Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/67
Sana28.11.2023
Hajmi308,52 Kb.
#106877
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   67
Bog'liq
Alkimyogar (Paulo KOELO) @worldof books

www.ziyouz.com kutubxonasi 
53
— Men qanday qilib sahroga uyg‘unlashaman? 
— Yuragingga quloq tut. Unga olamdagi hamma narsa ayon, zotan, yurak Olam Qalbi 
bilan tug‘ishgan va vaqti kelib unga qaytadi. 
Ular churq etishmay yana ikki kun yo‘l yurishdi. Alkimyogar tashvishli ko‘rindi: ular 
shafqatsiz jang borayotgan joyga yaqin kelib qolishgan edi. Bo‘zbola esa hanuz 
yuragining ovozini eshitishga urinardi. 
Uning yuragi esa o‘jar edi: avvallari mudom qayoqlargadir talpinardi, endi qanday 
bo‘lmasin ortga qaytishga undaydi. Gohida yuragi unga soatlab nurga yo‘g‘rilgan 
voqealarni hikoya qilsa, ba’zan ko‘tarilib kelayotgan quyoshdan chunonam hapqirib shod 
bo‘lib ketadiki, Santyago pana joyga o‘tib yig‘lab oladi. Xazinalardan gap ochilganda 
yuragi tez urib ketar, bo‘zbolaning ko‘zlari bepoyon sahro ufqlariga termilganda esa 
tinchib qolardi. 
— Nega biz yurakka quloq tutishimiz kerak? — so‘radi u, dam olish uchun qo‘nishganda. 
— Yurak qaerda bo‘lsa, xazina ham o‘sha joyda. 
— Mening yuragim limmo-lim, — dedi Santyago. — U orzu qiladi, hayajonlanadi, 
sahroda ayollarga talpinadi. Doim nimagadir intiq, Fotima haqida o‘yladim deguncha 
tamom — tun bo‘yi uyqu bermaydi. 
— Shunisi yaxshi-da. Demak, u tirik. Eshitaver. 
Keyingi uch kunda ular jangchilarni uchratishdi, boshqalari uzoqdan ko‘rinish berdi. 
Santyagoning yuragi qo‘rquvdan ogoh etdi. Xazina izlab yo‘lga chiqqan, biroq uni topa 
olmagan odamlar haqida gapirdi. Gohida u bo‘zbolani xazinani topa olmasligi, ehtimol, 
sahroda o‘lib ketishi xayoli bilan qo‘rqitardi. Ba’zan boriga shukr qilishni uqtirardi: uning 
sevgan qizi va bir talay oltin tangasi bo‘lsa, yana nimasi kam. 
— Yuragim xiyonat qilayapti, — dedi u Alkimyogarga, ular otlarning oyog‘ini sovutish 
uchun to‘xtashgandi. — Mening yo‘lni davom ettirishimni xohlamayapti. 
— Bu yaxshilik alomati, — takrorladi u. — Demak, yuraging bir bo‘lak go‘shtga aylanib 
qolmagan. Tabiiyki, erishilgan tajribalarni orzu-xayollar shamoliga sovurishdan yuraging 
tashvishlanayapti. 
— Unday bo‘lsa, quloq solib nima qilaman? 
— Baribir uni tinchlantirish qo‘lingdan kelmaydi. Hatto o‘zingni unga quloq 
tutmayotganday qilib ko‘rsatsang-da, u sening ko‘ksingda urib turaveradi va hayot 
haqida, dunyo haqida o‘ylaganlarini aytaveradi. 
— Va menga xiyonat qilaveradimi? 
— Xiyonat — kutilmaganda berilgan zarba. Agar yuragingni anglay bilsang, u senga 
xiyonat qila olmaydi. Shunda sen uning orzularini, jamiki istaklarini bilasan va uni 
boshqara olasan. Yuragi aytganlaridan hali hech kim qochib qutilmagan. Yaxshisi, uni 
tinglamoq kerak. Shunda kutilmagan zarba ostida qolmaysan. 
Ular sahro bo‘ylab yo‘l yurishni davom ettirishdi va Santyago yuragi ovoziga quloq tutdi. 
Tez orada u yuragining injiqliklarini, hiyla-nayranglarini bilib oldi — uni boricha tushunib 
qabul qila boshladi. Bo‘zbola qo‘rquvga tushishdan qutuldi va ortga qaytish istagidan 
xalos bo‘ldi — endi vaqt o‘tgan, yuragi ham xotirjam edi. 
“Agar gohida men nolinsam, nachora, axir, men odamning yuragiman, bu menga xos 
xususiyat. Hammamiz ham o‘zimizning eng aziz orzu-o‘ylarimizni amalga oshirishga 
cho‘chiymiz, chunki biz o‘zimizni ana shu orzularga noloyiq yoki har qanday holda ham 
baribir ularga erisholmaymiz, deb o‘ylaymiz. Biz, odam yuragi, ma’shuqadan umrbod 
ajralib qolish xayolidan, xushbaxt kechishi lozim bo‘lgan, biroq noxush daqiqalar, 
topilishi mumkin esa-da, qumlar ostida ko‘milganicha qolib ketgan xazinalar haqidagi 
o‘ylardan o‘lguday qo‘rqamiz. Chunki ana shunday hollar ro‘y berganda biz azob 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Download 308,52 Kb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   67




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc

Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish