Microsoft Word Economic theory lecture 10




Download 173,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana20.12.2023
Hajmi173,32 Kb.
#124571
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Economic theory - lecture 10

d
as
t
k
as
n
X
K
M
T
K
A

Amortizatsiya normalari mehnat vositalari jismoniy va ma’naviy eyilishining haqiqiy 
miqdorini aks ettirishi kerak. Oshirilgan normalar mahsulot tannarxini sun’iy ravishda o‘stirib 
yuboradi, pasaytirilgan normalar esa asosiy kapital tiklanish davrini kechiktiradi va shu tariqa 
taraqqiyotga to‘siq bo‘ladi.
Hozirgi sharoitda amortizatsiya ajratmalari rivojlangan mamlakatlarda kapital 
qo‘yilmalarni moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi. Shunga ko‘ra davlat ko‘pincha 
korxonalarga jadallashtirilgan amortizatsiyani qo‘llashga ruxsat beradi. Jadallashtirilgan 
amortizatsiya ajratmalarning yuqori normalarini belgilash orqali asosiy fondlar qiymatini 
nisbatan qisqaroq vaqt ichida ro‘yxatdan chiqarish imkonini beradi. Odatda jadallashtirilgan 
amortizatsiyani qo‘llash asosiy fondlarning aktiv qismi uchun ruxsat etiladi. Biroq, bu holat 
nafaqat asosiy kapitalning tezroq yangilanishini, balki ishlab chiqarish xarajatlarini 
amortizatsiya ajratmalariga to‘g‘ri keluvchi qismining oshib ketishiga ham olib keladi.


Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligining oshishi, avvalo qo‘shimcha kapital 
mablag‘ sarfalanmasdan turib mahsulot hajmini ko‘paytirishda o‘z ifodasini topadi.
Bir tomondan, milliy mahsulot yoki milliy daromadning o‘sish sur’atlari bilan, ikkinchi 
tomondan, asosiy kapitalning o‘sish suratlari o‘rtasidagi nisbat milliy iqtisodiyot miqyosida 
asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligining umumlashuvchi ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi bilan 
asosiy kapital qiymati o‘rtasidagi aloqani aks ettirib, u o‘zaro bog‘liq ikki ko‘rsatkich-
kapitaldan olinadigan samara (K
s
) va mahsulotning kapital sig‘imi (K
sig‘
) ko‘rsatkichlari bilan 
ifodalanadi. Milliy iqtisodiyot miqyosida asosiy kapitaldan olinadigan samara darajasi ishlab 
turgan asosiy kapitalning har bir so‘miga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot yoki milliy 
daromadni, kapital sig‘imi darajasi esa ishlab chiqarilgan milliy daromad yoki yalpi ichki 
mahsulotning bir so‘mi hisobiga asosiy kapital qiymatining to‘g‘ri kelishini tavsiflaydi: 
as
s
K
YAIM

yoki 
as
s
K
MD


YAIM
K
K
as
sig

'
yoki 
MD
K
K
as
sig

'

Korxona miqyosida kapitaldan olinadigan samara darajasi asosiy kapitalning bir so‘mi 
evaziga korxona ishlab chiqaradigan mahsulot miqdori (M) bilan, kapital sig‘imi esa korxonada 
ishlab chiqarilgan mahsulotning (M) bir so‘m hisobiga qancha asosiy kapital qiymati to‘g‘ri 
kelishi bilan tavsiflanadi: 
as
samara
K
M
K


M
K
K
as
korx
sig

.
'.

Korxonadagi mehnat vositalarining ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi natural 
ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanadi. Masalan, bir to‘quv dastgohida metr hisobida bir kunda 
to‘qilgan mato, bir avtomobilda bir kunda tonna hisobida tashilgan yuk va hokazo. 
Asosiy capital, ya’ni fondlar harakati aylanma kapital va muomala mablag‘lari harakati 
bilan uzviy bog‘liq. Shu sababli aylanma kapital va aylanma mablag‘lardan foydalanish 
samaradorligini aniqlash va uni oshirish omillarini ko‘rsatib berish muhim ahamiyatga ega.
Aylanma kapitaldan foydalanishning umumlashuvchi ko‘rsatkichi hisoblangan iqtisodiyot 
miqyosida mahsulotning material sig‘imi (M
sig‘
) mahsulot yaratishda iste’mol qilingan aylanma 
kapital qiymatining yalpi ichki mahsulot (YAIM) yoki milliy daromadga (MD) nisbati orqali 
aniqlanadi: 
MD
AK
M
sig

'.

Korxona miqyosidagi material sig‘imi (M
sig‘.kor.
) unda iste’mol qilingan aylanma kapital 
qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbati orqali aniqlanadi: 
M
AK
M
korx
sig

.
'.

Sarflangan aylanma kapital birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori material 
sig‘imi ko‘rsatkichiga teskari miqdordir. 


Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi u bilan aylanma kapital o‘rtasidagi 
nisbatga bog‘liqdir. Bevosita ishlab chiqarish jarayonida band bo‘lgan aylanma kapitalning 
salmog‘i qanchalik ko‘p bo‘lsa, aylanma mablag‘lardan shunchalik samarali foydalaniladi.
Amaliyotda aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi ularning aylanish 
koeffitsienti bilan o‘lchanadi. Bu koeffitsient bir yil ichida sotilgan mahsulot qiymatining 
aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik summasiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Aylanish davri (a) yildagi kunlar sonining aylanishlar soniga (n) nisbati bilan aniqlanadi: 
n
a
360


Aylanma mablag‘lar aylanishini tezlashtiradigan asosiy omil ishlab chiqarish vaqtini 
avvalo ish davrini, shuningdek, muomala vaqtini qisqartirishdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli 
«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 
to‘g‘risida»gi Farmonining 3.2.-bandida, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy 
iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning 
raqobatbardoshligini oshirishda milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini 
ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish zarurligi ko‘rsatilgan. 
3.4.-bandida iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya 
qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish 
asosida: 
- xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy 
tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga 
to‘liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi» degan 
tamoyilni amalga oshirish; 
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik 
muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va 
nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish; 
- davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini 
soddalashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini 
kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; 
- tadbirkorlik sub’ektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha tartib-taomil va 
mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish yo‘nalishlari keltirilgan. 

Download 173,32 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 173,32 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word Economic theory lecture 10

Download 173,32 Kb.
Pdf ko'rish