Dehqon xo’jaligini tashkil etish tamoyillari va sharoitlari, uning mulki, ishlab chiqarish




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/386
Sana30.05.2024
Hajmi8,59 Mb.
#257248
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   386
Bog'liq
qorakol

5.6. Dehqon xo’jaligini tashkil etish tamoyillari va sharoitlari, uning mulki, ishlab chiqarish 
faoliyati va samaradorligi 
 
 
Dehqon xo’jaligining a’zolariga xo’jalik ishlab chiqarish faoliyatida qatnashuvchi er-xotinlar, 
bolalar, ota-onalar, qarindoshlar va boshqa shaxslar kirishi mumkin. Dehqon xo’jaligining boshlig’i, 
uning davlat, kooperativ va boshqa korxona, tashkilotlar, shuningdek alohida fuqarolar oldidagi
manfaatlarini himoya qiluvchi, asosiy ish joyi shu yer bo’lgan, xo’jalikda sistemali ravishda band 
bo’lgan va zaruriy professional tayyorgarlikkga ega bo’lgan mehnatga yaroqli a’zolardan biri 
bo’lishi mumkin. Yuqorida qayd etilgan qonunning 4-moddasida (Dehqon xo’jaligi boshlig’i) 
«Dehqon xo’jaligining boshlig’i vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotgan taqdirda yoki uzoq vaqt 
bo’lmaganda u o’z majburiyatlarini bajarish vakolatini shu xo’jalik a’zolaridan biriga, dehqon 
xo’jaligining a’zosi bir kishidan iborat bo’lganda esa, shartnoma asosida—ushbu moddaning 
ikkinchi qismi talablariga javob beradigan har qanday shaxsga berishga haqlidir» deyilgan.
Dehqon xo’jaligi davlat kooperativ va boshqa xo’jalik yuritish shakllari qatorida agrosanot 
sferasiga kiruvchi teng huquqli va mustaqil xo’jalik yuritish shakli hisoblanadi. U o’z faoliyati 
yo’nalishini, ishlab chiqarish strukturasini va hajmini, mahsulot sotish kanallarini o’zi mustaqil 
aniqlaydi, qo’shma faoliyatda, shu jumladan xorijda sheriklarni o’zi tanlaydi, ishlab chiqarish
jarayonini tashkil qiladi. Dehqon xo’jaligi davlat bilan, kooperativ va boshqa korxona hamda
tashkilotlar bilan, alohida fuqarolar bilan iqtisodiy munosabatlarni shartnoma asosida amalga 
oshiradi, savdo operasiyalarini pullik va naqd pulsiz hisob-kitob qiladi, soliqlarni to’laydi, byudjetga 
to’lovlarni amalga oshiradi. Ijtimoiy sug’urta fondi va boshqalarni amalga oshiradi. Dehqon 
xo’jaligi birlashmalar, ittifoqlar, konsorsiumlar qo’shma va boshqa korxona va tashkilotlar 
ta’sischilari va qatnashchilari bo’lish, shuningdek, qimmatbaho qog’ozlarni sotib olish va sotish 
huquqiga ham egadir. Dehqon xo’jaligining ishlab chiqarish, tijorat va boshqa faoliyatlariga 
davlatning va boshqa organlarning aralashuvi qonun bilan ta’qiqlanadi. Ba’zi holatlar bundan 
mustasno.
Dehqon xo’jaligini tashkil qilish huquqiga mamlakatning har qanday fuqarosi ega. Faqat undan 
hohish va maxsus qishloq xo’jalik bilimi va malakasi, qishloq xo’jalikda amaliy ish tajribasiga ega 
bo’lishi yoki maxsus tayyorgarlikni o’tashi talab etiladi. Dehqon xo’jalik tashkil etish to’g’risidagi 
fuqarolarning arizasi, jamoa boshqaruvi raisi, jamoa xodimlari va a’zolari umumiy yig’ilishida va 
tuman hokimiyati tomonidan ko’rib chiqiladi. Dehqon xo’jaligining egasi yerga egalik qilish, undan 
foydalanish to’g’risidagi davlat akti berilgandan keyingina yoki yerni ijaraga berish to’g’risidagi 
shartnoma tuzilgandan keyingina tashkil etilgan hisoblanadi. Dehqon xo’jaligi xususiy mulk qilib 
ham, umrbod meros qilib ham yoki yerni ijaraga berish yo’li bilan ham tashkil etilishi mumkin. 
Yerdan foydalanish turlarini (egalik qilish yoki ijara) tanlash huquqi dehqon xo’jaligiga beriladi. 
Dehqon xo’jaligiga yer uchastkasi davlat yer zahirasidan, davlat o’rmon fondidan, davlat 
kooperativ va boshqa korxona va tashkilotlar yerlaridan berilishi mumkin. Ularga beriladigan 
yerlarning miqdori jamoa xo’jaligi yoki tuman hokimiyati tomonidan, mahalliy sharoitni hisobga 
olgan holda, qishloq xo’jalik faoliyatining turiga va berilgan yerni eng muhimi, dehqon xo’jaligining 
shaxsiy mehnati asosida ishlov berishiga qarab aniqlanadi. Dehqon xo’jaligiga yerdan foydalanish 
huquqi bilan bir qatorda u yerdagi boshqa tabiiy, suv va boshqa resurslardan, shu xo’jalikning shaxsiy
ehtiyojlariga foydalanish huquqi beriladi. Dehqon xo’jaligiga berilgan yerning miqdori va uning
chegarasi, faqat yerdan foydalanish huquqi davlat akti berilgan dehqonning ixtiyori bilangina 
o’zgarishi mumkin. Dehqon xo’jaligi zaruriyat tug’ilganda yer egasidan qo’shimcha yerni ijaraga 
olishi mumkin. Boshqa tomondan uzrli sabablar bo’lganda, o’ziga ajratilgan uchastkasidan ma’lum 
bir qismini, malum bir muddatga ijaraga berishi mumkin. Shuningdek yer uchastkasi jamoa yoki 
hokimiyat roziligi bilan almashtirilishi mumkin. Yerga egalik qilish va yerdan foydalanish pullidir. 
Dehqon xo’jaligidan yer solig’i, yer uchastkalarining joylashishi va sifatiga qarab aniqlanadi hamda
yer solig’i yoki ijara haqi shaklida olinadi. Soliqlar to’lash tartibi va stavkasi mamlakatda harakatdagi 


115 
tartib asosida o’rnatiladi. Ular tomonidan yer uchun to’lovlarga quyidagi imtiyozlar berilishi
mumkin: ma’lum bir muddatga butunlay yoki qisman ozod qilish, to’lovlarni kechiktirish, yer 
solig’ining stavkasini pasaytirish. Dehqon xo’jaligi yer bilan birga o’zining xususiy mulkida, uy-joy, 
xo’jalik va boshqa qurilishlar, mahsuldor va ishchi hayvonlar, parrandalar, asalarilar, boshqa 
hayvonlar, ekinlar va daraxtlar, qishloq xo’jalik texnikasi va inventarlar, transport vositalari, boshqa 
asosiy va moddiy oborot vositalari, shuningdek qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining mustaqil 
yurgizish, qayta ishlash va mahsulot sotish uchun kerakli resurslarga ega bo’lishi mumkin.
Yuqorida ko’rsatilgan mulklardan qanday foydalanish dehqon xo’jaligining o’ziga bog’liq. 
Faqat ba’zi hollardagina davlat mulki qonun bo’yicha o’rnatilgan sud qarori bilangina olib qo’yilishi 
mumkin. Dehqon xo’jaligi a’zolaridan biri chiqib ketmoqchi bo’lsa, ishlab chiqarish vositalari 
tarkibidan natura (agar uning shaxsiy mulki bo’lmasa shu vosita) shaklida bo’lib olib ketishi mumkin 
emas, faqat pul shaklida, unga tegishli bo’lgan qismi kompensasiya qilinadi. O’zlashtirilmagan 
hududda, qaysiki ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga taalluqli obyektlar bo’lmasa, dehqon
xo’jaligini tashkil qilishda uning birlamchi qurilishini to’lig’icha yoki qisman davlat o’ziga olishi
mumkin. Bunday holatda mablag’ va qurilgan obyektlar dehqon xo’jaligining mulkiga aylanadi.
Dehqon xo’jaligi o’z manfatlaridan kelib chiqib, ishlab chiqarish dasturini o’zi mustaqil ishlab 
chiqadi. U barcha yetakchi tur faoliyatlarini saqlab qolgan holda (qishloq xo’jalik mahsulotlarini 
ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish) harakatdagi hujjatlarda ta’qiqlanmagan barcha faoliyat
turlari bilan shug’ullanishi, shuningdek ixtiyoriy ravishda davlat buyurtmasini bajarishni o’z 
zimmasiga olishi mumkin. Dehqon xo’jaligi ixtiyoriy ravishda kooperativlarga, jamiyatlarga
ittifoqlarga, uyushmalarga birlashishi, kooperativ, aksionerlik (hissadorlik) va boshqa tashkilotlar 
faoliyatida ishtirok etishi va tegishli daromadini olishi mumkin.
Ular shuningdek, o’z xohishlariga ko’ra har qanday tashkilot tarkibidan chiqishlari mumkin. 
Bunday holatda ular tegishli mulkning bir qismini, natura yoki pul shaklida olish huquqiga ega
bo’ladilar. Dehqon xo’jaligining faoliyati asosan, xo’jalik a’zolarining shaxsiy mehnatiga 
asoslanadi. Shuningdek ishlarni bajarishda zaruriyat tug’ilganda mehnat shartnomasi asosida boshqa 
shaxslarni jalb qilishi mumkin. Ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot sohasida dehqon xo’jaligi
a’zosiga ham, chetdan jalb qilingan shaxsga ham bir xil huquq beriladi. Dehqon xo’jaligida ishlangan 
vaqt umumiy va uzluksiz ish stajiga qo’shiladi. Dehqon xo’jaligi o’z mahsulotini sotish va 
foydalanishni ichki va tashki bozorda shartnomali baholarda mustaqil amalga oshiradi: u o’zi ishlab 
chiqargan va yetishtirgan qishloq xo’jalik va boshqa mahsulotlarni tayyorlov, qayta ishlovchi va 
boshqa har qanday korxona va tashkilotlarga, do’kon yoki bozorda sotish huquqiga ega. Mahsulot 
sifati, sanitariya holati va boshqa parametrlar bo’yicha dehqon xo’jaligi barcha me’yorlariga rioya
qilishi kerak. 
Dehqon xo’jaligi traktor, yuk avtomobillari, boshqa qishloq xo’jalik texnikalari, qurilish 
materiallari, uskunalar, xom-ashyo, o’g’it va boshqa asosiy va moddiy oborot vositalarini davlat, 
kooperativ korxona va tashkilotlardan ulgurji savdo va boshqa muassasalardan sotib olish (sotib
olish, almashtirish, yollash, ijaraga olish, prokatga olish) huquqiga ega. Dehqon xo’jaligiga 
sotiladigan mahsulotlar, tovarlar, har qanday ishlab chiqarish vositalar bahosi, davlat va qishloq 
xo’jalik kooperativ korxonalari uchun o’rnatilgan analogik baholardan oshib ketmasligi kerak.
Dehqon xo’jaligi bank muassasalaridan uzoq, o’rta va qisqa muddatli ssudalar olish huquqiga 
ega. Bunda bank foizlari stavkasi davlat korxonalari uchun o’rnatilgan miqdordan oshib ketmasligi
kerak. Davlat va kooperativ tashkilotlar davlat xo’jaligiga ular bilan tuzilgan shartnomaga asosan 
kredit berishi ham mumkin. Dehqon xo’jaligining pul vositalari, mahsulot (ishlar, xizmatlar) 
sotishdan olingan pul tushumi, kreditlar, byudjet assignovaniyalari, ehsonlar va boshqa moliyaviy 
vositalar hisobiga vujudga keladi. Dehqon xo’jaligi faoliyatidan olinadigan pul tushumi, shuningdek
dehqon xo’jaligining boshqa pul daromadlari joriy material xarajatlarini (mehnat haqidan tashqari) 
qoplashga, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga, moliyaviy rezervini vujudga keltirishga, 
ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda qatnashishga, soliq va to’lovlarni to’lashga, shaxsiy iste’mol 


116 
(mehnat haqi) maqsadlariga foydalaniladi. Dehqon xo’jaligi soliq to’laydi. Dehqon xo’jaligi 
solig’ining 3 xil varianti bo’lishi mumkin: 
1.Shaxsiy iste’mol maqsadlariga foydalaniladigan dehqon xo’jaligi daromadlarining bir qismi 
olinadigan soliq vositasi hisoblanadi. 
2.Dehqon xo’jaligi qishloq joylarda yer uchastkalari bo’lgan jamoa xo’jaligi a’zolari va 
boshqa shaxslar uchun o’rnatilgan tartibda va miqdorda yagona yer solig’i to’laydilar. 
3.Dehqon xo’jaligi va uning a’zolari, shuningdek mehnat shartnomasi bilan 
ishlayotganlar, jamoa xo’jaliklari uchun o’rnatilgan tartibda soliq to’laydilar. Dehqon xo’jaligi 
ijaraga olgan va xususiy ishlab chiqarish vositalarini, shuningdek qishloq xo’jalik ekinlari 
maydonlarini, ko’p yillik daraxtlarni, ishlab chiqargan mahsulotini, xom-ashyoni, materiallarni 
va boshqalarni halokatga uchraganda yoki zarar ko’rganda zararni qoplash uchun va qishloq 
xo’jaligi korxonalari va ijarachilar mol-mulklarini sug’urta qildirish uchun harakatdagi 
qonunchilik tomonidan o’rnatilgan sharoitlardagi tartibda sug’urta qoplamasini olish uchun, 
ixtiyoriy ravishda sug’urta qiladilar. 
Davlatga dehqon xo’jaligining yer tuzilishi, mehnatni muhofaza qilish, yong’indan saqlash, 
hayvonlar kasalliklariga qarshi, o’simliklar kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash, tabiatni 
muhofaza qilish haqidagi va soliq to’lash haqidagi qonunchilikka rioya qilish sohalaridagi faoliyati 
ustidan nazoratni amalga oshirish huquqi berilgan. Dehqon xo’jaligi davlat statistika organlariga 
hisobot beradi va uning to’g’riligi uchun javobgardir. Dehqon xo’jaligidan belgilangandan tashqari 
hisobotlarni talab qilish ta’qiqlanadi. Umumlashtirilgan holda dehqon xo’jaligi shakllanishining 
asosiy tamoyillari quyidagilardir: 
1.Yerga xususiy mulk, yerga merosli umrbod egalik qilish yoki ijaraga olish sharti bilan 
yerdan vaqtincha foydalanish. 
2.Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yurgizish, mahsulotni qayta ishlash va sotish uchun 
zarur ishlab chiqarish vositalarini ijaraga olish yoki xususiy mulk qilib sotib olish. 
3.Ishlab chiqarish zaruriyati tufayli boshqa shaxslarni mehnat shartnomasi bilan ishga jalb qilish 
(harakatdagi cheklanishlarni hisobga olgan holda). 
4.Xo’jalik faoliyati turlarini va ishlab chiqarish strukturasini ixtiyoriy tanlash. 
5.Ishlab chiqargan mahsulotdan va olingan daromaddan o’z xohishi bo’yicha foydalanish. 
6.Boshqa dehqon xo’jaliklari, kooperativlar va davlat korxonalari bilan kooperasiyalarga 
kirish.
Shuni qayd qilish lozimki, dehqon xo’jaligining barpo etilishi va shunga mo’ljallab hozirgi 
bosqichda qishloq xo’jaligini rivojlantirish ancha qiyinchiliklar bilan bo’lmoqda. Dehqon 
xo’jaligining real mustaqilligini chegaralaydigan va ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini 
pasaytiradigan omillarga quyidagilarni keltirish mumkin: 
1.Ishlab chiqarish vositalari ulgurji savdosining rivojlanmaganligi va umuman yo’qligi 
(traktorlar, qishloq xo’jalik mashinalari, uskuna va mexanizmlar, yem, mineral o’g’itlar, yoqilg’i - 
moylash materiallari va boshqalar.) 
2.Qishloqda dehqon xo’jaligi mahsulotlarini sotishda, ularga shartnoma asosida yordam 
qilishga qaratilgan, savdo-xarid kooperativlarining rivojlangan sistemasining yo’qligi. 
3.Dehqon xo’jaligi ishlab chiqarish faoliyatining boshqa korxona va tashkilotlar bilan 
munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy asoslarning takomillashmaganligi.
Mana shu sabablar tufayli dehqon xo’jaligi ishlab chiqarish vositalarini sotib olish masalasida, 
mahsulotlarini sotish masalasida o’zlari tashkil topgan qishloq xo’jaligi korxonalarining rahbarlariga 
murojaat qilishga majbur bo’ladilar. Bu esa ularga bevosita bo’ysunishga olib keladi. Bunday 
sharoitda dehqon xo’jaligining mustaqilligi qishlok xo’jaligi korxonalari rahbarlari xohishiga qarab 
ancha cheklanib, rivojlandi. 
Statistik ma’lumotlarga ko’ra, respublikada 3,7 mln.ga yaqin dehqon xo’jaliklari mavjud. 
Dehqon xo’jaliklari 2012 yilda respublika qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 91,7 % ini bergan. 
O’rtacha bir dehqon xo’jaligining daromadi 60 ming so’mni tashkil etib, ayrimlariniki 400-500 ming 


117 
so’mga yetgan. Hozirda 150 ming gektar yerlar imorat uchun band qilingan. Dehqon xo’jaligida hozir 
paxta ekilmaydi. Dehqon xo’jaliklari g’allaning 18,1% ini, kartoshkaning 75,5% ini sabzavotning
64,1% ini, poliz ekinlarining 46,8% ini, mevaning 41% ini, uzumning 32% ini, go’shtning 94,6% 
ini, sutning 95,9% ini, tuxumning 54,6 % ini, junning 1,2 % ini, qorako’l terining 40% ini bermoqda. 
Dehqon xo’jaliklari tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarning tovarlilik darajasi ham boshqa turdagi 
qishloq xo’jaligi korxonalari yetishtirgan mahsulotlardan ancha yuqori ko’rsatkichlarga ega. Jadvalda 
yillar davomida dehqon xo’jaligining rivojlanish tendensiyalari ko’rsatilgan(4-jadval). 

Download 8,59 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   386




Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Dehqon xo’jaligini tashkil etish tamoyillari va sharoitlari, uning mulki, ishlab chiqarish

Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish