Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish Yo `llari




Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana14.05.2024
Hajmi2,23 Mb.
#230609
TuriReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ekologik muammolar haqida

Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish Yo `llari. 
 
Sanoat korhonalarining tabora rivojlanib borishi. Transport vositalarining ko`payishi, 
kommunal ob’ektlar ahlathonalarning ko`payishi va boshqalar atmosfera havosining 
ifloslanishdan muhofaza qilishning taqozo etadi. Mazkur masala faqat gigiena fani 
oldidagi masala bo`lib qolmasdan, balki ijtimoiy va iqtisodiy masala hamdir. Agar bu 
masala vaqtida echilmasa keyinchalik uni echish qiyin bo`lib qoladi. Hozirgi kunda 
atmosfera havosini muhofaza qilish uchun 3 ta tadbirni amalga oShirish ko`zda 
tutiladi. Bular: tehnologik, loyihalash hamda sanitariya – tehnika tadbirlaridir. Mazkur 
tadbirlar amalga oShirilsa, turar joylarda atmosfera havosining ifloslanishini ruhsat 
etiladigan darajada ta’minlash mumkin bo`ladi.
Tehnologik tadbirlar 
– atmosfera 
havosini muhofaza qilishda tehnologik tadbirlarning ahamiyati katta. TekShirish 
natijalariga qarab, ob’ektlarga qarab va atmosfera havosiga tashlanadigan chiqindilar 
miqdorini kamaytirish yo ki mutlok to`htatish mumkin bo`ladi. Buning uchun sanoat 
korhonalaridagi tehnologik jarayo nlar takomillashtirilishi zarur. Shunda hatto 
chiqindisiz yo ki kam chiqindili mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo`ladi. Bunday 
jarayo n berk jarayo n deyilib, bunda chiqindilar umuman bo`lmaydi yo ki bunday 
chiqindilardan boshqa mahsulot tayyo rlanadi. Chiqindisiz yo ki kam chiqindili 
korhonalar o`z ichiga kompleks tashkiliy, tehnologik jarayo nlarni oladi. Bunda hom 
ashyo tayyo rlash, bor materiallardan to`la-tekis foydalanish, ularni chiqindi sifatida 
tashqi muhitga tashlamaslik borasida yo `l-yurik, tavsiyalar ishlab chiqiladi. 
Chiqindisiz mahsulot ishlab chiqish nazariy jihatdan qulay bo`lsa-da, amalda uni 
boshqarish juda murakkab hisoblanadi. Shuning uchun ham ko`pincha kam chiqindili 
ishlab chiqish korhonalariga katta ahamiyat beriladi.
Hozir chiqindisiz korhonalar soni juda kam desa bo`ladi.Ko`p mahsulotlar sifatsiz 
bo`lgani, Davlat standartiga to`g`ri kelmasligi tufayli ulardan qayta ishlab chiqarishda 
foydalanilmaydi, va natijada ular muhitni ifloslantiruvchi manbaga aylanib kolmoqda.


Hozir ba’zi metall ishlab chiqarish korhonalar chiqindisiz tehnologiyaga o`tgan 
masalan, qora metallurgiya kombinatlari, ma’danlarni yangi usullar bilan ya’ni kokssiz 
domna o`choqlarisiz eritish usullarini qo`llamoqdalar. Mazkur usullar bo`yicha 
ma’danlar tarkibidagi metallar tabiiy gaz yo ki vodorod yo rdamida ajratib olinadi. 
Bunday tehnologiyada tashqi muhitni ifloslantiruvchi bosqis juda kam bo`ladi. Bunda 
domna pechidagi kul va aglamerat chiqindilar bo`lmaydi. Oqibatda atmosfera havosiga 
tashlanadigan gaz chang va boshqa omillar o`z-o`zidan yo `qoladi. Mazkur usul bilan 
po`lat eritilganda atmosfera havosiga tuShadigan SO
2
gazi chang va boshqa zararli 
omillar kamayadi. Korhona chiqindilaridan to`la tukis foydlanishga imkon tug`iladi. 
Rangli metallurgiya korhonalarida nikel, volfram ishlab chiqarishda ham chiqindilar 
miqdori tabora kamayib bormoqda. Keyingi vaqtlarda azotli o`g`it ishlab chiqarish 
korhonalarida ham hom ashyo lar to`la to`kis chiqitsiz ishlab chiqarilmoqda. 
Atmosferani ifloslantiruvchi kimyo viy moddalardan qayta foydalanilmoqda. 
Chiqindili zavodlarda mahsus moslamalardan foydalanib, korhonalardan ajralib 
chiqayo tgan gazlar Shuningdek zararli moddalar tutib qolinadi va qaytadan mahsulot 
ishlab chiqarishga joriy etiladi. Tehnologik jarayo nlarda olov yo kib qizdirish o`rniga 
elektr toqidan foydalanish ham chiqindilar sonini kamaytiradi. Masalan 
Moskvadagi aluminiy zavodida alyuminning elektr induktsion pechlarda eritishga
o`tish tufayli atmosfera havosiga tuShadigan zararli moddalar soni ancha kamaydi.
Tehnologik jarayo nlarning berkligini ta’minlash ma’sulotlarning bir joydan ikkinchi 
joyga transportyo r lentalar vositasida jo`natish ayniqsa, chang chiqaruvchi moddalar 
bilan ishlashda suvli yo ki havoli transportirovka vositalaridan foydalanish zararli 
moddalar miqdorini ancha kamaytiradi. Tehnologik jarayo nlar biror daqiqa bo`lsa 
ham to`htab qolmasligi kerak. Agar jarayo n to`htab qoladigan bo`lsa, chiqindilar 
to`planib, atmosfera havosining ifloslanishiga imkon tug`dirishi mumkin. Shuni aytish 
kerakki, yuqorida aytib o`tilganlar atmosfera havosini mutlaq ifloslanishdan holi 
qilmaydi. Ammo Shunga qaramay sanitariya vrachi sanoat korhonalarining injener va 
tehnik hodimlari bilan birga atmosfera havosini chiqindilardan muhofaza qilishga 
harakat qilishi lozim 


Ozon qatla-mining yemirilishi natijasida ozon “tuynugi” hosil bo’ldi. Mazkur 
tuynuk-dan Yer yuzasiga ultrabinafsha nurlarining kirib kelishi donli ekinlar 
hosilini keskin kamaytirib yuborishi, odamlarning teri raki kasaliga chalinishlariga 
sabab bo’lishi aniqlangan. 
1989-yil 81 mamlakat olimlari, mutaha-ssislari hamda davlat arboblari qabul 
qilgan “Ozon qatlamini muhofaza qilish Xelsinki Deklaratsiyasi” da 2000-yilga 
qadar freon gazlaridan ishlab chiqariladi-gan mahsulotlarni kamaytirib boorish 
tad-birlari belgilab berildi. Natijada so’nggi yillarda ozon “tuynugi” ning maydoni 
qis-qarib bormoqda.
Cho’llanish. Hozirgi kunda cho’llanish jarayoni, ya’ni hosildor yerlarning, yay-
lovlarning cho’lga aylanishi tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida sodir bo’lmoqda. 
Tabiiy onillarga asosan qurg’oqchilik kiradi. Masalan, 1968-1974-yillarda Sahroi 
Kabirning sohil mintaqasida falokatli qurg’oqchilik oqibatida Chad ko’li may-
donining 60 foizidan ortig’i, Neger, Senegal daryolari qurib qoldi, namlik 
yetishmasligi natijasida yaylovlarning mahsuldorligi keskin kamaydi, cho’l 100-
150 kilometrga savannaga bostirib kirdi. 
Insonning yerdan noto’g’ri foydalanishi natijasida katta-katta maydonlarda hosil-
dor yerlar cho’lga aylanmoqda. 
Hozirgi paytda inson faoliyati ta’sirida 9 million kvadrat kilometr maydonda cho’l 
hosil bo’lgan. Har yil taxminan 21 million gektar yer to’liq buzilib cho’lga 
aylanmoqda. Har yili sug’orilayotgan yerlarning 6 million gektar maydoni cho’lga 
aylanadi. 
Hozirgi paytda cho’llanishning oldini olish bo’yicha muntazam ilmiy va amaliy 
ishlar olib borilmoqda. Keniya davlatining poytaxti Nayrobida cho’llashishga 
qarshi kurashni muvofiqlashtiruvchi tashkilot faoliyat ko’rsatib turibdi. 




HUDUDIY EKOLOGIK MUAMMAOLAR VA 
ULARNING YECHIMI. 
Sanoat va qishloq xo’jaligi yuqori darajada rivojlangan hududlarda tabiat va 
jamiyat o’rtasida o’zaro ta’sirning keskinlashuvi oqibatida mintaqaviy ekologik 
muammolar kelib chiqmoqda. Bu ekologik muammolar tabiiy muhitni keskin 
o’zgartirib, aholi salomatligiga ta’sir etmoqda. 
Hozirgi paytda hududiy ekologik muammolar O’rta, Qora, Azov, Boltiq, 
Shimoliy, Karib dengizlari havzasi, Fors qo’ltig’i, Kasbiy va Orol dengizlari, 
Baykal, Balhash, Ladoga, Onega, Chad, Buyuk ko’llar va boshqa hududlarda 
mavjud. 
O’rta Osiyo va O’zbekistonda vujudga kelgan hududiy ekologik muammo – bu 
Orol dengizi muammosidir. 1911-1960-yillar davomida Orol dengizi har yili 
o’rtacha 52 kub kilometr suv quyilib kelgan va uning sathi muntazam ravishda 53 
m mutlaq balandlikda, akvatoriyasi 66 ming kvadrat kilometr, suvning o’rtacha 
sho’rlanganlik darajasi 9,5-10 foiz (9,5-10g/l) bo’lib, o’rtacha chuqurligi 16 
metrni tashkil qilgan. 
O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’iston-dagi qo’riq yerlarning o’zlashtirilishi, qator 
yirik suv omborlarining bunyod etilishi, kanallar, kollektor-zovurlar tizimlarini 
qurib, ishga tushirilishi natijasida 1961-yildan boshlab Amudaryo va Sirdaryodan 
Orol dengiziga tushadigan suvlar miqdori kamaya boshladi. Buning oqibatida 
Orol dengizining sathi pasayib, maydoni kamaya boshladi. Buning oqibatida Orol 
dengizining sathi pasayib, maydoni qisqara boshladi, suvning sho’rlanganlik 
darajasi esa orta boshladi.
Hozirgi paytda Orol dengizining qurib qolgan qismi maydoni 3 mln ga ni tashkil 
qiladi. Dengizning qurigan qismi yalang tekislikdan iborat bo’lganligi uchun yer-osti 
suvlarining gorizontal harakati qiyin, shuning uchun ularning asosiy qismi bug’lanib 
tuproqda tuz miqdorining ortib ketishiga olib keldi. 
Amudaryo va Sirdaryo quyi qismiga oqib kelayotgan suvning kamayishi oqi-batida bu 
yerlardagi botqoq va to’qaylar maydoni qisqarib cho’llanish jarayoni rivojlanadi. 


Hozirgi vaqtda Orol dengizi muammosi yechimi ikki narsaga –dengiz sathini ma’lum 
darajada ushlab turishga va Orolbo’yi ekolo-gik sharoitini yaxshilashga qaratilgan. 
Orol dengizi sathini ma’lum bir balandlik-da, ya’ni 33 metr mutloq balandlikda 
ushlab turish uchun Orolga har yili Amudaryo va Sirdaryodan 20 kub kilometr suv 
tushib turishi lozim. 
IQLIM MUAMMOSI: BASHORATLAR, MUAMMO VA YECHIMLAR 
Mutaxassislar 2005 yilning birinchi haftasi issiq kunlar bilan boshlanishini bashorat 
qilishgandi. Lekin bunday bo‘lib chiqmadi. Anchadan buyon qor ko‘rmayotgan 
dunyoning bir qator mamlakatlariga aynan shu haftada qor yog‘di. Selsiy va Farangeyt 
shkalalari sovuq va izg‘irinni bildiruvchi raqamlarni ko‘rsatdi. Yaqinda 200 nafar 
iqlimshunos Toni Bler taklifiga binoan Angliyaga tashrif buyurishdi va unda Yer 
sharida haroratning keskin ko‘tarilib ketishi munosabati bilan 1997 yil qabul qilingan 
Kioto protokolini amalga tezroq tatbiq qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Iqlimshunoslar 
vaqtni qo‘ldan boy bermay, protokol yuzasidan kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqish 
zarurligiga alohida urg‘u berishdi. 
Dastlab haroratning ko‘tarilib ketishi va atmosferaning ifloslanish 
darajasi xavfli nuqtaga yaqinlashib qolganligi haqida iqlim o‘zgarishi 


munosabati bilan tuzilgan hukumatlararo komissiya rahbari Rajendra Pachauri 
to‘xtalib o‘tgandi. U bu mavzuda BMTning Mavrikiyada bo‘lib o‘tgan 
konferentsiyasida ma’ruza qildi. Shundan so‘ng Oksford universitetning bir guruh 
olimlari iqlimning keskin o‘zgarishi komissiya keltirgan raqamlardan ikki marta ko‘p 
xavf keltirishini aniqlashdi. Xalqaro ishchi guruhining ta’kidlashicha, o‘n yildan 
keyingi vaziyat asl holiga qaytarib bo‘lmaydigan darajaga yetadi. 
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, iqlimshunoslarning navbatdagi konferentsiyasida 
iqlimning xavfli tomonga burilishi masalasi muhokama qilindi. Hozirdanoq Bosh vazir 
harorat muammosini YeI va “katta sakkizlik” davlatlari o‘rtasida tashkil etiladigan 
sammitda ko‘tarib chiqish mas’uliyatini olgan. Angliya ekologiya vaziri Margaret 
Bekett konferentsiyani ochiq deb e’lon qilarkan, kelajakda haroratning global 
ko‘tarilish oqibatlaridan qochib bo‘lmasligini aytib o‘tgan. Keyin barcha qit’alardan 
tashrif buyurgan olimlar va iqtisodchilar nutq so‘zlashdi. Ularning fikricha, e’tiborga 
arzimagan narsalar hozirda jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotir. 
Agar hukumatlar chora ko‘rishsa, ibtidoiy va arzon texnikalardan voz kechishga to‘g‘ri 
keladi. Aslida bunday qaror ilgari ham qabul qilingan edi. 1986 yil Venada yig‘ilgan 
yadro energetikasi mutaxassislari Chernobl fojeasini ko‘tarib chiqishgandi. Sobiq 
Ittifoq delegatsiyasi o‘shanda vertolyotda suratga tushirilgan yadro reaktorining cho‘g‘ 
rangiga kirish jarayonini havola etgandi. Albatta, tasvirlarning bari keskin ruhda 
emasdi. Lekin jonli hujjat o‘z davrida dunyo siyosatdonlariga yetarlicha tashvish 
tug‘dirayotgan yadro inqirozini yaqqol namoyon etdi. Hozirga kelib yadro 
muammosiga haroratning oshishi, muzliklarning erishi qo‘shildi. Ehtiyotkor fan barcha 
sirni oshkor qilishni istamaydi. Shunday bo‘lsa-da, Arktikadagi dengiz muzliklari 
deyarli yarim hajmidan ayrilganini keltirib o‘tmoq joiz. Qashshoqlik, qurg‘oqchilik, 
kuchli shamollar va suvsizlik kabi ofatlar zilzilaga nisbatan uch marta ko‘proq sodir 
bo‘layapti. Bularning bari iqlim o‘zgarishiga bog‘liq hodisalardir. 

Download 2,23 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish Yo `llari

Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish