summasi o‘zgarmaydi va ularning o‘zaro tengligi buzilmaydi.
3. Muomala. “Zenit” zavodidan tekinga 500000 so‘mlik asosiy vosita (Televizor)qabul qilib
olindi. Bu muomala natijasida balans aktivida ham, passivida ham o‘zgarish (ko‘payish) sodir
bo‘lgan. Birinchidan, aktivdagi “Asosiy vositalar” moddasi 500000 so‘mga ko‘paygan (1312600Q
500000 q 1812600), ikkinchidan passiv tomonda “Rezyerv kapitali” moddasi paydo bo‘ladi (500000
so‘mga).
3.5-jadval
3-muomaladan keyingi balans
Aktiv
Summa,
so‘m
Passiv
Summa,
so‘m
Asosiy vositalar (+500000)
1812600 Ustav kapitali
1448960
Materiallar (-8600)
15600
Rezyerv kapitali (+500000)
500000
Asosiy
ishlab
chiqarish
(+8600)
52450
Xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha
hisoblashuvlar (-14500)
25390
Budjet bilan hisob-kitoblar (+14500)
14500
Hisob-kitob schoti
134400 Mol yetkazib beruvchilar
26200
Balans
2 015050 Balans
2 015050
Shunday qilib, bu xo‘jalik muomalasi natijasida balans aktivi va passivi bir xil summaga
ko‘payib, lekin balans tengligi buzilmagan.
Uchinchi tip o‘zgarish uchun yani o‘zgarish balansning aktividagi moddalarda ham,
passividagi moddalarda ham ko‘payish tomonga sodir bo‘lganda quyidagicha matematik model
tuziladi:
, (3)
Bu model balans aktivi va passivining moddalari bir xil summalarga ko‘payganda, shu
summalarga aktiv passiv summalari yig‘indisi ham ko‘payadi, aktiv va passiv tengligi esa buzilmaydi
deb o‘qiladi.
4-Muomala. Mol yetkazib beruvchilarga hisob-kitob schotidan 13900 so‘m qarz puli
o‘tkazildi. Bu muomala natijasida hisob-kitob schotidagi qoldiq 13900 so‘mga kamaydi (134400-
13900 q 120500) va bir vaqtning o‘zida mol yetkazib beruvchilarga bo‘lgan qarz ham shu summaga
kamaydi (26200 - 13900 q 12300).
Bu muomala balansning aktivida ham, passivida ham bir xil summaga kamayishga olib keldi.
Lekin balans tengligi buzilmadi.
Yuqoridagi barcha muomalalarni aks ettirganimizdan so‘ng korxona balansi quyidagi
ko‘rinishga keladi(2.6-jadval).