Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc




Download 394,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/67
Sana11.02.2024
Hajmi394,69 Kb.
#154681
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   67
Bog'liq
Chingiz-Aytmatov-Sarvqomatdilbarim

www.ziyouz.com kutubxonasi 
13
Men turgan yerimda qotib qoldim. Sintszyanga meni birinchi marta yuborayotganlari yo‘q edi. 
Shunday bo‘lishi turgan gap edi, ammo keyingi kunlarda menga umrbod kolxozga qatnashim shartdek 
bo‘lib qolgandi. 
Xitoyga qatnash ko‘p kunlik yo‘l, kim bilsin, Asalni ko‘rishga vaqt topa olarmikinman. Uni 
xabardor qilmasdan to‘satdan g‘oyib bo‘lib ketamanmi? 
— Senga ma’qul tushmadi deyman-a? — dedi Xadi-cha. 
— Kolxoz nima bo‘ladi? — dedim hayajonlanib. — U yerdagi ishlar ham tamom bo‘lgani yo‘q-ku. 
Xadicha yelkasini qisib qo‘ydi: 
— Uyoqqa borishni ilgari o‘zing istamagan eding-ku. «Obbo, qo‘lga tushirdi-yu!» — deb o‘yladim 
men va jahlim chiqib: 
— Ilgari istamagan bo‘lsam istamagandirman-da! — dedim. 
Stulga o‘tirdim, nima qilishimni bilmay qoldim. 
Jontoy yugurib kirib keldi. Ma’lum bo‘lishicha, mening o‘rnimga uni kolxozga yuborishayotgan 
ekan. Men sergaklanib turdim. Jontoy bosh tortsa kerak, chunki qishloqqa qatnaganda norma kamayib 
ketar edi. Bu esa qo‘lga oz pul tegadi degan so‘z. Ammo u, bilmadim, nima uchundir, yo‘llanmani 
oldi, yana buning ustiga mamnun bo‘lib: 
— Xohlagan tomoningga yuboraver, Xadicha, dunyoning narigi chekkasiga bo‘lsa ham mayli! 
Hozir ovulda qo‘ylarning ayni qo‘zilayotgan payti, senga ham olib kelaymi? — dedi. Keyin buyokda 
men o‘tirganimni ko‘rib: — Kechirasan, xalaqit berdim shekilli, — deb qo‘ydi.
— Yo‘qol bu yerdan! — deb o‘shqirdim boshimni ko‘tarmasdan. 
— Xo‘sh, nega o‘tiribsan, Ilyos! — deb yelkamga turtdi Xadicha. 
— Kolxozga men borishim kerak, meni yubor, Xadicha! — deb iltimos qildim undan. 
— Akding joyidami o‘zi, ilojim yo‘q, naryad tamom bo‘lgan, — dedi-da, menga tashvishlanib 
tikildi. — Namuncha kolxozga qatnaging kelib qoldi? 
Men hech narsa demay, chiqib ketdim. Garajga keldim. Jontoy meni masxara qilgandek yonimdan 
mashinasini g‘izillatib o‘tib ketdi, qanoti bilan urib ketishiga sal qoldi. 
Mashina yonida allamahalgacha ivirsib yurdim, ammo biron iloj topa olmasdim. Yuk ortiladigan 
stantsiyaga bordim. U yerda bir to‘da shofyorlar navbat kutib turishgan edi. 
O‘rtoklarim papiros chekishamiz, deb chaqirishdi, ammo men kabinadan chiqmay o‘tiraverdim. 
Ko‘zimni yumdim-u Asalning yo‘lda meni behuda kutib o‘tirganini ko‘z o‘ngimga keltirdim. Bir kun 
kutar, ikki kun, uch kun... So‘ng mening haqimda nima deb o‘ylashi mumkin? Qo‘rqoq, qochib qoldi, 
deb o‘ylasa-ya! 
Mening navbatim esa yaqinlashmoqda edi. Oldimdagi mashinaga yuk orta boshlashdi. Kran 
qandaydir katta-katta yashiklarni kuzovga tushirmoqda. Yana bir ozdan keyin kran ostiga mening 
mashinam turishi kerak. «Kechir meni, Asal! — deb o‘yladim men. — Kechir, meni, go‘zalim, 
sarvqomatim! Seni ogohlantirolmadim!» Ammo shu payt to‘satdan miyamga oddiygina bir fikr kelib 
qoldi: axir men u yoqqa allaqachonoq borib unga aytib qaytishim mumkin edi-ku. Yo‘lga bir necha 
soat kechikib chiqsam, osmon qulab yerga tushmas? 
Avtobaza boshlig‘iga keyinchalik tushuntirarman, balki tushunar, tushunmasa bir oz koyir, hayfsan 
e’lon qila qolar yoki juda zo‘r kelsa ishini olar. Allaqachon shunday qilishim kerak edi! Ketdim! 
Mashinamni orqaga yurgizmoqchi bo‘lib, darhol motorni yurgizdim. Ammo ortimda mashinalar 
tirband edi. Bu orada oldimdagi yuk ortilgan mashina o‘z joyini bo‘shatdi. Navbat menga keldi. Men 
sal hayallab qoldim. 
— Mashinangni keltir! Hey, sen! — deb baqirdi kranchi menga qarab. 
Yuk olish uchun mashinamni oddinga siljitdim. Kranning xartumi tepamga yaqinlashib kelmoqda. 
Bo‘ddi, ish tamom! Eksport yuki bilan biron yoqqa jilib ko‘r-chi. Nega axir shuni ilgariroq o‘ylab 
ko‘rmabman-a? Safarga jo‘natuvchi kishi kelib, hujjatlarga belgi qila boshladi. Men kabinaning orqa 
derazachasiga qaradim. Tepadan kuzovga konteyner tebranib tushmoqda edi. U borgan sari kuzovga 


Chingiz Aytmatov. Sarvqomat dilbarim (qissa) 

Download 394,69 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   67




Download 394,69 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word ch aytmatov sarvqomat dilbarim lotin ziyouz com doc

Download 394,69 Kb.
Pdf ko'rish