Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/67
Sana28.11.2023
Hajmi308,52 Kb.
#106877
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67
Bog'liq
Alkimyogar (Paulo KOELO) @worldof books

www.ziyouz.com kutubxonasi 
9
ta’birini aytaman.
Qasam ichishiga to‘g‘ri keldi. Biroq kampir Muqaddas Masih yuragi tasviriga qarab 
qasamni takrorlashini talab qildi. 
— Bu tush Umum Tilida, — dedi kampir. — Men uni ta’birlashga harakat qilaman, garchi 
bu juda qiyin bo‘lsa-da. Ana shu mehnatim uchun men sendan xazinaning o‘ndan birini 
so‘rayapman. Eshit: sen Misrga borishing va o‘zigning ehromingni topishing kerak. Men 
o‘zim bu narsani eshitmaganman, biroq go‘dak senga ularni ko‘rsatibdimi, demak, 
haqiqatan bu bor narsalar. Ana endi jo‘na — u yoqda sen o‘zingning xazinangni topasan, 
boyib ketasan. 
Santyago avvaliga hayron qoldi, keyin afsuslandi. Shu bo‘lmag‘ur gap uchun kampirni 
qidirib o‘tirish shartmidi. Yaxshiyam, undan pul olmadi. 
— Seni deb vaqtim bekor ketdi, — dedi u. 
— Men ogohlantirdim: sening tushingni ta’birlash qiyin. G‘aroyib ko‘ringan narsa, sirtdan 
oddiyday tuyulsa-da, biroq uning mag‘zini chaqishga faqat donolar qodir. Men dono 
bo‘lmaganim uchun ham boshqa hunarni, masalan, kaftga qarab fol ochishni o‘rgandim. 
— Qanday qilsam Misrga bora olaman? 
— Bu mening bosh og‘rig‘im emas. Men faqat tushni ta’birlay olaman, uni chinga 
aylantirish mening ishimmas. Aks holda shunday qashshoq yasharmidim, tuqqan 
qizlarimdan sadaqa so‘rab. 
— Agar Misrga bora olmasam-chi?
— Borolmasang — ko‘rgan folim uchun sen beradigan haqdan quruq qolaman. Bu 
birinchi marta bo‘layotgani yo‘q. Endi jo‘na, sen bilan gaplashadigan gap qolmadi. 
Santyago lo‘li kampirnikidan butkul hafsalasi pir bo‘lib chiqdi va minbad tushlarga 
ishonmaslikka qaror qildi. Shu payt, ishlarga kirishish kerakligi xayoliga keldi: do‘konga 
yo‘l oldi, yegani ul-bul xarid qildi, kitobini qalinrog‘iga almashtirdi, yangi vinoni tatib 
ko‘rmoqchi bo‘lib, maydondagi o‘rindiqqa o‘tirdi. Kun juda issiq edi, vino sehrli tarzda 
bo‘zbolaning hovurini bosdi. 
U qo‘ylarini shahar chetida, yaqinda tanishgan do‘stining molxonasi yonida qoldirdi. 
Viloyatning hamma joyida Santyagoning jo‘ralari bor edi — shuning uchun ham u yurt 
kezib yurishni yaxshi ko‘rardi. El oralasang yangi do‘st orttirasan — u bilan har kuni 
ko‘rishib turish hecham shart emas. Atrofingda doim bir xil odamlar bo‘lsa — xuddi diniy 
maktabda o‘qib yurgan paytdagiday — o‘z-o‘zidan ular sening hayotingga aralasha 
boshlaydi. Hayotingga aralashib turib, biroz vaqt o‘tgach, uni o‘zgartirgilari kelib qoladi. 
Agar sen ular xohlaganday bo‘la olmasang — arazlashadi. Har kim o‘zicha bu dunyoda 
aynan qanday yashash kerakligini aniq biladi. 
Biroq hech kim o‘zining shaxsiy hayotini negadir yo‘lga sola olmaydi. Bu xuddi lo‘li 
kampirning amaliga o‘xshaydi, u tushlarni ta’birlaydi, lekin rostga aylantirishga qurbi 
yetmaydi.
Santyago quyoshning botishini kutishga qaror qildi, shundan so‘ng qo‘ylarni yaylovga 
haydasa bo‘ladi. Movutchining qizi bilan uchrashishga hali uch kun bor. Hozir esa shu 
yerlik ruhoniydan almashtirib olgan kitobni o‘qishga kirishdi. Kitob qalin edi, birinchi 
betida kimningdir dafn marosimi tasvirlangan va boz ustiga qahramonlarning ismlari 
shunaqa g‘alatiki, ovoz chiqarib aytsang tiling qoqilib ketadi. “Agar bir kun kelib men 
kitob yozadigan bo‘lsam, — o‘yladi bo‘zbola, — kitobimning har bir betida yangi 
qahramon bo‘ladi, kitobxonlar kimning ismi qanaqaligini eslab ovora bo‘lib o‘tirmaydi”. 
U endi kitobni ochib, marhumni qorga qanday ko‘mishgani tasvirini berilib o‘qiyotganida 
(tepadan quyosh ayovsiz kuydirib turganiga qaramay, Santyagoning eti junjikdi), bir 
qariya kelib, uning yoniga cho‘kdi va uni gapga tortdi. 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Download 308,52 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc

Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish