|
Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyotiBog'liq qorakol
5.5. Dehqon xo’jaliklari xo’jalik yuritishning ancha oqilona shaklidir
Dehqon xo’jaligi deganda, o’z mulki yoki ijaraga olingan yer, suv, boshqa vosita va mol
mulklardan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqarishni, qayta ishlashni, saqlashni va sotishni
amalga oshiruvchi, oilaviy, oilaviy-mehnat yoki bir qancha shaxslarning birgalashgan mehnatiga
asoslangan, yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik subyekti tushuniladi. Bu haqda
1998 yil 30 aprelda qabul qilingan o’zbekiston Respublikasining «Dexqon xo’jaligi to’g’risida»gi
qonunining 1-bob 2-moddasida shunday deyilgan: «Dehqon xo’jaligi oilaviy mayda tovar xo’jaligi
bo’lib, oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish
uchun oila boshlig’iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtiradi va
realizasiya qiladi». Dehqon xo’jaligi - xo’jalik yuritishning ancha oqilona shaklidir. Haqiqatda
dehqonning va uning oilasining shaxsiy mehnatiga asoslangan, tovar xarakterini oluvchi, ishlab
chiqarishni hamkorlikda amalga oshiruvchi shaxslarning ixtiyoriy oilaviy-mehnatiga asoslangan
birlashmasi –bu dehqon xo’jaligidir. Ular ishlab chiqarish vositalariga hamkorlikda egalik qiladilar,
yetishtirilgan mahsulotga va olinadigan daromadga birgalikda egalik qiladilar.100 yillar davomida
shakllangan dehqon xo’jaligi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, tarixiy davrlarda dehqon
xo’jaligining quyidagi ijtimoiy tiplarini o’rganilgan:
-Sinfiy quloq xo’jaligi. Bunda asosiy daromadlar savdo oborotidan keladi. Qishloqda ularning
soni kam bo’lgani bilan, lekin iqtisodiy ta’siri kuchli bo’lgan.
-Yollanma mehnatga asoslangan quloq xo’jaligi bo’lib, sohibkorlik daromadini olishga
manfaatdor.
-Shaxsiy mehnatga asoslangan iqtisodiy kuchlari turli darajada bo’lgan o’rta hol dehqon
xo’jaliklari.
-O’z ish kuchini sotuvchi proletar xo’jalik va boshqalar.
|
| |