|
Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc Pdf ko'rish
|
bet | 55/67 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 308,52 Kb. | | #106877 |
Bog'liq Alkimyogar (Paulo KOELO) @worldof bookswww.ziyouz.com kutubxonasi
55
qilishayotganini so‘rashdi.
— Qirg‘iy bilan ov qilayapman, — javob berdi Alkimyogar.
— Biz qurollaring yo‘qligiga ishonch hosil qilmog‘imiz kerak, — dedi uch jangchining
bittasi.
Alkimyogar shoshilmay otdan tushdi. Santyago ham u kabi xotirjam otdan tushdi.
— Nega sen shuncha pulni o‘zing bilan olib yuribsan? — dedi bo‘zbolaning to‘rvasini
titkilayotgan jangchi.
— Bu pullar ehromlarga yetib olish uchun menga kerak.
Alkimyogarni tintuv qilayotgan arab uning yonidan qandaydir suyuqlik solingan kichkina
shisha idish va sarg‘ish, tovuqnikidan sal kattaroq shisha tuxum topdi.
— Bular nima? — so‘radi jangchi.
— Iksir bilan Obi-hayot — alkimyogarlarning Buyuk Ijodi. Kimki Obi-hayotni ichsa,
kasallikka chalinmaydi. Iksirning mayda ushog‘i har qanday metalni oltinga aylantiradi.
Suvorilar o‘zlarini tutolmay, qah-qah urib kulishdi, Alkimyogar ham ularga qo‘shilib
kuldi. Ular Alkimyogarning javobidan huzur qilishdi va hech qanday qarshiliksiz
yo‘lovchilarga yo‘llarida davom etishga ruxsat berishdi.
— Aqldan ozdingmi? — so‘radi Santyago, jangchilardan xiyla uzoqlashgach. — Nega
bunday qilding?
— Nega deysanmi? Senga dunyoda amal qiladigan oddiy qonunni ko‘rsatish uchun, —
dedi Alkimyogar. — Biz hech qachon oldimizda qanaqa xazina borligini tushunmaymiz.
Bilasanmi, nega shunday? Negaki, odamlar umuman xazinaga ishonishmaydi.
Ular yo‘l yurishni davom ettirishdi. Kun sayin Santyagoning yuragi tobora sukut
saqlashga odatlanib borayotgandi: uning na o‘tmish va na kelajak bilan ishi bor edi; u
sahroni tomosha qilish bilan birga bo‘zbola qatori Olam Qalbi chashmasidan bahra
olardi. Ular o‘zaro haqiqiy do‘st bo‘lib olishdi va endi hech qaysi bir-birini sota olmasdi.
Yurak tilga kirgan chog‘dayam, faqat Santyagoning ishonchini mustahkamlash va unga
yangidan kuch-quvvat berish uchun gapirar, zotan, gohida sahro sukunati bo‘zbolani
juda toliqtirib qo‘yardi. Yurak unga birinchi marta uning ajoyib fazilatlari, xususan,
qo‘ylaridan voz kechishga qaror qilganda jur’at ko‘rsatgani va do‘konda ishlab g‘ayrat-
ishtiyoqini namoyon etgani haqida gapirdi.
U yana Santyago hech qachon payqamagan bir jihat: o‘ziga xavf solgan xatarlar haqida
ham gapirdi. Yurak otasidan yashirincha olib chiqqan, qayoqdadir qolib ketgan miltiq
haqida gapirdi, bu qurol bilan u o‘zini yarador qilib yoki otib qo‘yishi hech gap emasdi.
Yana bir safar biyday dalada bo‘zbola o‘zini yomon his etgani, ko‘ngli aynib qusa
boshlagani, keyin esa hushini yo‘qotib yiqilib uxlab qolganini yodiga soldi. Ayni o‘sha
paytda ikki nafar daydi o‘zini o‘ldirib, qo‘ylarini haydab ketish niyatida uni poylagan.
Biroq Santyago ha deganda kelavermagach, ular bo‘zbola suruvini boshqa tarafga
haydab ketgan bo‘lishi kerak, deb jo‘nab qolishgan.
— Yurak har doim ham odamga yordam beradimi? — so‘radi u.
— Har kimga ham emas. Faqat o‘z Taqdiri yo‘lidan borayotganga. Va yana bolalarga,
mastlar va qariyalarga.
— Bu degani, ular xavf-xatardan xoli deganimi?
— Bu — atigi ularning yuraklari bor kuchini safarbar etadi, degani.
Bir safar ular o‘zaro dushman qabilalar jangchilari qo‘nalg‘alari yonidan o‘tishdi. To‘rt
tomonda bejirim oq yaktakdagi qurolli odamlar ko‘zga chalinardi. Ular chilim chekishar
va janglar haqida gurunglashardi. Santyago bilan Alkimyogarga biror kishi zarracha
e’tibor qaratmadi.
— Biz xavfdan xolimiz, — dedi bo‘zbola lashkargohni ortda qoldirishgach.
— Yuragingga ishon, biroq o‘zingning sahroda ekaningni bir zum yodingdan chiqarma!
Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo
|
| |