Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/67
Sana28.11.2023
Hajmi308,52 Kb.
#106877
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   67
Bog'liq
Alkimyogar (Paulo KOELO) @worldof books

www.ziyouz.com kutubxonasi 
54
chekamiz”. 
— Mening yuragim azob chekishdan qo‘rqadi, — dedi u Alkimyogarga bir oqshom, qop-
qorong‘u, oysiz osmonga tikilib turib. 
— Sen unga uqtir, azob chekishdan qo‘rqish, azobning o‘zidan ko‘ra yomonroq. O‘z 
orzularini izlab yo‘lga chiqqan biror-bir yurak azob chekmaydi, zero, bunday izlanishning 
har bir daqiqasi — bu Tangri va Abadiyat bilan uchrashuv. 
“Har lahza — bu diydor, — dedi Santyago yuragiga. — Qachonki men o‘z xazinamni 
izlabman, kunlarning bari sehrli yog‘du bilan yorishgan, zero, men bilardimki, soat sayin 
o‘z orzuimning amalga oshmog‘i yaqinlashardi. Qachonki men o‘z xazinamni izlabman, 
men yo‘limda hech qachon o‘y-xayolimga kelmagan narsalarni uchratdimki, bundayin 
uchrashuvlar cho‘ponlardan jasorat talab etardi”. 
Shundan keyin uning yuragi tinchlandi. Oqshom Santyago xotirjam uxladi, 
uyg‘onganidan so‘ng yuragi unga Olam Qalbi haqida gapira boshladi. Aytdiki, Tangrini 
qalbida olib yurgan odam baxtlidir. Baxtni esa, Alkimyogar gapirgan, o‘sha bir dona 
g‘aroyib qum zarrasida topish mumkin. Zotan, ana shu zarrani bunyod etish uchun 
Olamga milliard yil kerak bo‘ldi. 
“Yerda yashayotgan har qaysi odamni uning xazinasi kutib yotadi, biroq biz — yuraklar 
sukut saqlashga odatlanganmiz, chunki odamlar ularni qo‘lga kiritishni xohlashmaydi. Bu 
haqda biz faqat bolalarga gapiramiz, keyin esa hayot har kimni o‘z Taqdiriga peshvoz 
yo‘llayotganini ko‘ramiz. Biroq, baxtga qarshi, sanoqli kishilargina o‘zlariga buyurilgan 
Yo‘llaridan borishadi. Dunyo xavotirga soladi va shu boisdan ham xatarli tus oladi. 
Shunda biz, yuraklar, past ovozda, shivirlab gapiramiz. Bizning ovozimiz hech qachon 
tinmaydi, biroq so‘zlarimizga quloq tutishlari uchun urinamiz: odamlarning yurakka 
quloq tutmay aziyat chekishlarini istamaymiz”. 
— Nega yurak kishiga o‘z orzularini amalga oshirish uchun harakat qilish zarurligini 
aytmaydi? — so‘radi Santyago. 
— U holda yurak azob chekishiga to‘g‘ri keladi, yurak esa azob chekishni xushlamaydi. 
Shu kundan boshlab bo‘zbola o‘z yuragini tushuna boshladi. Va bundan keyin agar u o‘z 
orzulari yo‘lidan bir qadam chetga chiqsa, siqilib, og‘rib tashvishdan ogoh etishini 
yuragidan so‘radi. Ogohni eshitgach, o‘z yo‘liga, albatta, qaytishga qasam ichdi. 
O‘sha oqshom u Alkimyogarga bu gaplarning hammasini aytdi. Alkimyogar Santyagoning 
yuragi Olam Qalbiga yuz tutganini tushundi. 
— Endi men nima qilishim kerak? 
— Ehromlarga qarab boraver. Belgilarni ko‘zdan qochirma. Yuraging endi xazina 
qaerdaligini ko‘rsatishga qodir. 
— Oldinlari menga shu yetishmasmidi? 
— Yo‘q. Bilasanmi, senga nima yetishmaganini, — dedi Alkimyogar va tushuntira 
boshladi: 
— Orzu amalga oshishidan oldin Olam Qalbi orzumand kishi uning saboqlarini to‘la 
o‘zlashtirib olganini sinab ko‘rishga qaror qiladi. Olam Qalbi biz o‘z orzularimiz bilan 
birga yo‘l-yo‘lakay o‘zimizga berilgan ilmu saboqlarni ola bilishimiz uchun shunday 
qiladi. Ayni shu nuqtada aksariyat odamlar jasorat ko‘rsatishdan yuz burishadi. Sahro 
tilida buni “voha ko‘zga ko‘ringan chog‘da chanqoqlikdan o‘lish”, deyiladi. Izlanishlar 
doimo Xayrli Ibtido bilan boshlanadi. Va mana shu sinov bilan intiho topadi. 
Santyago yurtida ko‘p aytiladigan bir hikmatni esladi: “Eng qorong‘u payt — sahar oldi 
pallasi”. 
Ertasi kuni birinchi marta chinakam xavf-xatarning alomatlari yuz 
ko‘rsatdi.Yo‘lovchilarga uch nafar jangchi yaqinlashib kelib, ular bu yerda nima 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Download 308,52 Kb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   67




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc

Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish