Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/67
Sana28.11.2023
Hajmi308,52 Kb.
#106877
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   67
Bog'liq
Alkimyogar (Paulo KOELO) @worldof books

www.ziyouz.com kutubxonasi 
48
yordamim zarurligini aytdi. 
— Yo‘q, bu men emas, balki boshqa yo‘lovchi — angliyalik. Seni izlagan o‘sha. 
— Meni topgunicha u ko‘p kishilar bilan uchrashishi lozim. Biroq u to‘g‘ri yo‘ldan 
borayapti. U faqat kitoblarga qarayotgani yo‘q. 
— Men-chi? 
— Agar sen biror narsani istasang, butun Olam istaging ro‘yobga chiqishiga xayrixohlik 
qiladi, — Alkimyogar keksa Malkisidqning so‘zlarini takror aytdi va bo‘zbola O‘z Taqdiri 
yo‘lidan borishga ko‘maklashadigan yana bir odamni uchratganini angladi.
— Sen menga ta’lim berasanmi? — so‘radi u. 
— Yo‘q. Sen zarur narsalarni bilasan. Men faqat seni xazinang tomon yo‘llayman, xolos. 
— Biroq sahroda jang ketayapti, — takrorladi Santyago. 
— Sahro menga tanish. 
— Men xazinamni topganman. Menda tuya va pul bor, ularni billur savdosi bilan 
shug‘ullanib, ishlab topganman, yana elliktacha tilla tangam bor. Endi yurtimda men boy 
hisoblanaman. 
— Biroq bular seni ehromlarga bir odim ham yaqinlashtira olmaydi, — eslatdi 
Alkimyogar. 
— Mening Fotimam bor. Bu xazina qolgan hamma boylikdan ustun. 
— Undan ehromgacha bo‘lgan yo‘l ham uzoq. 
Ular jim qolishdi va ovqat yeyishga kirishishdi. Alkimyogar shisha idishning tiqinini 
ochib, Santyagoning stakaniga allaqanday qizil suyuqlik quydi. Bu vino ekan, bo‘zbola 
umrida hali bunaqasini tatib ko‘rmagandi. Biroq Qonun vino ichishni ta’qiqlaydi. 
— Odamning og‘zidan kirgani emas, balki og‘zidan chiqqani yomon, — dedi Alkimyogar. 
Vino ichib Santyago yayradi. Biroq Alkimyogar hanuz uni sergaklantiradigan gaplarni 
aytardi. Ular chodirning eshigi oldida yonma-yon o‘tirishib, to‘lin oy yog‘dusida 
yulduzlarning xira tortib borayotganini kuzatishardi.
— Ich yana — bu seni chalg‘itadi, — dedi Alkimyogar, vinoning bo‘zbolaga ta’sir qilganini 
payqab. — Kuchingni yig‘, jang oldidagi jangchiday. Biroq unutma, sening yuraging u 
yoqda, xazina yotgan joyda. Uni topish kerak, bu yo‘lda nimaniki tushunib yetsang, his 
etsang, barchasi mazmun-mohiyat kasb etadi. Ertaga tuyangni pulla va ot sotib ol. 
Tuyalarning fe’li bemaza: charchoq nimaligini bilmay lo‘killagani-lo‘killagan. Keyin 
tuyqusdan tappa yotib o‘lib qoladi. Ot esa sekin-asta toliqadi. Yo‘rg‘alashiga qarab yana 
qancha yurishini va qachon yiqilishini bilsa bo‘ladi. 
Oradan bir kun o‘tib, kech kirganda Santyago, otni yuganidan yetaklab, Alkimyogarning 
chodiriga keldi. Shu orada Alkimyogar ham chiqib keldi, otiga mindi, qirg‘iy esa uning 
chap kiftidan joyini egalladi. 
— Menga sahroda tiriklik alomatini ko‘rsat, — dedi u. — Bu yerda tiriklik alomatini topa 
olgan kishigina xazinani qo‘lga kiritadi. 
Ular oydinda qum tepalar oralab yo‘lga tushishdi. “Buni uddalashim qiyin, — o‘yladi 
Santyago. — Men sahroni bilmasam, undagi tiriklik alomatini topolmayman”. 
U Alkimyogarga qarab bu haqda gapirmoqchi bo‘ldi, biroq cho‘chidi. Ular bo‘zbola 
qirg‘iylar parvozini kuzatgan toshlar yoniga kelishdi. 
— Uddalay olmayman deb qo‘rqaman, — dedi Santyago baribir ichidagini yashirib 
o‘tirmay. — Sahroda tiriklik alomati borligiga ishonchim komil, biroq uni men topa 
olmayman. 
— Tiriklik yashashga chorlaydi, — dedi unga javoban Alkimyogar. 
Bo‘zbola uni tushundi, yuganni bo‘shatdi va ot qum, tosh oralab o‘ziga yo‘l topib yura 
boshladi. Alkimyogar otning izidan yurib kelardi. Shu zayl yarim soat o‘tdi. Xurmozorlar 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Download 308,52 Kb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   67




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc

Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish