Budjetga to‘lanmagan qarz
bo‘yicha yakuniy qoldiq …….... 390 000
Endi istalgan passiv schot bo‘yicha oxirgi qoldiq chiqarishning matematik modelini ko‘rib
chiqamiz. U quyidagicha bo‘ladi:
S'
kt
+KO
to
-DO
to
=S''
kt,(5)
Ushbu model passiv schotning ma'lum muddatga bo‘lgan oxirgi qoldig‘i uning boshlang‘ich
kredit qoldig‘iga ma'lum davr ichidagi kredit oborotini qo‘shib, shu davr ichidagi debet oborotining
ayrilganiga teng deb o‘qiladi.
Har qanday aktiv yoki passiv schot bo‘yicha oxirgi qoldiqning matematik modeli ikki
variantda bo‘lishi mumkin.
Birinchi variant. Boshlang‘ich qoldiq (saldo) debet bo‘lib, kredit oboroti
boshlang‘ich qoldiq va debet summasidan kichik bo‘lganda. Unda matematik model quyidagicha
bo‘ladi:
S'
dt
+DO
to
-KO
to
=S''
dt, (6)
Agar kredit oboroti boshlang‘ich debet qoldiq va debet oboroti summasidan katta bo‘lsa, u
holda qoldiq kreditda qoladi;