3.8. Joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish
3.8.1.Sintetik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasi
Korxonaning xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida umumlashgan ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish hisob
yozuvlarining to‘g‘riligini tekshirib turish uchun joriy hisob ma’lumotlari vaqti-vaqti bilan jamlanib
turiladi. Amalda bunday joriy hisob ma’lumotlarini jamlash va tekshirish har oyda oborot
qaydnomalarini tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Oborot qaydnomalari sintetik schotlar bo‘yicha
ham, analitik schotlar bo‘yicha ham tuziladi.
Sintetik schotlarning qoldiq va oborotlari asosida iyul oyi uchun oborot qaydnomasi
quyidagicha tuziladi. Bu oborot qaydnomasi sintetik schotlardan boshlang‘ich qoldiqlar, jamlangan
oylik oborotlar va oxirgi qoldiqlarni bevosita ko‘chirib o‘tkazish yo‘llari bilan tuziladi (2.7-jadval).
Sintetik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasida uchta juft tenglik mavjudligini ko‘rish
mumkin:
birini juftlik – barcha schotlarning boshlang‘ich debet qoldiqlari va boshlang‘ich kredit
qoldiqlar yig‘indisining o‘zaro tengligi.
ikkinchi juftlik – debet oborotlari va kredit oborotlari yig‘indisining o‘zaro tengligi bo‘lib,
xo‘jalik muomalalarini schotlarga ikki yoqlama aks ettirish usulining qo‘llanilishi bilan
tushuntiriladi. Bunda har bir xo‘jalik muomalasi bir xil summa bilan tegishli schotlarning debet va
kreditga yoziladi.
uchinchi juftlik – barcha schotlarning oxirgi debet qoldiqlari va kredit qoldiqlari
yig‘indisining o‘zarotengligidir. Bu qoldiqlar oy oxirida yangi balansda aks ettirilishi lozim bo‘lgan
mablag‘lar va manbalarning tarkibini tavsiflaydi.
3.7-jadval
Sintetik schotlarning
OBOROT QAYDNOMASI ,20- yil iyul
№
Sintetik schotlar
nomi
1 iyulga qoldiq
Iyul oyidagi oborot
1 avgustga qoldiq
Debet
Kredit
Debet
Kredit
Debet
Kredit
1
Asosiy vositalar
1 480 00
0
-
-
-
1480
000
-
2
Xom-ashyo va
Materiallar
2 820 00
0
-
1 548 00
0
1 332 00
0
3 036 00
0
-
3
Asosiy ishlab
chiqarish
164 400 240 000
1 332 00
0
-
1 496 40
0
240 000
4
Kassa
3 900
-
400 000 400 000
3 900
-
5
Hisob-kitob schoti
3 186 70
0
-
2 200 00
0
3 000 00
0
2 386 70
0
-
6
Boshqa debitorlar
qarzi
3 400 00
0
-
-
220 000 120 000
-
7
Boshqa
majburiyatlar
6 640 00
0
140 000 110 000
110 000
8
Ustav kapitali
-
3 000 00
0
-
-
-
3 000 00
0
9
Taqsimlanmagan
foyda
-
395 000
-
-
-
395 000
1
0
Xodimlar bilan
mehnatga haq
to‘lash bo‘yicha
-
680 000 461 000 491 000
-
710 000
hisoblashuvlar
1
1
Mol yetkazib
beruvchilar va
pudratchilarga
to‘lanadigan schotlar
-
6 600 00
0
3 000 00
0
1 548 00
0
-
5 148 00
0
J a m i
11 055 0
00
11 055 0
00
9 081 00
0
9 081 00
0
9 603
000
9 603
000
Yuqorida ko‘rsatilgan tengliklardan birortasining buzilishi xo‘jalik muomalalarini schotlarga
yozishda yoki summalarni jamlashda xatoga yo‘l quyilganligidan dalolat beradi.
Shunday qilib, sintetik schotlarning oborot qaydnomasi schotlardagi yozuvlarning
to‘g‘riligini nazorat qilish, shuningdek, yangi balans tuzishda ham ishlatilar ekan.
Agar korxonada «Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari» yuritilsa, u holda sintetik
schotlar bo‘yicha to‘g‘ri tuzilgan oborot qaydnomasi boshqa jami nazorat summasini tekshirishga
ham imkon beradi. Ya'ni sintetik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasidagi debet va kredit
oborotlarining yig‘indisi ko‘rsatilgan daftardagi oborotlar yig‘indisiga teng bo‘lishi lozim.
Sintetik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasi, avvalo nazorat ahamiyatiga ega. Uning tuzilishi
joriy buxgalteriya hisobidagi xatolarni aniqlashga imkon beradi. Agar oborot qaydnomasidagi
juftliklardan birortasida debet va kredit oborotlari o‘zaro teng chiqmasa, buning sababi quyidagicha
bo‘lishi mumkin:
1.
Qaysidir bitta schotning debeti bo‘yicha summa to‘g‘ri yozilgan, ammo uning bilan
korrespondensiyalangan schotning krediti bo‘yicha summa tushirib qoldirilgan yoki noto‘g‘ri
ko‘rsatilgan yoki aksincha bo‘lishi mumkin.
2.
Buxgalteriya provodkasining summasi bitta schotning debetiga ikki marta yozilib, ammo
boshqa schotning kreditida ko‘rsatilmagan, yoki aksincha, bitta schotning kreditida ikki marta
yozilib, uning bilan korrespondensiyalanadigan schotning debetiga yozilmagan bo‘lishi mumkin.
3.
Buxgalteriya provodkasining summasi bitta schotning debetiga ikki marta va boshqa
schotning kreditiga ikki marta yozilgan.
4.
Bitta schotning qoldig‘i va (yoki) debet oboroti boshqa schotning kredit qoldig‘i va (yoki)
debet oboroti sifatida yozilgan bo‘lishi mumkin.
5.
Ayrim schotlar bo‘yicha qoldiqlar va oborotlar tushirib qoldirilgan yoki noto‘g‘ri
ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
Xo‘jalik operatsiyalarining soni kam sodir bo‘ladigan va mulklari kam bo‘lgan, ishlab
chiqarish sohasidagi korxonalar, masalan, dehqon xo‘jaliklarida joriy buxgalteriya hisobi
yozuvlarining to‘liqligi va ishonchliligi “Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari” yordamida
nazorat qilinadi (2.8-jadval).
|