• Passiv schot chizmasi
  • Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet85/371
    Sana21.11.2023
    Hajmi4,92 Mb.
    #102937
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   371
    Bog'liq
    Buxgalteriya

    Aktiv schot chizmasi 
    Debet
    Kredit 
    Boshlang‘ich qoldiq 
    Kamayishi (-)
    Buxgalteriya hisobining schotlari – bu xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning 
    manbalari va xo‘jalik jarayonlarini nazorat qilish va boshqarish uchun 
    zarur axborotlarga ega bo‘lish maqsadida, ularni dastlabki hujjatlar 
    ma’lumotlariga asosan joriy tartibda hisobga olish, guruhlash va bir 
    tizimga keltirish usulidir. 


    Ko‘payishi (+) 
     
    Oborot
    Oborot
    Oxirgi qoldiq 
    Passiv schotlarda esa xo‘jalik mablag‘lari manbalarining mavjudligi va harakati hisobga 
    olinadi. Passiv schotlarning qoldiqlari schotning kreditida aks ettiriladi. Passiv schotlar joriy hisobda 
    balansning passiv moddalariga asosan ochiladi 
    Passiv schot chizmasi 
    Debet
    Kredit 
    Kamayish (-) 
    Boshlang‘ich qoldiq 
    Ko‘payish (+) 
    Oborot
    Oborot
    Oxirgi qoldiq 
    Aktiv va passiv schotlarda debet (schotning chap tomoni) va kredit (schotning o‘ng tomoni) 
    tayinlanishiga ko‘ra turli xil vazifalarni bajaradi. 
    Aktiv schotlarning debetida mablag‘larning qoldig‘i va ko‘payishi, kreditida esa kamayishi 
    aks ettiriladi. Passiv schotlarda, aksincha, mablag‘lar tashkil topish manbalarining qoldig‘i va 
    ko‘payishi kreditida, kamayishi esa debetida aks ettiriladi. 
    Buxgalteriya hisobi amaliyotida «qoldiq» so‘zining o‘rniga ko‘pincha «saldo» so‘zi 
    ishlatiladi. «Saldo» italyancha so‘z bo‘lib, aynan tarjimasi «hisob-kitob» degan ma'noni bildiradi. 
    Schot bo‘yicha hisobot davrining boshiga bo‘lgan qoldiq boshlang‘ich saldo deb ataladi. 
    Schot bo‘yicha hisobot davrining oxiriga bo‘lgan qoldiq oxirgi saldo deb ataladi. Agar schotning 
    debeti bo‘yicha oborotlar jami mazkur schotning krediti bo‘yicha oborotlar jamidan ko‘p bo‘lsa, u 
    holda debet qoldiq qoladi. U schotning boshlang‘ich qoldiq joylashgan, chap tomonida ko‘rsatiladi.
    Qoldiq har bir schot bo‘yicha har oyning birini sanasiga hisoblab chiqariladi. Schotda 
    boshlang‘ich qoldiq bo‘lgan hollarda yangi (oxirgi) qoldiq schotning boshlang‘ich qoldig‘i 
    ko‘rsatilgan tomondagi oborot yozuvlarining jamini hisobga olgan holda mazkur schotning qarama-
    qarshi tomonidagi oborotlar jami chegirib tashlab aniqlanadi. Oxirgi qoldiq bo‘lmagan, ya'ni u nolga 
    teng bo‘lgan hollarda schot yopilgan hisoblanadi.
    Schotni yopish quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin:
    
    
    
     
    alohida faoliyat turlarining moliyaviy natijasini har bir hisobot davri bo‘yicha hisoblab chiqarish 
    zaruratidan kelib chiqqan holda ularning qoldiqlarini boshqa schotga o‘tkazish. Masalan, 9000-
    «Asosiy (operatsion) faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schotlar» (9010, 9020, 9030) 
    qoldiqlari har oy oxirida 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkazish bilan yopilishi 
    lozim; 
    
    
    
     
    hisobga olinadigan obektning mohiyati bilan bog‘liq. Masalan, korxonada yangi turdagi 
    mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshirilgan. Ushbu 
    maqsadlar uchun joriy oyda amalga oshirilgan xarajatlar, hali mahsulot ishlab chiqarilmaganligi 
    sababli, ma'lum bir mahsulot tannarxiga qo‘shilishi mumkin emas. Shuning uchun bunday 
    xarajatlar 3100-«Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» schotining debetida to‘plab 
    boriladi. Ishlab chiqarish yo‘lga quyilganidan va mahsulot ishlab chiqarish boshlanganidan so‘ng 
    mazkur schotlarda to‘plangan xarajatlar har bir hisobot oyi bo‘yicha teng ulushlarda mahsulotlar 
    turlarining tannarxiga taqsimlanadi. Xarajatlar hisobdan chiqarilgandan so‘ng 3100-«Kelgusi 
    davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» yopiladi; 
    
    
    
     
    ayrim turdagi xarajatlarni, avvalo, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlarini 
    hisobga olishga oid amaldagi me’yoriy hujjatlar bilan bog‘liq. Masalan, 2510-«Umum ishlab 
    chiqarish xarajatlari» schoti unda yig‘ilgan xarajatlarni har oyda kalkulyatsiya obektlariga 
    taqsimlash va hisobdan o‘chirish yo‘li bilan yopiladi 
    Aktiv va passiv schotlar balansning aktiv va passiv moddalariga mos kelganligi sababli balans 


    schotlari deb ham ataladi. Bu esa balans va schotlar o‘rtasida hisob obektlarini turkumlashning 
    yagona iqtisodiy tasnifiga asoslangan o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi to‘g‘risida xulosa qilishga asos 
    bo‘ladi (buxgalteriya balansi, schotlar va ikki yoqlama yozuv usullarining o‘zaro bog‘liqligi 6-
    bobning 6.4-bo‘limida batafsil yoritilgan).

    Download 4,92 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   371




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \

    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish