O‘zbekistonda ekologik vaziyat




Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana14.05.2024
Hajmi2,23 Mb.
#230609
TuriReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ekologik muammolar haqida

O‘zbekistonda ekologik vaziyat 
Yurtimizda ekologiyani asrab-avaylash, atrof-muhit ozodaligini asrash masalalariga 
katta e'tibor berib kelinmoqda. O‘zbekistonning eng katta ekologik muammosi Orol 
dengizining qurib borishidir. Orol dengizining ekologik falokat hududi, shuningdek, 
Qozog‘iston, Turkmanistonni ham qamrab oladi.
Ayni vaqtda O‘zbekistonda 301 o‘simlik va 184 ta hayvon turi "O‘zbekiston Qizil 
Kitobi"ga kiritilgan.
Ekologik barqarorlikni ta'minlash uchun O‘zbekiston hukumati bir qator strategik 
dasturlarni ishlab chiqqan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi atrof-muhit gigienasi 
bo‘yicha milliy harakat dasturi, biologik rang-baranglikni saqlash bo‘yicha Milliy 
strategiya va Harakat rejasi, Qurg‘oqchilik va cho‘lga aylanishga qarshi kurash 
bo‘yicha Milliy harakat dasturi, Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha Milliy harakat 
dasturi kabi bir qator rejalar qabul qilingan bo‘lib, ular asosida yurtimiz ekologiyasini 
asrab-avaylash borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. 
BMT agentliklari tizimi ham O‘zbekistonning tabiiy zahiralarini barqaror rivojlantirish 
maqsadida atrof-muhitdan foydalanishni samarali boshqarishga va uni muhofaza 
qilishga qaratilgan sa'y-harakatlarni bir qator loyihalar orqali qo‘llab-quvvatlab 
kelmoqda. 
Xususan, aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida O‘zbekiston hukumati 
ekologik muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan qator strategik hujjatlarni ishlab 
chiqqan. 2000 - 2010 yillarga mo‘ljallangan davrda qishloq aholisini ichimlik suvi va 
tabiiy gaz bilan ta'minlash davlat dasturi bu borada muhim amaliy ahamiyatga ega. 
Ayni maqsad yo‘lida ham BMT tizimi agentliklari va boshqa xalqaro tashkilotlar suv 
zahiralaridan unumli foydalanishda O‘zbekiston bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. 
Yurtimizda barqaror rivojlanish ko‘rsatkichiga ega bo‘lish bosh maqsad sifatida 
belgilangan. Barqaror rivojlanish shunday taraqqiyot yo‘liki, unda bugunning 
manfaatlari yo‘lida kelajak avlod ehtiyojlarining qondirilishi xavf ostiga qo‘yilmaydi.



Download 2,23 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish