Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, sintetik va analitik schotlar o‘zaro uzviy bog‘liq.
Har bir sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalasi bir vaqtning o‘zida umumiy summasi bilan sintetik schotda
va qisman summalari bilan shu sintetik schotga ochilgan analitik schotlarda aks etirilgan. Shuning
uchun mazkur sintetik schotga ochilgan analitik schotlarning qoldiq va oborotlari shu sintetik
schotlarning qoldiq va oborotlariga teng bo‘lishi kyerak.