• BIRINCHI QISM
  • Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc




    Download 308,52 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/67
    Sana28.11.2023
    Hajmi308,52 Kb.
    #106877
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
    Bog'liq
    Alkimyogar (Paulo KOELO) @worldof books

    MUQADDIMA 
    Alkimyogar kitobni qo‘liga oldi, uni sayyohlardan kimdir olib kelgan edi. Kitob muqovasiz 
    edi, biroq u muallifning ism-sharifini topdi — Oskar Uayld — va uni varaqlab, tuyqusdan 
    nigohi Nargis haqidagi rivoyatga tushdi. 
    Kun-uzzun anhor bo‘yida o‘z aksiga mahliyo bo‘lib o‘tiradigan sohibjamol bo‘zbola 
    haqidagi rivoyat Alkimyogarga ma’lum edi: Nargis shu qadar mahliyo bo‘lib anhorga 
    termilib qolgan ediki, oxir-oqibat suvga qulab, cho‘kib ketdi, qirg‘oqdan esa gul unib 


    Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 
    www.ziyouz.com kutubxonasi 
    4
    chiqdi, gulni uning nomi bilan atashdi. 
    Biroq Oskar Uayld bu rivoyatni boshqacha hikoya qilgan. 
    “Nargis halok bo‘lgach, o‘rmon nimfalari — driadalar sezdilarki, anhorning chuchuk suvi 
    ko‘z yoshdan sho‘rlanibdi. 
    — Sen nega yig‘layapsan? — so‘rashdi driadalar. 
    Men Nargisga aza tutayapman, — javob qildi anhor. 
    — Buning ajablanadigan joyi yo‘q, — deyishdi driadalar. — Oqibat shu ekan, axir, u 
    o‘rmondan o‘tganda biz doimo ortidan yugurar edik, yolg‘iz sensan — uning husnu 
    jamolini yaqindan ko‘rgan. 
    — U sohibjamolmidi? — so‘radi shunda anhor. 
    — Ha, bu haqda sendan o‘zga kim ham bir so‘z ayta olardi? — ajablanishdi o‘rmon 
    nimfalari: — Sening qirg‘og‘ingda o‘tirib, sening suvlaringga termilib, azondan shom 
    qorong‘usigacha vaqt o‘tkazgan emasmidi u? 
    Anhor uzoq sukut saqladi va nihoyat javob qildi: 
    — Men Nargisga aza tutayapman, biroq hech qachon uning go‘zal ekanini 
    payqamabman. Ko‘z yoshlarimni oqizayotganim boisi, har safar u qirg‘og‘imga kelib, 
    egilib suvlarimga termilib o‘tirganida, ko‘zlarining tubida mening go‘zalligim yuz 
    ko‘rsatardi”. 
    “Naqadar g‘aroyib rivoyat”, — o‘yladi Alkimyogar. 
    BIRINCHI QISM 
    Bo‘zbolaning ismi Santyago. U qo‘ylarini tashlandiq holga kelgan yarim vayrona 
    cherkovga haydab kirayotganda qosh qoraya boshlagandi. Cherkov gumbazi 
    allaqachonlar o‘pirilgan va xaroba holga kelgan, bir paytlar mehrob bo‘lgan joydan 
    kattakon tutanjir o‘sib chiqqan. 
    Shu yerda tunashga qaror qildi Santyago, chirib sinib yotgan eshikdan qo‘ylarini 
    ichkariga haydab kiritdi-da, bo‘lak-so‘lak taxtalar bilan suruv chiqib ketolmaydigan qilib 
    eshikni tambaladi. Okrugda bo‘rilar yo‘q edi, biroq ba’zan qo‘ylar uloqib ketib qolar
    biror-bir daydi qo‘yni qidirib kun-uzzun ovora bo‘lishga to‘g‘ri kelardi. 
    Santyago kamzulini yerga to‘shadi, boshi tagiga yaqinda o‘qib tugatgan kitobni qo‘ydi va 
    cho‘zildi. Uyquga ketishdan oldin: qalinroq kitob olib chiqqanim tuzuk ekan — ancha 
    vaqt o‘qirdim, yostiq uchun ham qulay bo‘lardi, deb o‘yladi. U uyg‘onganda hali 
    qorong‘u, tepasida tun choyshabining yirtiqlaridan yulduzlar charaqlab turardi. 
    “Yana ozgina uxlasam”, o‘yladi Santyago. 
    Uyqusida yana o‘sha – o‘tgan hafta ko‘rgan tushi jonlandi va tushni tag‘in oxirigacha 
    ko‘rishga ulgurmadi. 
    U boshini ko‘tardi, vinodan bir qultum ichdi. Tayog‘ini qo‘liga oldi va mudrab yotgan 
    qo‘ylarni turtkilay boshladi. Biroq suruvning katta bir to‘dasi u ko‘zini ochgan damdayoq 
    qo‘zg‘algan, go‘yo u bilan qo‘ylar orasida allaqanday sirli aloqa borday, u suruv bilan, 
    mana, ikki yildan beri suv va ozuqa qidirib, bir joydan boshqa joyga sang‘iydi. “Menga 
    shu qadar o‘rganib qolishdiki, hamma odatimni o‘zlashtirib oldi bular, — ming‘illadi u. — 
    Mening hatto kundalik rejamdan ham boxabar”. 
    U yana shu haqda biroz mulohaza qilib, ehtimol, buning aksidir — men ularning 
    odatlarini o‘zlashtirib, suruvning tartibiga tushib olgandirman, degan xulosaga keldi. 
    Biroq boshqa bir to‘da qo‘y Santyagoning tayoq uchi bilan birma-bir nomini aytib 
    turtkilaganiga qaramay, qo‘zg‘alishga shoshilmasdi. Umuman, uning ishonchi komil edi 
    — qo‘ylar Santyago aytgan gaplarni yaxshi tushunardi, shuning uchun ba’zan u 
    kitobchalarning o‘ziga yoqqan joylarini qo‘ylarga eshittirib o‘qir yoki suruvni haydab 


    Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

    Download 308,52 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




    Download 308,52 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc

    Download 308,52 Kb.
    Pdf ko'rish