Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/67
Sana28.11.2023
Hajmi308,52 Kb.
#106877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Alkimyogar (Paulo KOELO) @worldof books

www.ziyouz.com kutubxonasi 
6
Kun yorishib ketdi, Santyago otarini quyosh ko‘tarilib kelayotgan tarafga haydadi. 
“Qo‘ylarga oson, — o‘yladi u, — hech qanday tashvishi yo‘q. Ehtimol, shuning uchun 
ularning mendan ajralgisi kelmas”. 
Aslida ularga hech narsaning keragi yo‘q — suv bo‘lsa, tuyoqlari tagida o‘t-o‘lan bo‘lsa 
bas. Santyago Andalusiyaning qaerlarida sero‘t yaylovlar borligini bilsa bo‘lgani, qo‘ylar 
unga sodiq hamroh bo‘lib, ergashib yuraveradi. Mayliga, kunlari bir zaylda o‘taversin, 
ular tirikligida birorta ham kitob o‘qimasa o‘qimas, odamlarning shaharlarda, 
qishloqlarda bir-birlariga yangiliklarni yetkazadigan tilini ular tushunmasa ham mayliga 
— baribir ular o‘zlaricha baxtli, suv va yemishga zoriqmasa bo‘lgani. Bular evaziga 
qo‘ylar saxiylik bilan o‘z junini, naslini va vaqt-vaqti bilan go‘shtini odamlarga beradi. 
“Agar bugun men yirtqich hayvonga aylanib, ularga bir boshdan qiron solsam, otarning 
yarmidan ko‘pini nobud qilganimdan keyingina ular nima bo‘layotganini tushunib yetadi, 
— o‘yladi Santyago. — Ular menga o‘z instinktlaridan ko‘ra ortiqroq ishonadi, chunki 
faqat men ularni qorin to‘yg‘azadigan joyga olib boraman”.
U bugun miyasiga kelayotgan g‘alati o‘ylardan hayron. Ehtimol, qarg‘ish tekkan, naqd 
mehrobidan tutanjir o‘sib chiqqan xaroba cherkovda tunab qolgani uchun shunday 
bo‘layotgandir? Uyqusida oldin ko‘rgan bir tushni qayta ko‘rdi, mana, endi sodiq 
hamrohlariga tish qayrayapti. U kechki ovqatdan qolgan vinodan bir qultum yutdi va 
kamzuliga yaxshilab burkanib oldi. Yana bir necha soatdan keyin quyosh chosh tepaga 
keladi, jazirama avjiga minib, suruvni yaydoq dalada haydashning iloji bo‘lmay qoladi. 
Bu pallada butun Ispaniya mudraydi. Kechga boribgina havoning hovuri biroz tushadi, 
shungacha kun bo‘yi yelkasida og‘ir kamzulni ko‘tarib yurishi kerak. Boshqa iloji ham 
yo‘q-da: sahargi salqindan ayni shu kamzul jonni asraydi. 
“Ob-havoning injiqliklariga shay turgan ma’qul”, — o‘yladi Santyago kamzuliga 
tashakkur bildirib, uning og‘ir va issiqligidan mamnun bo‘lib. Aslida ham, kamzulning o‘z 
vazifasi bo‘lganiday, Santyagoning ham o‘z qismati bor. Uning peshonasiga yozilgani — 
dashtu dala kezish. Ikki yil mobaynida u Andalusiyaning yassi tog‘lariyu yaydoq 
dalalarini izg‘ib, qancha shahar va qishloqlarni ko‘rdi. Santyago movutchining qiziga, o‘zi 
oddiy cho‘pon esa-da, qanday qilib savodxon bo‘lib olganini tushuntirishga chog‘landi. 
Gap shunda ediki, u o‘n olti yoshga to‘lguncha diniy maktabda o‘qidi. Ota-onasi uning 
ruhoniy bo‘lishini — oddiy qishloq oilasining faxriga aylanishini orzu qilishardi. Ularning 
tirikchiligi qiyin kechar, tinim bilmay qilgan mehnatlari, xuddi qo‘ylar singari, qorin 
to‘yg‘azishdan boshqaga ortmasdi. 
Santyago diniy maktabda lotinchani, ispancha va dinshunoslikni o‘rgandi. Biroq 
go‘dakligidayoq unda dunyoni ko‘rishga ishtiyoq kuchli edi, bu tuyg‘u Tangrini anglash 
yoki insoniyat gunohlarini miridan-sirigacha bilib olishdan ustun keldi. Va bir kuni ota-
onasini ko‘rgani kelganida, u yurak yutib, men ruhoniy bo‘lishni xohlamayman, dedi. U 
yurt kezishni xohlardi. 
— O‘g‘lim, — dedi bu gapiga javoban otasi, — bizning qishlog‘imizga kimlar kelib 
ketmadi. Butun dunyodan odamlar bu yerga biror-bir yangilik toparmikanman, deb 
kelishadi, biroq qanday kelishsa shunday qaytib ketishadi. Ular toqqa chiqishadi, ko‘hna 
qasrni ko‘raman deb va o‘tmishning hozirgi zamondan afzal bo‘lganiga guvoh bo‘lishadi. 
Ularning, ehtimol, soch-lari oqdir yoki qora tanlidir ular, biroq bizning hamqishloqlardan 
hech bir ortiq joyi yo‘q. 
— Biroq men bilmayman-ku, u yoqlarda, ular tug‘ilgan o‘lkalarda qanaqa qasrlar 
borligini, — e’tiroz bildirdi Santyago.
— Bu odamlar bizning yerimizni, bizning ayollarimizni ko‘rishganda, bu yerda umrbod 
qolgimiz keladi, deb gapirishadi, — davom etdi ota. 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Download 308,52 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc

Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish