• 3.10-jadval «Boshqa debitorlar qarzlari» sintetik schotining analitik schotlari bo‘yicha OBOROT QAYDNOMASI, 20--yil iyul
  • 3.11-jadval «Boshqa majburiyatlar» sintetik schotining analitik schotlari bo‘yicha OBOROT QAYDNOMASI, 20--yil iyul
  • 3.12-jadval «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» sintetik schotining analitik schotlari bo‘yicha OBOROT QAYDNOMASI, 20-- yil iyul
  • 3.13-jadval «Xom-ashyo va Materiallar» sintetik schoti bo‘yicha SALDO QAYDNOMASI, 20-- yil uchun
  • IV MAVZU. ASOSIY XO`JALIK JARAYONLARI HISOBI, HISOB REGISTRLARI VA SHAKLLARI 4.1. Asosiy xo‘jalik jarayonlarining mazmuni va ta’minot
  • Ta’minot jarayoni
  • Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet95/371
    Sana21.11.2023
    Hajmi4,92 Mb.
    #102937
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   371
    Bog'liq
    Buxgalteriya

     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    3.9-jadval 
    «Xom-ashyo va Materiallar» sintetik schotining analitik schotlari bo‘yicha
    OBOROT QAYDNOMASI, 20-- yil iyul 
    № 
    Nome
    nklatu
    ra 
    raqam

    Mate
    riallar 
    nomi 
    O‘l 
    cho

    birl
    igi 
    1 iyulga qoldiq
    Iyul oyidagi oborot 
    1 avgustga 
    qoldiq 
    Debet 
    Kredit 
    Mi
    qd
    ori 
    Sum
    masi
    M
    iq
    d
    o
    ri 
    S
    u
    m
    m
    a
    si 
    Mi
    qd
    ori 
    Summasi 
    Mi
    qd
    ori 
    Sum
    masi 
    1 101010

    Ammi
    ak 
    selitras
    i
    tonn

    34 
    1 020 
    000 
    30 
    90

    00

    18 
    540 000 
    46 
    1 380 
    000 
    2 101010

    Supyer
    fosfat 
    tonn

    50 
    1 800 
    000 
    18 
    64

    00

    22 
    792 000 
    48 
    1 656 
    000 

    Jami


    2 820 
    000 

    15
    48

    1332000 

    3 036 
    000 


    00

    3.10-jadval 
    «Boshqa debitorlar qarzlari» sintetik schotining analitik schotlari bo‘yicha
     OBOROT QAYDNOMASI, 20--yil iyul 
    № 
    Analitik schotlar 
    nomi 
    1 iyulga qoldiq 
    Iyul oyidagi oborot 
    1 avgustga qoldiq 
    Debet
    Kredit Debet
    Kredit
    Debet
    Kredit

    «Matlubotsavdo» 
    OAJ
    1 400 
    000


    1000 000
    400 000


    «Qipchoq don» OAJ
    2000 00
    0


    1200 000
    800 000

    Jami
    340 000


    220 000
    120 000

    3.11-jadval 
    «Boshqa majburiyatlar» sintetik schotining analitik schotlari bo‘yicha
    OBOROT QAYDNOMASI, 20--yil iyul 
    № 
    Analitik schotlar 
    nomi 
    1 iyulga qoldiq 
    Iyul oyidagi oborot 
    1 avgustga qoldiq 
    Debet
    Kredit
    Debet
    Kredit
    Debet
    Kredit

    Yusupova D.U. 

    60 000 
    60 000 
    50 000 

    50 000 

    Muratbaeva E.K. 

    80 000 
    80 000 
    60 000 

    60 000 

    Jami
    -
    140 000 
    140 000 
    110 000 
    110 000 
    3.12-jadval 
    «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» sintetik
    schotining analitik schotlari bo‘yicha OBOROT QAYDNOMASI, 20-- yil iyul 
    № 
    Analitik schotlar 
    nomi 
    1 iyulga qoldiq 
    Iyul oyidagi oborot 
    1 avgustga qoldiq 
    Debet 
    Kredit 
    Debet 
    Kredit 
    Debet Kredit 
    1 Amudaryo«Agrokimy
    ota’minot» OAJ 

    4 800 000 2 000 000 1 548 000

    4 348 000
    2 «Qipchoq MTP» OAJ

    1 800 000 1 000 000


    800 000
    Jami

    6 600 000 3 000 000 1 548 000 

    5 148 000
     
     
    3.8.3. Analitik schotlar bo‘yicha saldo qaydnomasi 
    So‘nggi vaqtlarda tovar-Material qiymatliklar schotlari bo‘yicha oborot qaydnomasi o‘rniga 
    saldo (qoldiq) qaydnomasi tuzish keng qo‘llanilmoqda. Saldo qaydnomalari tovar-Material 
    qiymatliklarning saldo metodida qo‘llaniladi. Saldo qaydnomasida har oyning birinchi sanasiga butun 
    yil davomida faqat schotlarning qoldiqlari ko‘rsatiladi.
    Yuqoridagi misollar asosida tuzilgan saldo qaydnomasini keltiramiz (2.13-jadval). Ko‘rinib 
    turibdiki, saldo qaydnomasida tovar-Material qiymatliklarni hisobga oladigan schotlar bo‘yicha 
    (sintetik va analitik schotlar asosida) tartib bilan, ya'ni ularning nomenklatura raqami, nomlari, 
    o‘lchov birliklari ko‘rsatilgan holda yoziladi.
    3.13-jadval
    «Xom-ashyo va Materiallar» sintetik schoti bo‘yicha 
    SALDO QAYDNOMASI, 20-- yil uchun 

    Nome
    nk 
    Materi
    al 
    O‘l
    cho
    Baho
    si, 
    1 yanvarga 
    qoldiq 
    va h.k. 
    1 iyulga 
    qoldiq 
    1 avgustga 
    qoldiq 
    va 
    h.k. 


    latura
    raqam

    lar 
    nomi 

    birl
    igi 
    so‘m 
    Ja
    mi 
    So‘m 
    ja
    mi 
    So‘

    Mi
    qdo
    ri 
    Summa
    si 
    miq
    dor

    Summa
    si 
    1 10101
    01 
    Ammi
    ak 
    selitra
    si
    ton
    na 
    3000

    12 360 000 
    34 
    1 020 
    000 
    46 
    1 380 
    000 
    2 10401
    02 
    Supye
    rfosfat 
    ton
    na 
    3600

    26 936 000 
    52 
    1 800 
    000 
    48 
    1 656 
    000 

    Jami


    1 296 
    000 

    2 820 
    000 

    3 036 
    000 
    Demak, saldo qaydnomasi hisob ishlarini ancha qisqartirib, moddiy boyliklar ustidan 
    nazoratni yaxshilashni ta'minlar ekan.
    IV MAVZU. ASOSIY XO`JALIK JARAYONLARI HISOBI, HISOB REGISTRLARI VA 
    SHAKLLARI 
    4.1. Asosiy xo‘jalik jarayonlarining mazmuni va ta’minot
    jarayonini hisobga olish 
    Korxonaning xo‘jalik mablag‘lari doiraviy harakatlanishning turli bosqichlarida bo‘lib, har 
    xil xo‘jalik jarayonlarida: ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya  jarayonlarida ishtirok etadi. 
    Ma'lumki, ishlab chiqarish jarayoni kengaytirilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish 
    jarayonidagi asosiy bosqich bo‘lib, aynan shu bosqichda moddiy ne'matlar ishlab chiqariladi. Lekin 
    ishlab chiqarish jarayonidan oldin yaxshi yo‘lga quyilgan ta’minot jarayoni bo‘lmasa, u 
    muvaffaqiyatli amalga oshmaydi. 
    Ta’minot jarayonida korxona mol yetkazib beruvchilardan asosiy vositalar, xom-ashyo, 
    Materiallar, yoqilg‘ilar va mahsulot ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarish jarayonini ta'minlash 
    uchun zarur bo‘ladigan boshqa buyumlarni sotib oladi. Bunday tovar-moddiy qiymatliklar hisobda 
    haqiqiy tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi. Sotib olinadigan tovar-moddiy boyliklarning haqiqiy tannarxi 
    ikkita asosiy miqdor: ularning xarid narxi va transport-tayyorlov xarajatlaridan iborat. Xarid narxi – 
    bu xaridor va mol yetkazib beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq mol yetkazib 
    beruvchilar tomonidan to‘ldiriladigan tovar hamda hisob-kitob hujjatlarida (schot-faktura; to‘lov 
    talabnomasi va boshqalar) ko‘rsatilgan qiymatdir. Yerkin iqtisodiyot sharoitida tovar-moddiy 
    zaxiralar talab va taklif darajasidan kelib chiqqan holda bozor narxlarida xarid qilinadi. 
    Transport-tayyorlov xarajatlari tovar-moddiy zaxiralarini mol yetkazib beruvchilardan temir 
    yo‘l, suv transporti yoki avtotransportda tashib keltirish, ularni yuklash va tushirish, tabiiy kamayish 
    natijasida yo‘lda yo‘qolishi hamda ta’minot-savdo korxonalarining ustama xarajatlaridan tashkil 
    topadi. Transport-tayyorlov xarajatlari sanoatning bir qancha tarmoqlarida tovar-moddiy 
    qiymatliklarining sezilarli qismini tashkil etadi. Ularning miqdori yuklarni tashish masofasi, savdo-
    ta’minot korxonalarining uzoqligi, transport vositalarining turlari va boshqa omillarga bog‘liq. №4-
    «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMSga muvofiq transport-tayyorlov xarajatlari sotib olingan 
    tovar-moddiy qiymatiga qo‘shiladi. 
    Ta’minot jarayoni korxonaning ta’minot rejasi (grafigi) asosida amalga oshiriladi. Uning 
    asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: korxona tomonidan sotib olinadigan tovar-moddiy 
    qiymatliklarning miqdori, muddati, turlari va hokazo. Shu munosabat bilan ta’minot jarayonini 
    hisobga olishning asosiy vazifalari ta’minotning haqiqiy hajmini va sotib olinadigan tovar-moddiy 
    qiymatliklarning haqiqiy tannarxini aniqlashdan iborat. Buxgalteriya hisobining analitik va sintetik 
    schotlari tizimida sotib olinadigan tovar-moddiy qiymatliklarining miqdori va turlari to‘g‘risidagi 
    ma’lumotlar shakllanib, ular ta’minot jarayonini miqdor va qiymat jihatidan nazorat qilishni 
    ta'minlaydi. Shuningdek, buxgalteriya hisobi tizimidan korxonaning barcha turdagi tovar-moddiy 


    qiymatliklarini sotib olish hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham olish mumkin. 
    Tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga olish uchun 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi 
    schotlar» (1010-«Xom-ashyo va Materiallar», 1020-«Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va 
    butlovchi buyumlar», 1030-«Yoqilg‘ilar», 1040-«Ehtiyot qismlar», 1050-«Qurilish Materiallari», 
    1060-«Idish va idish Materiallari» va boshqa schotlar) mo‘ljallangan. Tovar-moddiy qiymatliklarni 
    sotib olish uchun tuzilgan shartnomaga muvofiq xaridor mol yetkazib beruvchiga ko‘rsatilgan 
    summaning kamida 15%ini oldin to‘lov yo‘li bilan o‘tkazib berishi lozim. Buning uchun xaridor 
    bankka to‘lov topshiriqnomasi (shartnoma va mol yetkazib beruvchi taqdim qilgan schot-fakturani 
    ilova qilgan holda) taqdim etadi. So‘ngra mol yetkazib beruvchining yukni kuzatuvchi hujjatlariga 
    muvofiq xaridor korxonada kirim hujjatlari rasmiylashtirilib, omborga kirim qilinadi va xarid narxiga 
    yuqorida qayd qilingan schotlardan tegishlisi debetlanadi. Tovar-moddiy qiymatliklarga tegishli 
    transport-tayyorlov xarajatlari ham ushbu schotlarga olib boriladi. Shunday qilib, tovar-moddiy 
    qiymatliklarni hisobga oladigan schotlarning debet oboroti ta’minotning haqiqiy hajmini, ya'ni 
    hisobot davri ichida haqiqatan olingan tovar-moddiy qiymatliklarning umumiy summasini, ularning 
    haqiqiy tannarxi bo‘yicha aks ettiradi. Ushbu schotlarning kreditida esa, tovar-moddiy 
    qiymatliklarning haqiqiy tannarx bo‘yicha sarflanishi ko‘rsatiladi. Ularning qoldiqlari faqat debet 
    tomonida bo‘lib, tovar-moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi bo‘yicha omborda mavjudligini 
    bildiradi. 
    Ta’minot jarayonini boshqarish uchun tayyorlangan tovar-moddiy qiymatliklarning umumiy 
    hajmi ko‘rsatkichidan tashqari keltirilgan Materiallarning har bir turi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham 
    zarur. Bunday ma’lumotlar analitik schotlar yordamida olinadi. 
    Analitik hisobda, qoidaga ko‘ra, tegishli Material turining shartnoma bahosi bo‘yicha qiymati 
    ko‘rsatiladi. Tovar-moddiy qiymatliklarning harakatini aks ettiradigan dastlabki hujjatlarda faqat 
    Materiallarning shartnoma bahosi bo‘yicha qiymati ko‘rsatiladi. Transport-tayyorlov xarajatlari esa 
    barcha Materiallarga taalluqli jami summasi bilan yoziladi. Ushbu xarajatlarning har bir Material 
    turiga to‘g‘ri keladigan ulushi oy oxirida bir marta hisob-kitob yo‘li bilan aniqlanib, alohida Material 
    turlarining haqiqiy tannarxini aniqlash uchun, ularning shartnoma baholari bo‘yicha qiymatiga 
    qo‘shiladi. 
    Korxonaning mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblari 4300-«Mol yetkazib beruvchilar 
    va pudratchilarga berilgan bo‘naklarni hisobga oluvchi schotlar» (4310, 4320, 4330)va «Mol yetkazib 
    beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar»da (6010, 6020) aks ettiriladi. 4300-«Mol 
    yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklarni hisobga oluvchi schotlar» aktiv bo‘lib, 
    ularning debetida tovar-moddiy qiymatliklar, uzoq muddatli aktivlarning yetkazib berilishi va 
    ishlarning bajarilishi uchun o‘tkazilgan bo‘naklar aks ettiriladi. 6000-«Mol yetkazib beruvchilar va 
    pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» (6010, 6020) passiv bo‘lib, ularning kreditida korxonaning turli 
    mol yetkazib beruvchi va pudratchilardan olingan tovar-moddiy qiymatliklar, bajarilgan ishlar, 
    ko‘rsatilgan xizmatlar va boshqa aktivlar uchun joriy qarzlari aks ettiriladi. Bu schotlarning debetida 
    to‘langan to‘lov hujjatlarining summalari, ya'ni mol yetkazib beruvchilarga to‘lanishi lozim bo‘lgan 
    qarzlarning kamayishi ko‘rsatiladi. 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan 
    schotlar» (6010, 6020) schotining kredit qoldig‘i mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 
    to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzlarning joriy qismini bildiradi. 
    Ta’minot jarayoniga oid xo‘jalik muomalalarini hisobda aks ettirishga doir misollarni ko‘rib 
    chiqamiz. Faraz qilaylik, korxonada 1 aprel 2011 yil holatiga Materiallarni hisobga oluvchi 
    schotlarning qoldiqlari quyidagicha: 
    1010-«Xom ashyo va Materiallar» schoti100000 so‘m. 
    shu jumladan:
    Materiallarning jami summasidan, so‘m hisobida: 
    «A»Material (3000 kg x 20 so‘m) 60000 so‘m. 
    «B»Material (1000 kg x 40 so‘m) 40000 so‘m. 
    Jami : 100000 so‘m. 
    5010-«Hisob-kitob schoti»90000 so‘m. 
    6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 


    to‘lanadigan schotlar»12000 so‘m. 
    Mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq korxonaga 61200 so‘mlik schot 
    taqdim qilingan. Jumladan: 
    «A» Material – 20000 so‘m (1000 kg x 20 so‘m) 
    «B» Material – 40000 so‘m (1000 kg x 40 so‘m). 
    Jami 60000 so‘m 
    Materiallarni temir yo‘l orqali tashib keltirish
    qiymati korxona hisobidan qoplanadi 1200 so‘m 
    H a m m a s i: 61200 so‘m 
    Mazkur korxonada aprel oyi davomida quyidagi ta’minot jarayoniga oid muomalalar sodir 
    bo‘lgan. 

    Download 4,92 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   371




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \

    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish