• 2-muomala .
  • 3-muomala .
  • Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet96/371
    Sana21.11.2023
    Hajmi4,92 Mb.
    #102937
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   371
    Bog'liq
    Buxgalteriya

    1-muomalaMol yetkazib beruvchilarga shartnomaga muvofiq 15% bo‘nak o‘tkazildi. 
    Dt 4310-«TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar
    va pudratchilarga berilgan bo‘naklar» schoti9180 
    Kt 5110-«Hisob-kitob schoti» schoti
    9180 
    2-muomala. Mol yetkazib beruvchilardan quyidagi Materiallar korxonaga keltirilgan, so‘m 
    hisobida: 
    «A» Material – 20000 so‘m (1000 kg x 20 so‘m) 
    «B» Material – 40000 so‘m (1000 kg x 40 so‘m). 
    Jami 60000 so‘m 
    Materiallarni temir yo‘l orqali tashib keltirish qiymati korxona hisobiga mol yetkazib 
    beruvchilar tomonidan to‘langan.1200 so‘m 
    H a m m a s i: 61200 so‘m 
    Materiallarning shartnoma narxlari bo‘yicha sotib olinishi dastavval 1510-«Materiallarni 
    tayyorlash va xarid qilish» schotining debetiga yoziladi. Materiallarni temir yo‘l orqali tashib keltirish 
    uchun transport-tayyorlov xarajatlarining summasi ham ushbu schotga olib boriladi. Lekin ushbu 
    summalar alohida kolonkalarda aks ettiriladi (1510-schot). Ushbu muomala bo‘yicha 6010-«Mol 
    yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schoti kreditlanadi. Chunki, bu schot 
    passiv bo‘lib, sotib olingan Materiallar uchun mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan qarzlarning 
    ko‘payishi uning kreditida aks ettiriladi. Shunday qilib, mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan 
    qarzlarning umumiy summasi 61200 so‘mni tashkil etadi. 
    Dt 1510«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schoti 
    61200 so‘m. 
    Kt 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» 
    schoti 
    61200 so‘m. 
    Ushbu muomalani rasmiylashtirishda 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schotida 
    sotib olingan Materiallarning shartnoma narxlari bo‘yicha qiymati – 60000 so‘m va transport-
    tayyorlov xarajatlari – 1200 so‘m alohida aks ettiriladi.
    3-muomala. Materiallarni temir yo‘l stansiyasidan korxona omboriga tashib keltirganligi 
    uchun transport tashkilotiga 3000 so‘m hisoblandi. Ushbu summa transport-tayyorlov xarajatlarini 
    aks ettiradi va olingan Materiallarning haqiqiy tannarxiga qo‘shilishi lozim. Ushbu xarajatlarning 
    ko‘payishi 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schotining debetida ham yozilish mumkin. 
    Ushbu summaga 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schoti 
    kreditlanadi, chunki uning kreditida transport tashkilotiga bo‘lgan qarzning ko‘payishi aks ettiriladi. 
    Dt 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schoti 3000 so‘m 
    Kt 6010-«Mol yetkazib beruvchilar
    va pudratchilargi to‘lanadigan schotlar» schoti… … … 3000 so‘m 

    Download 4,92 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   371




    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \

    Download 4,92 Mb.
    Pdf ko'rish