|
Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc Pdf ko'rish
|
bet | 13/67 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 308,52 Kb. | | #106877 |
Bog'liq Alkimyogar (Paulo KOELO) @worldof bookswww.ziyouz.com kutubxonasi
13
ostiga yumalab keldi, biroq tilla izlovchi, besh yildan beri besamar ter to‘kayotganidan
g‘azabga minib, oyog‘i bilan toshni tepib yubordi. Biroq shunday kuch bilan tepdiki, tosh
boshqa bir toshga urilgancha yorilib, dunyoda tengsiz go‘zal zumrad quyosh nurida
yaraqlab ketdi.
— Odamlarga o‘z hayotlarining mohiyati juda erta ayon bo‘lib qolganday tuyuladi, —
dedi qariya va Santyago uning ko‘zlaridagi g‘amni ilg‘adi. — Ehtimol, shuning uchun
ham ular bundan juda erta voz kechishar. Nachora, dunyo shunday qurilgan.
Shu payt bo‘zbola gurung xazina haqidagi gapdan boshlanganini esladi.
— Ma’danni soy va daryolar yuzaga olib chiqadi, ayni soy va daryolar ularni yer qa’riga
bekitadi, — dedi qariya. — Agar o‘zingning xazinang haqida batafsil bilging kelsa —
suruvingdagi qo‘ylarning har o‘ntasidan birini menga ber.
— Balki topsam, o‘sha xazinaning o‘ndan birini berganim tuzukdir?
— Qo‘lingda yo‘q narsani va’da qilish, uni qo‘lga kiritishga jahd etish demak, — dedi
qariya ginali ohangda.
Shunda Santyago suruvining o‘ndan birini lo‘li kampirga allaqachon va’da qilganini aytdi.
— Lo‘lilar haqini undirishni biladi, — xo‘rsindi qariya. — Nima bo‘lganda ham bilib
qo‘yganing tuzuk, dunyoda har bir narsaning o‘z bahosi bor. Nur Askarlari ayni shunga
o‘rgatishga intilishadi. — U Santyagoga kitobni uzatdi. — Ertaga shu vaqtda sen
suruvingning o‘ndan birini qoshimga haydab kelasan. Shunda men xazinani qanday
topishni aytaman.
Va shunday deb, u muyulishda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Santyago yana kitobni qo‘liga oldi, biroq mutolaga kirisholmadi — diqqatini bir joyga
yig‘ishga qurbi yetmasdi. Qariya bilan muloqotdan hayajonlagandi, chunki uning ko‘ngli
sezdi: qariya haqiqatni gapirdi-da. Bo‘zbola chakana savdo qutisi yoniga bordi va bir
qog‘oz xaltacha makkabodroq sotib oldi, sotuvchiga qariyaning u haqdagi gapini
aytsammikan, deb o‘yladi, keyin shart emas, degan qarorga keldi.
“Ba’zida hammasini o‘z holicha qoldirgani ma’qul” — deb o‘yladi u. Aytsang, sotuvchi,
g‘ildirakli qizil qutisiga o‘rganib qolganiga qaramay, uch kunlab o‘ylanib yuradi, bu
ishning bahridan o‘tsammikan, deb. “Uni bunday azobdan xolos etganim bo‘lsin”.
Shunday o‘y bilan Santyago ko‘cha bo‘ylab, boshi oqqan tomonga qarab ketdi, oxiri
bandargohga kelib qoldi, chog‘roqqina uychaning yonidan chiqdi. Uychada Afrikaga
boradigan kemalarga patta sotishardi. Darvoqe, Misr aynan Afrikada.
— Sizga nima kerak? — so‘radi pattafurush.
— Ehtimol, ertaga sizdan patta xarid qilarman, — javob qildi Santyago va nari yurdi.
Bittagina qo‘yni sotsang bas, qarabsanki, Afrikadasan. Bu fikr uning ko‘ngliga g‘ulg‘ula
soldi. Pattafurush esa yoramchisiga gap qotdi:
— Yana bitta xayolparast. Sayohat qilgilari kelibdi, kissasida hemiri yo‘q.
Santyago pattaxona tokchasi oldida turarkan, qo‘ylari yodiga tushdi va tuyqusdan
ularning yoniga tezroq borgisi kelib qoldi. Ikki yilda cho‘polik san’atini egalladi va
chorvani miridan-sirigacha — qo‘y qirqishni-yu qo‘zilatishni, suruvni bo‘rilardan asrashni
bilib oldi. Andalusiyaning yaylovlari endi unga besh barmog‘iday tanish, otaridagi
xohlagan qo‘yining narxini aniq baholay biladi.
U o‘zini kutayotgan suruv qamalgan qo‘tonga eng uzoq yo‘ldan jo‘nadi. Bu shaharning
ham o‘z qal’asi bor edi, bo‘zbola qiyalikdan ko‘tarilib, qal’a devoriga chiqib o‘tirishga
qaror qildi. U joydan Afrika ko‘rinardi. Bir paytlar kimdir unga qadim zamonda Afrikadan
mavrlar suzib kelishib, sal bo‘lmasa Ispaniyani butunlay mahv etashganini uqtirgandi.
Santyago mavrlarga toqat qilolmasdi: bu yerga lo‘larni shular olib kelgan bo‘lishi kerak.
Devordan butun shahar, haligina u qariya bilan gurunglashib turgan bozor maydoni
Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo
|
| |