Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/67
Sana28.11.2023
Hajmi308,52 Kb.
#106877
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   67
Bog'liq
Alkimyogar (Paulo KOELO) @worldof books

www.ziyouz.com kutubxonasi 
52
achqimtil hidini olib kelardi. Uncha uzoq bo‘lmagan joyda jang borardi va shamol 
bo‘zbolaga Belgilar Tili mavjudligini, bu til ko‘z ko‘ra olmaydigan narsalardan xabar 
berishga tayyor ekanini eslatdi. 
Safarning sakkizinchi kuni Alkimyogar, odatdagidan ko‘ra barvaqtroq, dam olish uchun 
qo‘nishga qaror qildi. Qirg‘iy osmonga uchdi. Alkimyogar suv solingan suvdonni 
Santyagoga uzatdi. 
— Sening jahongashtaliging poyoniga yetmoqda, — dedi u. — Qutlayman. Sen O‘z 
Yo‘lingdan chetga chiqmading. 
— Sen esa yo‘l bo‘yi churq etmading. Men bo‘lsam, bilganlaringni o‘rgatarsan, deb 
o‘ylabman. Men sahroni alkimyoga doir kitoblari bor bir odam bilan bosib o‘tgandim. 
Biroq ulardan hech nimani tushunmadim. 
— Anglashning faqat bitta yo‘li bor, — javob qildi Alkimyogar. — Harakat qilmoq. 
Sayohat seni zarur bo‘lgan narsalarning barisiga o‘rgatdi. Faqat bir narsa qoldi bilishing 
kerak bo‘lgan. 
Santyago uning nima ekanini so‘radi, biroq Alkimyogar osmon gumbazidan ko‘zini 
uzmasdi — u o‘zining qirg‘iyini kuzatardi. 
— Nega seni Alkimyogar deyishadi? 
— Chunki men Alkimyogarman-da. 
— Boshqa alkimyogarlarning — oltinni qidirib topisholmaganlarning xatosi nimada?
— Xatosi shundaki, ular faqat oltinni qidirishgan. Ular yo‘lda bekitilgan xazinalarni izlash 
bilan ovora bo‘lib, yo‘ldan chetga chiqib ketishgan. 
— Xo‘sh, mening kamchiligim nimada? — savolini takrorladi bo‘zbola. 
Alkimyogar hanuz osmonga qarab turardi. Tez orada qirg‘iy o‘lja bilan qaytdi. Ular 
qumloqda o‘choq qazib, chetdan qaraganda ko‘zga chalinmaydigan gulxan yoqishdi. 
— Men Alkimyogarman, chunki alkimyogarlik qilaman, — dedi u. — Bu ilmning sirlari 
bobomdan o‘tgan, unga — uning bobosidan va olam paydo bo‘lgandan beri shunday. 
O‘sha qadim zamonlarda olam deganlari zumradning qirrasiga jo bo‘lgan. Biroq odamlar 
oddiy narsalarga e’tiborsiz, shu bois qadimda falsafiy asarlar yoza boshlashgan. 
Qayoqqa qarab yurish lozimligini o‘shalar bilishadi, boshqalar gapi asossiz, deb 
o‘ylashgan. Biroq Zumrad Lavha bugun ham bor. 
— Unda nima yozilgan? — qiziqib so‘radi bo‘zbola. 
Alkimyogar besh daqiqa qumga nimalarnidir chizdi, bu payt Santyago bozor maydonida 
keksa podshohni qanday uchratganini esladi, o‘shandan beri juda ko‘p yillar o‘tganday 
tuyuldi unga. 
— Qara, qumga nima yozilganiga, — dedi Alkimyogar, shaklni chizib bo‘lib. 
Santyago yaqin kelib, o‘qidi. 
— Axir, bu shifr-ku! — norozi bo‘lib xitob qildi u. — Bu angliyalikning kitobidagiday. 
— Yo‘q. Bu ayni qirg‘iylarning osmondagi parvoziday: buni aql bilan tushunib bo‘lmaydi. 
Zumrad Lavhasi — bu Olam Qalbining nomasi. Donishmandlar bizning yashayotgan 
dunyo jannatga qiyosan, unga o‘xshatib yaratilganini allaqachon tushunib yetishgan. Bu 
dunyoning mavjudligi o‘zi — boshqa, bundan-da mukammal dunyo borligining 
kafolatidir. Qodir egam uni odamlar qalb ko‘zi bilan ko‘rib ruhlari kamol topsin va o‘z 
aqllarining mo‘’jizalaridan hayratga tushsin, deb bino qilgan. Va ayni shuni men Harakat 
deb atayman. 
— Men ham Zumrad Lavhasini o‘qishim kerakmi? 
— Agar sen hozir alkimyogarning laboratoriyasida bo‘lganingda, uni anglashning eng 
yaxshi usulini o‘rganarding. Biroq sen sahrodasan — demak, sahroga uyg‘unlash. Sahro 
jamiki tiriklik kabi senga olamni tushunishda ko‘maklashadi. Sahrodagi hamma narsani 
bilishning hojati yo‘q, Buyuk ijod mo‘’jizalarini ko‘rish uchun bir qum zarrasi kifoya. 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Download 308,52 Kb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   67




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc

Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish