113
2.Qo’shimcha tarmoqni rivojlantirish uchun moddiy-texnik resurslar yetkazib berish tizimidagi
tashkiliy muammolar;
3.Qo’shimcha tarmoq faoliyati bilan bog’liq masalalarni hal qiluvchi nazorat idoralar bilan
bog’liq qiyinchiliklar.
III.Ijtimoiy jihatdan:
1.Fermer xo’jaliklari rahbarlarida qo’shimcha tarmoqni rivojlantirishda bilim va malaka
yetishmasligi;
2.Fermer xo’jaliklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlshda qo’imcha tarmoq ahamiyatini
to’liq angalamaslik;
3.Fermer xo’jaliklarida shakllanib qolgan ruhiy vaziyat, ya’ni, paxta g’alla rejalarini bajarish
asosiy vazifa sifatida qaralishi.
Umuman olganda, mamlakatda ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini barpo etish, rivojlantirish va
samaradorligini oshirish hisobiga, shuningdek oziq-ovqat dasturi doirasida belgilangan loyihalarni
amalga oshirish natijasida yangi ish o’rinlarining barpo etilishi hududda nafaqat iqtisodiy, balki
ijtimoiy masalalarning ham hal qilinishigaijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni har yili oliy o’quv yurtlarini
va kasb-hunar kollejlarini bitirib chiqayotgan yosh yigit-qizlarning mehnat birja va yarmarkalar orqali
ish bilan ta’minlanish imkoniyatini vujudga keltiradi.
Amalga oshirilayotgan loyihalarning moliyalashtirilish jarayoni va chora-tadbirlar dasturi ijrosi
tahlilishuni ko’rsatadiki, joylarda tijorat banklarining taqdim etadigan kredit mablag’laridan
foydalanish darajasi past bo’lib, asosiy moliyalashtirish manbai ishlab chiqaruvchilarning o’z
mablag’lari hisobiga amalga oshirilgan. Bu o’z navbatida hududlar iqtisodiyotida bozor iqtisodiyoti
sharoitida o’z-o’zini mablag’ bilan ta’minlash tamoyili asosida rivojlanish imkoniyatlarining
mavjudligidan dalolat beradi. Shuningdek, kelajakda mavjud yer-suv, mehnat va moliyaviy
salohiyatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hisobiga ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini
yanada rivojlantirish istiqbolli ekanligini amalda ko’rsatadi.