|
Microsoft Word alkimyogar ziyouz com docBog'liq Alkimyogar (Paulo KOELO) @worldof bookswww.ziyouz.com kutubxonasi
8
ovozda duo o‘qidi.
Aftidan, bu lo‘lilar o‘qiydigan duo edi. Cho‘pon bolaga lo‘lilar tez-tez uchrab turardi —
ular ham, garchi qo‘y boqishmasa-da, dunyo kezib yurishadi. Odamlar ularni yolg‘on-
yashiq aytib kun kechiradi, gunohga botib yashaydi, bolalarni o‘g‘irlab ketadi va bu
bolalar keyinchalik ularning asiriga aylanib qoladi, deyishadi. Santyago go‘dakligida
lo‘lilar o‘g‘irlab ketishidan o‘lguday qo‘rqardi, hozir lo‘li kampir qo‘llaridan ushlaganda
vujudida o‘sha qo‘rquv uyg‘ondi.
“Axir, bu yerda Muqaddas Masih yuragi bor-ku”, — o‘yladi u xotirjam bo‘lishga va
titrog‘ini bosishga urinib. Lo‘li kampir buni sezib qolishini xohlamasdi. Sodiqligini
ta’kidlamoqchi bo‘lib ichida duo o‘qidi.
— Juda qiziq, — kaftidagi chiziqlardan ko‘zini uzmay
ming‘irladi kampir va yana sukut saqlab turdi.
Bo‘zbola battar bezovtalandi. Titroq endi qo‘llariga ko‘chdi va u qo‘llarini shoshib tortib
oldi.
— Men sening oldingga qo‘llarimga qarab fol och deb kelganim yo‘q, — dedi u lo‘lining
uyiga qadam bosganiga afsuslanib: yaxshisi, haqini to‘lab, tezroq juftakni
rostlasammikan. Shuyam gap bo‘ldimi, allaqanday tushni ikki marta ko‘rgan bo‘lsa
ko‘ribdi-da.
— Bilaman. Sen ko‘rgan tushingning ta’birini aytib berishimni so‘rayapsan, — dedi lo‘li.
— Tushlar — bu Tangri biz bilan gaplashadigan til. Modomiki, bu dunyodagi bor tillardan
biri ekan, bu tildan men tarjima qila olaman. Biroq Tangri senga qalbing tilida murojaat
qilgan ekan, uning aytganlari faqat yolg‘iz sengagina tushunarli bo‘ladi. Shunisi ham
borki, sen maslahat olish uchun kelgan ekansan, men sendan baribir pul olaman.
“Aftidan, ilindim”, — o‘yladi Santyago, biroq chekinishning endi iloji yo‘q. Jur’at cho‘pon
uchun — odatdagi hol: birida suruvga bo‘ri oralaydi, birida qurg‘oqchilik ro‘y beradi.
Jur’at uning hayotini qiziqarli qiladi.
— Men bir tushni ikki marta ko‘rdim, — dedi u. — Tushimda yaylovda qo‘ylarimni boqib
yuribman, shu payt go‘dak paydo bo‘ldi, u qo‘ylar bilan o‘ynagisi keldi. Birovning
qo‘ylarimga yaqinlashishini yomon ko‘raman, ular begonadan hurkadi. Faqat bolalarni
qo‘rqmay yaqiniga yo‘latadi, nega undayligini bilmayman. Qo‘ylar bolalarning yoshini
qanday payqashini tushunmayman.
— Ko‘rgan tushingni ayt, — kampir uning so‘zini bo‘ldi, — ana, qozonim olovda turibdi.
Sening puling ko‘p emas, mening vaqtim qimmat turadi.
— Bola hadeb qo‘ylar bilan o‘ynadi, — Santyago biroz iymanib davom etdi, — keyin
tuyqusdan meni qo‘lida ko‘tardi-da, Misr ehromlariga eltib qo‘ydi.
U biroz sekinlab, bu lo‘li kampir ehrom nimaligini bilarmikan, degan shubhaga bordi.
— Misr ehromlariga eltdi, — takrorladi u ohista va dona-dona qilib, — u yerda menga:
“Agar yana bu yerga kelib qolsang, bekitilgan xazinani izlab topasan”, dedi. Va endi
menga xazina qaerda yotganini uqtirmoqchi bo‘lganida uyg‘onib ketdim. Ikkinchi marta
ham bu tush xuddi shunday — hech o‘zgarishsiz qaytarildi.
Lo‘li kampir uzoq jim qoldi, keyin yana Santyagoning qo‘llaridan ushladi va kaftiga
sinchiklab diqqat bilan qaradi.
— Hozircha men sendan haq olmayman, — dedi kampir nihoyat. — Biroq agar xazinani
topsang, o‘ndan biri meniki.
Bo‘zbola sevinganidan kulib yubordi, tushiga kirgan xazina uning folbinga beradigan
arzimas chaqalarini asrab qoldi. Bu kampir chindan ham lo‘li: lo‘lilarning bir qaynovi
ichida, deyishadi.
— Bo‘laqol, tushimning ta’birini ayt, — so‘radi u.
— Oldin qasam ich. Xazinaning o‘ndan birini menga beraman, deb qasam ich, keyin
Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo
|
| |