Mehnat vositalari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish
natijasida jismoniy eskirganda,
ular texnik, ishlab chiqarish xossasini va iste’mol qiymatini asta-sekin yo‘qotib boradi. Ayni
vaqtda asosiy kapital tabiiy kuchlarning ta’sirida jismoniy eskirishi ham mumkin. Bunday
eskirish qiymati qoplanmaydi va u yo‘qotishni bildiradi. Bu yo‘qotish asosiy kapitalning
harakatsiz turish natijasidagi eskirishiga teng bo‘ladi.
Mehnat vositalari jismoniy eskirish bilan birga ma’naviy jihatdan ham eskiradi. Ma’naviy
eskirishning ikki xil turi mavjud bo‘lib, u bir-biridan farq qiladi.
Ma’naviy eskirishning birinchi turi mehnat vositalari tayyorlanadigan tarmoqlarda mehnat
unumdorligi oshganligi natijasida ular qiymatining pasayishida ifodalanadi. Bu ishlab turgan
texnikalarni yangilari bilan almashtirishni zarur qilib qo‘ymaydi, chunki ishlab turgan va yangi
texnikalarning texnik darajasi bir xil bo‘lib qolaveradi. Biroq, ancha past qiymatga ega bo‘lgan
mehnat vositalarining keng qo‘llanishi
shunga olib keladiki, ilgari sotib olingan mehnat
vositalari qiymatining bir qismi yo‘qoladi.
Ma’naviy eskirishning ikkinchi turida ancha mukammal, arzon va unumli mashinalarning
ishlab chiqarishga kirib kelishi bilan ilgari o‘rnatilgan mehnat vositalaridan foydalanish
maqsadga muvofiq bo‘lmay qoladi va natijada ular yangilari bilan almashtiriladi. Ma’naviy
eskirishdan ko‘riladigan zararning oldini olishning asosiy yo‘li mehnat qurollaridan ancha
samarali foydalanish hisoblanadi.
Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish uchun qilingan
xarajatlarning bir qismi
amortizatsiya fondi yordamida qoplanadi.
Amortizatsiya asosiy kapital eskirib borishiga qarab, uning qiymatini asta-sekin ishlab
chiqarilgan mahsulotga o‘tkazish, asosiy kapitalni keyinchalik qayta tiklash maqsadlarida
mahsulotning amortizatsiya miqdoriga teng qismini jamg‘arish jarayonidan iborat.
Amortizatsiya normasi amortizatsiya ajratmalari yillik summasining
shu asosiy kapital
qiymatiga nisbatan aniqlanadi va foizda ifodalanadi. Amortizatsiya ajratmalarining umumiy
normasi asosiy kapitalni takror ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq
ravishda ikki qismdan iborat bo‘ladi: bir qismi asosiy kapitalni to‘la qoplashga, ya’ni
qayta
tiklashga, ikkinchisi ularni qisman qoplashga, ya’ni kapital ta’mirlashga mo‘ljallanadi.
Amaliyotda umumiy yillik amortizatsiya normalarini (A
n
) belgilashda asosiy kapital
qiymati (K
as
) asosiy kapitalning harakat qilishi muddati davomida kapital ta’mirlash uchun
sarflar (T
k
), eskirgan mehnat vositalarini tugatishdan olingan mablag‘ (M
t
) va shu vositaning
xizmat davri (X
d
) hisobga olinadi:
%
100