|
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \Bog'liq BuxgalteriyaIkkinchi variant. Boshlang‘ich qoldiq (saldo) kreditda bo‘lib, debet oboroti esa boshlang‘ich
kredit qoldiq va kredit oboroti summasidan kichik bo‘lganda, uning matematik modeli quyidagicha
bo‘ladi:
S'
kt
+KO
to
-DO
to
=S''
kt, (7)
Agar debet oboroti boshlang‘ich kredit qoldiq (saldo) va kredit oboroti summasidan katta
bo‘lsa, u holda qoldiq debetda qoladi.
Buxgalteriya hisobida xo‘jalik muomalalarini qayd qilish xronologik va sistematik tartibda
amalga oshiriladi.
Xronologik
4
yozuv deb, xo‘jalik muomalalalarining sodir bo‘lish ketma-ketligiga ko‘ra qayd
qilishga aytiladi.
Sistematik yozuv deb, sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalalarini schotlar tizimi bo‘yicha
belgilangan schotlar aloqasi orqali qayd qilishga aytiladi.
Xronologik va sistematik yozuvlar birlashtirilishi yuqori samara beradi. Hisob registrida
bunday kombinatsiyadagi yozuv sinxronistik yozuv deyiladi.
Ro‘yxatga olish, hujjatlarga ishlov berish, buxgalteriya yozuvlarini tuzish va ularni schotlarga
tarqatib yozishning zamonaviy usullari bu ishlarning syermehnatligini kamaytiradi. Hozirgi vaqtda
ikki yoqlama yozuvning mohiyatida mujassamlashgan «eng buyuk kashfiyot»ning qadr-qimmatini
amalga oshirish uchun to‘la sharoitlar yaratilmoqda. Birinchidan, debetlanuvchi va kreditlanuvchi
schotlar bo‘yicha summalarni jamlash avtomatik rejimda amalga oshirilib, oborotlarni jamlash va
qoldiqlarni chiqarishda xatolaring oldi olinadi hamda shu bilan birga xo‘jalik muomalalarining to‘liq
ro‘yxatga olinganligini tasdiqlaydi.
Ikkinchidan, tegishli xo‘jalik muomalalarini amalga oshiruvchi xodimlar o‘rtasida o‘zaro
nazoratni ta'minlaydi.
Uchinchidan, schotlar korrespondensiyasi asosida xo‘jalik muomalasining o‘z vaqtida amalga
oshirilishi va maqsadga muvofiqligi aniqlanadi.
To‘rtinchidan, bir xildagi muomalalarni ularni guruhlash zarur bo‘lgan jarayonda yig‘ib
borish yo‘li bilan hisobot davrining oxirida umumiy jami bo‘yicha bitta yozuv bajarish imkoni
yaratiladi. Bunda xo‘jalik muomalasining iqtisodiy mohiyati buzilmaydi. Shu bilan birga hisob
jarayonining syermehnatligi pasayadi.
|
| |