-rasm. Ikki yoqlama yozuvning ahamiyati




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

3.3-rasm. Ikki yoqlama yozuvning ahamiyati 
Xo‘jalik muomalalarini schotlarda ikki yoqlama aks ettirish ulkan nazorat ahamiyatiga
ega, chunki barcha schotlarning debetidagi yozuvlar barcha schotlarning kreditidagi yozuvlar 
yig‘indisiga teng bo‘ladi. Bunday tenglikning bo‘lmasligi ikki yoqlama yozuvda xatoga yo‘l 
quyilganligini, ya'ni schotlardagi yozuvlarda xato borligini bildiradi. Bunday xatolarni o‘z vaqtida 
topish va tuzatish kyerak. 
Xo‘jalik muomalalarini schotlarda aks ettirish natijasida schotlar o‘rtasida o‘zaro aloqa 
yuzaga keladi. Bunday o‘zaro aloqa schotlar korrespondensiyasi deyiladi. Shunday qilib, schotlar 
korrespondensiyasi deganda, ularda xo‘jalik muomalalari natijasida sodir bo‘lgan hodisalarni aks 
ettirishda schotlar orasidagi o‘zaro aloqani ifodalash tushuniladi. 
Xo‘jalik muomalalarini schotlarga yozish uchun hujjatlarda debetlanuvchi va kreditlanuvchi 
schotlar ko‘rsatiladi, ya'ni buxgalteriya yozuvi (schot formulasi) tuziladi. Demak, debetlanuvchi va 
kreditlanuvchi schot va aks ettiriladigan xo‘jalik muomalasining summasini ko‘rsatishga 
buxgalteriya yozuvi (provodkasi) deyiladi. 
Buxgalteriya yozuvini tuzish uchun nafaqat ma'lum bilimlar yig‘indisiga ega bo‘lish, balki 
uni rasmiylashtirish ketma-ketligini ham bilish zarur. Eng avvalo, muayyan xo‘jalik muomalasining 
iqtisodiy mohiyatini aniq tushunish kyerak. Faqat shunday tushuncha asosida mazkur muomala qaysi 
ikkita korrespondensiyalanuvchi schotlarda aks ettirilishini aniqlash mumkin(2.4-rasm).
Biz ko‘rib chiqqan oldingi misolda xo‘jalik muomalasi ikkita schotda, ya'ni bir schotning 
debetida ikkinchi schotning kreditida aks ettirilgan edi. Buxgalteriya hisobida xo‘jalik muomalasini 
schotlarga bunday aks ettirishga oddiy yozuv deyiladi. Ayrim xo‘jalik muomalalari xususiyatiga ko‘ra 
bir schotning debetida va bir necha schotning kreditida yoki aksincha aks ettiriladi. Bunday 
buxgalteriya yozuvini buxgalteriya hisobida murakkab yozuv deyiladi. 
Misol tariqasida quyidagi xo‘jalik muomalasini ko‘rib chiqamiz. Shirkat xo‘jaligi omboriga 
mol yetkazib beruvchilardan 30000 so‘mlik yoqilgi va 40000 so‘mlik ehtiyot qismlar olindi. Bu 
xo‘jalik muomalasi quyidagi schotlar korrespodensiyasi orqali aks ettiramiz: 

Download 4,92 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Ikki yoqlama yozuvning ahamiyati

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish