|
Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc Pdf ko'rish
|
bet | 51/67 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 308,52 Kb. | | #106877 |
Bog'liq Alkimyogar (Paulo KOELO) @worldof bookswww.ziyouz.com kutubxonasi
51
— Men qaytaman, — takrorladi Santyago.
— Avvallari men sahroga orzumand bo‘lib qarardim, endi esa umid bilan termulaman.
Mening otam ham bir necha bor sahroga ketgan, biroq har safar onamning yonlariga
qaytgan.
Boshqa biror-bir so‘z aytilmadi. Ular yana xurmozor tagida biroz yurishdi, so‘ng
Santyago Fotimani chodirgacha kuzatib qo‘ydi.
— Men qaytaman, otang qaytib kelganiday.
U qizning ko‘zlarida yosh yiltiraganini ko‘rdi.
— Yig‘layapsanmi?
— Men sahro ayoliman, — dedi Fotima, yuzini yashirib. — Biroq avvalambor men —
oddiy ayolman.
Qiz chodir ichiga g‘oyib bo‘ldi. Tong oqarib kelardi. Odatdagi kun boshlangach, Fotima
necha yillardan beri shug‘ullanib kelayotgan ishi bilan mashg‘ul bo‘ladi, biroq endi
hammasi boshqacha kechadi. Voha endi qizning nazdida burungi qimmatini bir qadar
yo‘qotadi, chunki vohada Santyago yo‘q. Avval boshqacha edi — yaqinginada bu joy ellik
ming tup xurmo daraxti gurkirab turgan, uch yuzta quduqli, sahro kezib chanqagan
yo‘lovchilar oroyish topadigan maskan edi. Endi qizning nazarida voha bo‘shab, huvillab
qoldi.
Bugundan boshlab sahroning qadri ortadi. Fotima endi sahroga umid ko‘zi bilan
termiladi, xazinalarini qidirib ketgan Santyagoning qaysi yulduzni mo‘ljalga olib yo‘l
bosayotganini topishga urinadi. Shamol orqali o‘zining qaynoq o‘pichlarini yo‘llab, ular
Santyagoning yuziga tegishiga umidlanadi va pichirlab o‘zining sog‘-salomat ekanini, uni
kutayotganini aytadi. Bugundan boshlab sahro Fotima uchun umid makoniga aylanadi: u
yoqdan Santyago yoniga qaytadi.
— Ortda qolganlar haqida o‘ylama, — dedi Alkimyogar, ular qum tepalar oralab yo‘lga
tushishganda. —Hammasi allaqachon Olam Qalbida qayd etildi va shu joyda mangu
saqlanadi.
— Odamlar ketishdan ko‘ra qaytish haqida ko‘proq o‘ylashadi, — dedi Santyago,
sahroning sukunatiga tag‘in ko‘nika boshlarkan.
— Agar sen topgan topildiq pishiq narsadan yasalgan bo‘lsa, unga hech qanday insu jins
daxl qilolmaydi. Va sen bemalol qaytishing mumkin. Agar bu narsa, xuddi yulduz bir yilt
etib uchgani kabi, nari-beri yasalgan bo‘lsa, qaytgan chog‘ingda ham hech nimaga ega
chiqolmaysan. Biroq sen, harqalay, yilt etgan nurni ko‘rgan bo‘lasan. Demak, bu
boshdan kechirishga arzirli hol.
U alkimyo haqida gapirayotganga o‘xshardi, Santyagoga esa u Fotimani nazarda tutib
gapirayotganday tuyuldi.
Ortda qolganlar haqida o‘ylamaslik mushkul edi. Sahroning yakrang ko‘rinishi eslashga,
orzu qilishga majbur etardi. Santyagoning ko‘z o‘ngidan xurmozor, quduqlar va
suyganining chehrasi ketmasdi. U angliyalikni shisha idishlari, asbob-anjomlari bilan
uchratdi, Tuyakashni — o‘zining aql-idrokini peshlamaydigan chinakam donishmandni
uchratdi. “Balki Alkimyogar hech qachon hech kimni sevmagandir”, — o‘yladi u.
Alkimyogar sal oldda yo‘rtib borayotir, uning kiftida qirg‘iy o‘tiribdi — qush sahro tilidan
to‘la voqif — ular to‘xtashgan chog‘da o‘lja izlab havoga ko‘tariladi. Birinchi kuni u
changalida quyon bilan qaytdi. Ikkinchi kun — bir juft qush bilan.
Tunda ular ko‘rpani yoyishdi. Sahro tuni etni junjiktiradigan salqinligiga va oy botishi
bilan qorong‘ulik quyuqlashganiga qaramay gulxan yoqishmadi. Safarning birinchi
haftasida yo‘ldoshlar, gurunglashgan bo‘lishsa-da, faqat jang qilayotgan qabilalarni
chetlab o‘tish haqida gapirishdi. Urush davom etayotgandi — ba’zan shamol qonning
Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo
|
| |