Tadbirkorlik kapitali va uning harakati bosqichlari




Download 173,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana20.12.2023
Hajmi173,32 Kb.
#124571
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Economic theory - lecture 10
Statistika — Turizm, 1-Amaliy ish M.B, 1232sa1s11311, 1-,2-,3 - mustaqil ishlar, 5-sinf Foizlar mavzusidagi ochiq darsga tarqatma materiallar, 1. Tuplam 2023 4 may, 2-Tuplam, 3-4-shuba BTZT-TTI Jizax-2023 4-may, portal.guldu.uz-Pedagogik mahorat, a5576c69-e200-461d-ae08-d56b9e1ead9a (1), Dosqobilova Nasiba Xoltorayevna Axborot texnologiyalari asoslari, 1, 7 – Mavzu Axloqiy qadriyatlar falsafasi (Etika). Ma’ruza rejasi, Baht boylik , Umumiy Fizika 1 Atom va yadro - Kechki yakuniy (3), 1
10.3. Tadbirkorlik kapitali va uning harakati bosqichlari. 
Tadbirkor ixtiyorida bo‘lib, foyda olish maqsadida ishlatiladigan barcha moddiy vositalar, 
tovarlar va pul mablag‘lari birgalikda tadbirkorlik kapitali deb ataladi. Tadbirkorlik kapitali 
ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo harakatda bo‘ladi va bu harakat jarayonida bir 
qator bosqichlarni bosib o‘tadi. 
Ishlab chiqarishga sarflanadigan har qanday sarmoya o‘z harakatini pul shaklidan 
boshlaydi. Pul (P) tegishli resurslar bozoridan zarur tovarlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari 
(Iv) va ishchi kuchi (Ik) sotib olishga sarflanadi. Bu holda pul shunchaki tovarlar sotib 
olishgagina emas, balki ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy faoliyat omillarini sotib 
olishga sarflanadi. Ushbu muomala sohasida pul kapitali o‘z harakatining birinchi bosqichidan 
o‘tadi: 
Iv 
P T 
Ik 
Mazkur jarayon natijasida pul shaklidagi mablag‘lar unumli kapital shakliga aylanadi va 
ular ishlab chiqarish jarayonining potensial omillari hisoblanadi. Kapital harakatida ikkinchi 
bosqich ishlab chiqarish (I) jarayoni hisoblanib, uning natijasida unumli tovar (T) shaklini 
oladi. Bu yerda hosil qilingan tovarlar qiymati ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchiga 
sarflangan qiymatdan ortiq bo‘ladi. 
Iv 
T . . . I . . . T’ 
Ik 
Chunki hosil qilingan tovarlar qiymatida ishlab chiqarish vositalarining ko‘chgan qiymati, 
ishchi kuchi qiymatining ekvivalenti va ular tomonidan vujudga keltirilgan qo‘shimcha 
mahsulot qiymati ham mavjud bo‘ladi. 
Uchinchi bosqichda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish sodir bo‘ladi T’
P’ ushbu 
bosqichda tovarlar pulga aylanadi va o‘zining dastlabki shakliga qaytib keladi. Dastlab, pul 
shaklida sarflangan mablag‘ yana pul shaklida, ammo miqdor jihatidan ko‘proq bo‘lib qaytadi. 
Shu sababli uni P’=P+P ko‘rinishida ifodalash mumkin. 


Tovarlarni sotishdan tushgan pul kapitali yana ishlab chiqarish omillari sotib olish uchun 
sarflanadi va shu tariqa yuqoridagi harakat to‘xtovsiz takrorlanaveradi. 
Tadbirkorlik kapitalining o‘z harakatida uch bosqichni izchil bosib o‘tib, muntazam 
ravishda bir shakldan boshqa bir shakliga aylanib, yana dastlabki shakliga qaytib kelishi uning 
doiraviy aylanishi deyiladi. 
Doiraviy aylanishning birinchi va uchinchi bosqichlari muomala sohasida, ya’ni resurslar 
va tovarlar bozorida, ikkinchi bosqichi esa ishlab chiqarishda ro‘y beradi. Shuning uchun 
formulada ishlab chiqarish jarayoni va muomala sohasi o‘rtasidagi oraliqlar nuqtalar (…) bilan 
ajratilib ko‘rsatiladi. 
Har bir bosqichda kapital muayyan harakat shakliga kiradi. Birinchi bosqichda u pul 
shaklida, ikkinchi bosqichda unumli yoki ishlab chiqarish omillari va uchinchi bosqichda tovar 
shaklida yuzaga chiqadi. Kapital doiraviy aylanish jarayonida uning har bir shakli alohida 
vazifani bajaradi va shunga ko‘ra ular kapitalning harakati shakllari deyiladi. 
Kapital pul shaklining harakati iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni 
yaratishdan iborat. Bunga pulni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib olishga 
avanslash orqali erishiladi. Kapital unumli shaklining harakati tovarlar ishlab chiqarish va xudi 
shu jarayonda qiymatning o‘sishiga erishishni ta’minlash vazifasiga qaratiladi. 
Kapital tovar shaklining harakati orqali ishlab chiqarilgan tovarlar qiymatining narx 
shaklida ro‘yobga chiqishi sodir bo‘ladi va o‘sgan qiymatning pulga aylanishi bilan 
tadbirkorning foyda olish maqsadi ta’minlanadi. 
Ishlab chiqarish uzluksiz davom etishi uchun tadbirkorlik kapitali o‘zining bir shaklidan 
boshqa bir shakliga aylanib turishi va Ayni paytda har uchala shaklda ham mavjud bo‘lmog‘i 
lozim. Agar tadbirkorlik kapitali bu shakllarning birortasida to‘xtab qolgudek bo‘lsa, uning 
harakatidagi uzluksizlik buziladi. 
Tadbirkorlik kapitalining har uchala shakli bir vaqtda o‘z doiraviy aylanishiga ega bo‘ladi.
Tadbirkorlik kapitali pul shaklining doiraviy aylanishi:
Iv 
P Tb . . . I . . . T’ P’ 
Ich 
Unumli kapitalning doiraviy aylanishi: 
Iv Iv 
T . . . I . . . T’ P’ T 
Ik Ik 
Tadbirkorlik kapitali tovar shaklining doiraviy aylanishi: 
Iv 
T P T . . . I . . . T’ 
Ik 
Kapital o‘z harakatini qanday ijtimoy-iqtisodiy shakllarda amalga oshirmasin, ular uchun 
yuqorida ta’kidlaganimizdek, doiraviy aylanish va uning bosqichlarining harakat ko‘rinishi 
umumiy. Shu bilan birga xo‘jalik yuritishning ayrim shakllarida tadbirkorlik kapitalining 
doiraviy aylanishi, ularning bosqichlari va harakat shakllari o‘zlarining iqtisodiy mazmuni 
jihatidan farqlanadi. 

Download 173,32 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 173,32 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Tadbirkorlik kapitali va uning harakati bosqichlari

Download 173,32 Kb.
Pdf ko'rish