|
Buxgalteriya hisobining schotlariBog'liq Buxgalteriya3.4. Buxgalteriya hisobining schotlari va ularning tuzilishi: aktiv va passiv schotlar
Ma'lum bo‘ldiki, balans xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarini ma'lum
sanaga, umumlashtirilgan tasnifiy guruhlar bo‘yicha tavsiflar ekan. Lekin, korxona moliya-xo‘jalik
faoliyatini boshqarish va biznes-reja hamda shartnomalarning bajarilishini nazorat qilish uchun har
bir mablag‘ning mavjudligi va harakati, har bir korxona bilan hisob-kitoblar ahvoli, ayrim mablag‘
manbalarining o‘zgarishi va boshqalar to‘g‘risida kundalik ma’lumotlar kyerak. Shuningdek, faqat
natijalarnigina emas, balki xo‘jalik jarayonlarini ham tavsiflaydigan ma’lumotlar zarur. Bunday
ma’lumotlarga xo‘jalik muomalalarini, ularning xususiyatlariga ko‘ra hisobga olgan holda aks ettirib
borish yo‘li bilan ega bo‘lish mumkin. Xo‘jalik muomalalarini joriy tartibda aks ettirish va guruhlash
uchun buxgalteriya hisobining schotlaridan foydalaniladi.
Guruhlash iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra bir xil xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘lar manbalari va
xo‘jalik muomalalari uchun alohida schot ochish bilan ta'minlanadi.
Schot buxgalteriya hisobi obektlarini identifikatsiyalashga imkon yaratadigan maxsus belgi
hisoblanadi. Shuning uchun har bir schotga, unda hisobga olinadigan obektga mos keladigan nom va
xos raqam (kod) belgisi beriladi (1-ilovaga qarang). Schotlar xo‘jalik mablag‘lari, ularning vujudga
kelish manbalari va xo‘jalik jarayonlarining har bir turi uchun buxgalteriya hisobi obektlarining
turkumlanishiga muvofiq ochiladi. Masalan, «Bino, inshootlar va uzatgich moslamalar», «Mashina
va uskunalar», «Xom-ashyo va Materiallar», «Patentlar, litsenziyalar va nou-xou», «Asosiy ishlab
chiqarish», «Hisob-kitob schoti» va h.k.
Buxgalteriya hisobining schotlari ikki tomonli jadval shakliga ega bo‘lib, chap tomoni –
«debet», o‘ng tomoni – «kredit» deb ataladi. «Debet» va «kredit» atamalari lotincha bo‘lib, aynan
tarjimasi debet – “u qarzdor” va credit – «u ishonadi» degan ma'noni bildiradi.
Mablag‘larning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra ikki guruhga: 1) Tarkibi, joylanishi va ishlatilishi
bo‘yicha; 2) Tashkil topish manbalari va maqsadli tayinlanishi bo‘yicha bo‘linishidan kelib chiqqan
holda schotlar ham, aktiv va passiv schotlarga bo‘linadi. Aktiv schotlarda xo‘jalik mablag‘larining
mavjudligi va harakati (ko‘payishi, kamayishi) aks ettiriladi. Aktiv schotlarning qoldiqlari debet
tomonida yoziladi. Aktiv schotlar balans aktividagi moddalarga asosan ochiladi:
|
| |