Amerika fermerlarining eng ishonchli va eng mas’uliyatli yordamchilari fermerlarga xizmat 
ko’rsatuvchi servis kooperativlardir. Bunday fermerlar kooperasiyasi faoliyati haqiqatdan ham ko’p 
qamrovli bo’lib, ular quyidagi vazifalarni amalga oshiradilar: urug’lik, ozuqa, xashak, o’g’itlar, 
yoqilg’i va moylash materiallari, jihozlar, inventarlar, ehtiyot qismlar, o’simlik va hayvonlarni tabiiy 
rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi parazitlarga qarshi kurashni tashkil etish uchun zarur kimyoviy 
moddalar, moliya-kredit va sug’urta ta’minotlari; shartnoma bilan ishlaydigan ishchilar, veterinariya 
xizmati, yerga meliorasiya ishlov berish va ekishga tayyorlash, hasharotga qarshi kurash, texnik 
xizmat ko’rsatish; zarur axborot-informasiyalarni to’plash, uzatish, qayta ishlash, ma’lumot to’plash; 


109 
kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash 
xizmatlari, elektroenergiya va boshqa xizmat turlari kabilar.
Fermerga, xo’jalik yuritishi uchun zaruriy bo’lgan barcha moddiy-texnik jihozlar, asbob-
uskuna va anjomlar to’lasicha ta’minlangan. U qishloq xo’jaligi texnikasi va ularga kerakli ehtiyot 
qismlar, o’g’it, yoqilg’i moylash materiallarini o’zi a’zo bo’lgan kooperativ orqali yilning, oyning, 
sutkaning qaysi vaqtida kerak bo’lsa, shu zahotiyoq, hyech bir hujjat, talabnoma, ruxsatnoma yoki 
farmoyishsiz olish huquqiga ega.
Xozirgi paytda Amerika Qo’shma Shtatlarida 2,1 mln. fermerlar mavjud bo’lib, shulardan 85 
foizi oilaviy fermerlar, ya’ni mayda fermerlardir. Ularning umumiy soni 1 mln 1780 ta bo’lib, qishloq 
xo’jaligida ishlab chiqariladigan yalpi mahsulotning faqatgina 20 foiziga yaqinini yetkazib beradi. 
Fermerlarning 10 foizi, ya’ni 215 mingtasi sherikchilik asosida ish yuritib, umumiy fermerlarning 20 
foiz mahsulotini yetkazib bersa, 111 ming yoki umumiy fermerlarning 5 foizi mamlakatda ishlab 
chiqarilayotgan qishloq xo’jalik mahsulotlarining 60 foizini yetkazib beruvchi fermerlarning yirik 
korporasiyalaridan tashkil topgan. Bunday fermer xo’jaliklarida mahsulot ishlab chiqarish iqtisodiy 
samara bilan olib borilayotganligi yirik korxonalarda ishlab chiqarishning yuqori darajadagi 
konsentrasiyalashganligining ijobiy natijasidir.
Respublika qishloq xo’jaligi korxonalaridagi dastlabki erishilgan tajribalarni umumlashtirish 
va ilg’or mamlakatlar faoliyatining tahlili shuni ko’rsatadiki, davlat tasarrufidan chiqarilgan mulk va 
shu mulkka tayanilib ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmat evaziga 
olinadigan daromadning taqsimoti adolatli bo’lib, daromadni mulk va mehnat egasining o’zi to’liq 
tasarruf etishga imkon yaratib beriladi. Bu xo’jalik yuritish shakli moddiy manfaatdorlik bilan 
moddiy javobgarlik uyg’unligi asosida ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan, umumiy mulkdan 
o’z ulushiga ega bo’lgan har bir kishiga, har bir shaxsga eng naflilik va eng manfaatdorlik darajasini 
ta’minlaydi. 
2-jadvalda respublika fermer xo’jaliklarining ekin maydonlari, yalpi hosili, yalpi mahsuloti 
o’zgarishining dinamikasi berilgan. 

Download 8,59 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Fermer xo’jaliklarini rivojlantirish va samaradorligini oshirishdaerishilgan yutuqlar

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish