• Foydalanilgan adabiyotlar.
  • Microsoft Word Astanaqulov Asliddin 2




    Download 2,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/14
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,23 Mb.
    #230609
    TuriReferat
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    Ekologik muammolar haqida

    Kim aybdor? 
    Achchiq haqiqat shundaki, global isishga eng katta hissa qo‘shayotgan davlatlar bu 
    rivojlangan sanoat mamlakatlaridir. Yer, suv va havo ifloslanishida eng katta ulushga 
    ega bo‘lgan o‘lkalar ham ayni shu mamlakatlardir. Lekin ular yaratayotgan muammo 
    uchun issiqxona gazlarini deyarli chiqarmaydigan Afrika kabi qashshoq hudud 
    mamlakatlari jabr ko‘rishiga to‘g‘ri kelyapti.
    Afrika qit'asining global isishdan eng ko‘p zarar ko‘rayotgan hudud ekani bugun hech 
    kim uchun yangilik emas. Iqlim o‘zgarishi bu yerdagi shundoq ham jazirama bo‘lgan 
    havoni yanada isitib, oziq-ovqat manbalari bo‘lgan ekin maydonlarini nobud qilmoqda.
    Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Afrika bugungi ahvolidan qutilishi uchun iqlim 
    o‘zgarishining qanchalar jiddiy muammo ekanini, avvalo, o‘z xalqiga tushuntirishi 
    kerak. Bundan tashqari, muammo keltirib chiqarayotgan jiddiy asoratlarning oldini 
    olish uchun katta mablag‘ kerak bo‘ladi. Shu bois ularni inqirozdan olib chiqish uchun 
    boy mamlakatlar yordam qo‘lini cho‘zishi kerak. Bu borada rivojlangan davlatlarning 
    aksariyati sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan bo‘lsa-da, lekin ular orasida yordam qo‘lini 
    cho‘zayotganlar ham yo‘q emas. Masalan, Norvegiya Tanzaniyaga so‘nggi besh yilda 
    iqlim o‘zgarishi va o‘rmonlarning yo‘qolib borishi muammolarining oldini olish uchun 
    100 million dollar taqdim etdi. Negaki, Tanzaniya o‘rmonlari yo‘qolib, cho‘llashish 
    darajasining yuqoriligi bo‘yicha Afrikada birinchi o‘rinda turadi. Iqlim o‘zgarishi va 
    global isishga qarshi kurashda cho‘llashishning oldini olish esa juda muhim. 
    Norvegiya Bosh vaziri Jens Stoltenberg aytganidek, "Cho‘llashish global miqdorda 
    issiqxona gazlari chiqishining 20 foizini tashkil qiladi" va bu miqdor shak-shubhasiz 
    dahshatli oqibatlarni keltirib chiqaradi. 
    Norvegiya iqlim o‘zgarishining jiddiy muammo ekanini o‘z vaqtida anglab yetgan 
    ko‘rinadi. U o‘z hududini 2030 yilgacha karbon gazlaridan mutlaqo xoli hududga 
    aylantirishni rejalashtirmoqda. Agar barcha mamlakatlar (hech bo‘lmaganda, AQSh, 
    Xitoy, Hindiston kabi yirik sanoat davlatlari) bu borada shu kabi amaliy ishlarga 
    kirishsa, iqlim o‘zgarishi olib kelishi kutilayotgan salbiy oqibatlarning oldi olingan 
    bo‘lardi. Xulosa qilib aytganda, global isishning yanada jiddiyroq zararlarini butun 


    dunyo hududi birday tatib ko‘rmasdan oldin hozirdan global hamkorlik chora-
    tadbirlarini amalga oshirmoq lozim. 


    Foydalanilgan adabiyotlar. 
    1. 
    Ergashyev. A , Umumiy ekologiya .Toshkent ’’O’zbekiston’’ 2003 y 
    2. Nigmatov . A , Ekologiyaning nazariy asoslari.
    O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiriyoti Toshkent 2013 y 
    3. Sultonov .P.S , Ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish asoslari. 
    ’’MUSIQA’’ nashriyoti Toshkent 2007 y 
    4. P. Egamberdiyeva P . Eshchanov , Ekologiya Asoslari . Toshkent
    ’’ZAR QALAM’’ nashriyoti 2004 y 
    5. G.D.Shamsiddinova , D . Karimova Kimyoviy ekologiya Toshkent 2010 y

    Download 2,23 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 2,23 Mb.
    Pdf ko'rish