• 10.1. Tadbirkorlik faoliyati mazmuni, uning vazifalari va rivojlanish shart-sharoitlari.
  • Microsoft Word Economic theory lecture 10




    Download 173,32 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/7
    Sana20.12.2023
    Hajmi173,32 Kb.
    #124571
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Economic theory - lecture 10



    10-mavzu. TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA UNING SHAKLLARI. TADBIRKORLIK 
    KAPITALI VA UNING AYLANISHI 
    Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda tadbirkorlik qobiliyati iqtisodiy resurs 
    hisoblanib, inson omilining tarkibiy qismini tashkil etadi. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati, 
    maqsadi va bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida amal qiladigan shakllarini batafsil bayon etish, 
    tadbirkorlik kapitalining mazmunini va uning harakat shakllarini tahlil qilish, kapital harakatida 
    vujudga keladigan jarayonlar va uning namoyon bo‘lishini, shuningdek, kapitalning aylanish 
    tezligi va undan foydalanish samaradorligini oshirish masalalarini yoritish ushbu mavzuning 
    asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi. 
    10.1. Tadbirkorlik faoliyati mazmuni, uning vazifalari va
    rivojlanish shart-sharoitlari. 
    Tadbirkorlik-bu mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga ijodkorlik, yangilik 
    yaratish asosida yondashish bilan bog‘liq faoliyatdir. Biznes esa unga nisbatan keng tushuncha 
    bo‘lib, umuman foyda olish nuqtai-nazaridan yuritiluvchi faoliyatdir. 
    K.Makkonnell va S.Bryu tadbirkorlik asosida uzluksiz shartlar va talablar yotuvchi muhim 
    faoliyat turi sifatida qaraydilar. Birinchidan, tadbirkor tovar va xizmatlar ishlab chiqarish 
    jarayonida ishlab chiqarish omillarini birlashtiradi va «katalizator» vazifasini bajaradi. 
    Ikkinchidan, biznesni yuritish jarayonida u qarorlar qabul qilishdek qiyin bir vazifani 
    zimmasiga oladi. Uchinchidan, tadbirkor-tashkilotchi shaxs bo‘lib, yangi ishlab chiqarish 
    texnologiyalarini joriy qilib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga intiladi. To‘rtinchidan, 
    tadbirkor bu tahlikaga boruvchi insondir. U nafaqat o‘z mol-mulki, vaqti, mehnati bilan, balki 
    o‘z sheriklari, hissadorlari qo‘shgan mablag‘lar bilan ham tahlikaga boradi [5]. 
    Tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risida yuqorida keltirilgan turli xil fikrlar va yondashuvlarni 
    umumlashtirgan holda, qisqa qilib quyidagicha ta’rif berish mumkin. Tadbirkorlik faoliyati-shakli 
    va sohasidan qat’iy nazar foyda olish va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan 
    iqtisodiy faoliyatdir. 
    Tadbirkorlikning rivojlanishi, o‘z navbatida, bir qator sharoitlarning mavjud bo‘lishini 
    taqozo etib, ular asosida umuman tovar ishlab chiqarishning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy shart-
    sharoitlari yotadi. 
    Birinchidan, tadbirkor xo‘jalik yuritishda uning biron turini tanlash, ishlab chiqarish 
    jarayonini amalga oshirish, uni o‘zgarishlarga moslashtirish, manbalarni tanlash, resurs topish, 
    mahsulot sotish, ularga baho belgilash, foydani tasarruf qilish va shu kabilar bo‘yicha ma’lum 
    xuquq va erkinliklar mavjud bo‘lishini taqozo etadi. 
    Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan 
    daromadga mulkchilik xuquqiga ega bo‘lishi kerak. Tadbirkorlik faoliyati mulkdorning o‘zi 
    tomonidan ham, uning mol-mulki asosida ish yurituvchi sub’yekt tomonidan ham amalga 
    oshirilishi mumkin.
    Uchinchidan, xo‘jalik yuritish yo‘lini erkin tanlash, daromadni investitsiyalash imkoniyati 
    va shu kabilarni real ta’minlaydigan ma’lum iqtisodiy muhit va ijtimoiy siyosiy sharoit 
    yaratishi zarur. 
    To‘rtinchidan, tadbirkorlik mulkchilik va o‘zlashtirish turli-tuman shakllari va turlarining 
    mavjudligini taqozo qiladi. O‘z navbatida mulkchilik va o‘zlashtirish sohalaridagi turli-
    tumanlilikning o‘zi ob’yektiv hodisa bo‘lib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi oqibati 
    sifatida maydonga chiqadi. 
    Beshinchidan, yetarli moliyaviy manbalarga, yaxshi ma’lumot va malakali tayyorgarlikka 
    ega bo‘lish, umumiy tijorat qonunchiligi, soliq bo‘yicha imtiyozlar, tadbirkorlik muhiti va uni 


    rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjud bo‘lishi tadbirkorlikni rivojlantirishning 
    navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi. 
    Yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan davlatlarda tadbirkorlik 
    yaxshi rivojlanadi, aks holda faoliyatning bu turi xufyona iqtisodiyot sohasiga o‘tib ketishi 
    ehtimoli ham yuqori bo‘ladi. 

    Download 173,32 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 173,32 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word Economic theory lecture 10

    Download 173,32 Kb.
    Pdf ko'rish