• 3.7. Sintetik va analitik schotlar, ularning o‘zaro bog‘liqligi
  • Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet91/371
    Sana21.11.2023
    Hajmi4,92 Mb.
    #102937
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   371
    Bog'liq
    Buxgalteriya

    Sintetik schyotlar deb xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari va 
    xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi umumlashgan ma’lumotlarni faqat pul 
    o‘lchovida hisobga oladigan schyotlarga aytiladi. 
    3.5-rasm.Balans, schotlar va ikki yoqlama yozuv o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik 
    Balans, schotlar va ikki yoqlama yozuv o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik 2.5-rasmda ko‘rsatilgan. 
    3.7. Sintetik va analitik schotlar, ularning o‘zaro bog‘liqligi 
    Buxgalteriya hisobida schotlar yordamida korxonalar mablag‘larining holati, shu mablag‘lar 
    manbalari, shuningdek, mablag‘larning xo‘jalik jarayonlaridagi harakatlari tezkor ravishda 
    umumlashtirilib hisobga olib boriladi. Masalan, «Xom-ashyo va Materiallar» schotida xo‘jalikdagi 
    jami xom-ashyo va Materiallarning harakati, «Asosiy ishlab chiqarish» schotida hamma turdagi 
    xarajatlar va mahsulotlarning harakati, shuningdek, «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 
    to‘lanadigan schotlar» schotida barcha mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan olib boriladigan 
    hisoblashuvlar va hokazolar umumlashtirilib aks ettiriladi. Lekin korxonalar mablag‘larni but holida 
    saqlashni ta'minlash va samarali foydalanish ustidan nazorat o‘rnatish uchun, ularning har bir turi 
    bo‘yicha batafsil ma’lumotlar ham bo‘lishi zarur. Chunki «Asosiy ishlab chiqarish» schotida umuman 
    qilingan xarajatlar va olingan mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan birga ma'lum vaqtga 
    xarajatlarning har bir turi (masalan, ish haqi, urug‘lik, amortizatsiya va hokazolar), shu bilan birga 
    ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning har bir turi bo‘yicha (paxta, don, sut, tuxum va hokazolar) 
    xarajatlar summasi va turlari bo‘yicha tafsiloti bilan aniqlangan ko‘rsatkichlar ham bo‘lishi zarur. 
    «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schotida korxonaning ma'lum bir 
    davrga mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga bo‘lgan qarz summasi ko‘rinib turishi bilan birga 
    har bir mol yetkazib beruvchi va pudratchi bilan hisoblashuvlar to‘g‘risida ma’lumotlar ham bo‘lishi 
    kyerak. 
    Shunday qilib, deyarli hamma schotlarda ham umumiy ko‘rsatkichlar bilan birga tafsiloti 
    aniqlangan ko‘rsatkichlar ham bo‘lishi zarur ekan. Shuning uchun ham buxgalteriya hisobida hisob 
    obektlarini umumlashtirib hisobga oladigan (sintetik) schotlar bilan birga ularni turlari bo‘yicha 
    alohida hisobga oladigan (analitik) schotlardan foydalanishga zarurat tug‘iladi.

    Download 4,92 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   371




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \

    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish