Tadbirkorlik faoliyatining shakllari




Download 173,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana20.12.2023
Hajmi173,32 Kb.
#124571
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Economic theory - lecture 10
Statistika — Turizm, 1-Amaliy ish M.B, 1232sa1s11311, 1-,2-,3 - mustaqil ishlar, 5-sinf Foizlar mavzusidagi ochiq darsga tarqatma materiallar, 1. Tuplam 2023 4 may, 2-Tuplam, 3-4-shuba BTZT-TTI Jizax-2023 4-may, portal.guldu.uz-Pedagogik mahorat, a5576c69-e200-461d-ae08-d56b9e1ead9a (1), Dosqobilova Nasiba Xoltorayevna Axborot texnologiyalari asoslari, 1, 7 – Mavzu Axloqiy qadriyatlar falsafasi (Etika). Ma’ruza rejasi, Baht boylik , Umumiy Fizika 1 Atom va yadro - Kechki yakuniy (3), 1
 
10.2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari. 
Hozir jahonda ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi va o‘ziga xos tomonlarining beqiyos 
darajada bir-biriga qo‘shilib ketishi kuzatiladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning ijtimoiy, 
umumdavlat maqsadlarida foydalanadigan va nihoyat, jamoa, guruh, xususiy va shaxsiy 
maqsadlarda ishlatiladigan turlari mavjud. Shunga mos ravishda tadbirkorlikning turli-tuman: 
davlat, jamoa, shaxsiy, xususiy, aralash va boshqa shakllari rivojlanadi. 
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan sharoitlar asosida davlat korxonalarini uchta guruhga bo‘lish 
mumkin: 
1. Byudjet korxonalari. O‘zlarining holati bo‘yicha ular davlatning ma’muriy-boshqarish 
tizimiga kiradi va biron-bir vazirlik, mahkama yoki mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga 
bevosita bo‘ysunadi yoki ularning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular olgan foydasidan soliq 
to‘lamaydi. Barcha daromad va xarajatlar davlat byudjeti orqali o‘tadi. 
2. Davlat ishlab chiqarish korxonalari-bu korxonalarning ancha keng tarqalgan tashkiliy, 
huquqiy shaklidir. Ular alohidalashgan mol-mulkka ega bo‘lib, xo‘jalik faoliyati bilan birga 
davlat tomonidan belgilangan doirada boshqarish va tartibga solish vazifalarini ham bajaradi, 
ya’ni davlat korporatsiyalari o‘zida tijorat korxonalari va davlat organlari belgilarini 
mujassamlashtiradi. 
3. Aralash kompaniyalar-hissadorlik jamiyatlari va majburiyatlari cheklangan shirkatlar 
shaklida tashkil qilinib, aktsiyalari davlatga va xususiy omonatchilarga taalluqli bo‘ladi. 
Aralash kompaniyalar hissadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonun asosida ish yuritadi va yuridik 
shaxs hisoblanadi, xo‘jalik faoliyatida xususiy korxonalar bilan tijorat asosida qatnashadi. Shu 
bilan birga, ular xususiy korxonalarga nisbatan ma’lum imtiyozlardan foydalanadi. Bu 
imtiyozlarga davlat tomonidan moliyaviy yordam va dotatsiyalar berish, chet el litsenziyalarini 
yengil shartlar bilan olish, boshqa davlat korxonalaridan xom ashyo va yarim fabrikatlarni 
qat’iy belgilangan narxlarda olish, ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun bozor bilan 
ta’minlanganlik va shu kabilar. 
Korxonalarning mulkchilik mavqeidan tashqari xilma-xil tashkiliy-huquqiy shakllari ham 
mavjud bo‘ladi. Korxonalar xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari, jamoa korxonalari, ijara 
korxonalari, xo‘jalik birlashmalari shaklida tuzilishi mumkin. 
Kooperativ tadbirkorlik-jamoa tadbirkorligining alohida shakli bo‘lib, jamoa mulkiga 
asoslanadi va kooperatsiya a’zolarining uning faoliyatida o‘z mehnati bilan ishtirok etishini 
taqozo qiladi. Kooperativ mulkchilikka asoslangan tadbirkorlikning asosiy belgilari 
quyidagilardan iborat: ishlovchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita qo‘shilishi; 
kooperatsiya a’zolarining ishlab chiqarish vositalaridan keng foydalana olishi; ularning 
iqtisodiy jihatdan teng huquqliligi; jamoaning o‘z-o‘zini boshqarishni amalga oshirishi; jamoa 
va shaxsiy manfaatlar uyg‘unligi yuzaga kelishi va h.k. 
Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan xususiy tashabbus asosida 
tashkil qilinadi. Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy 
shaxslarga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil qilish yollanma mehnatga asoslanadi. 
Yakka tartibdagi tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil qilish 
o‘zi yoki oila a’zolari mehnati asosida amalga oshiriladi. Shaxsiy korxona egasi uning menejeri 
ham hisoblanib, korxonaning barcha majburiyatlari uchun shaxsiy javobgar bo‘ladi. Xo‘jalik 


xuquqi nuqtai-nazaridan yakka tartibdagi tadbirkorlik huquqiy shaxs hisoblanmaydi, shu 
sababli uning egasi cheklanmagan mas’uliyatga ega bo‘lib, faqat fuqarolardan olinadigan 
daromad solig‘ini to‘laydi. Bu odatda kichik magazin, xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalar, 
dehqon xo‘jaliklari, shuningdek, huquqshunos, vrach, advokat kabi turli malakali mutaxassislar 
xizmati ko‘rinishida tashkil qilingan tadbirkorlikdir. 
Tabdirkorlik faoliyatini amalga oshirishning muhim shakllaridan biri hissadorlik, ya’ni 
aktsionerlik jamiyatlaridir. 
Aktsiya chiqarish va uni erkin joylashtirish hissadorlik munosabatlarning muhim 
tomonlaridan birini tashkil qiladi. 
Aktsiya-bu uning egasi aktsiyadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum hissasini 
qo‘shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik 
beruvchi qimmatli qog‘ozdir. Bundan tashqari, aktsiya korxonani boshqarishda qatnashish 
huquqini ham beradi. 
Aktsiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, shu sababli o‘zining narxiga ega. 
Aktsiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi. Aktsiyaning fond bozorida 
sotiladigan narxi aktsiya kursi deb atalib, u olinadigan dividend miqdoriga to‘g‘ri mutanosib, foiz 
miqdoriga esa teskari mutanosiblikda bo‘ladi. Xaridor aktsiyani undan olinadigan daromadi 
bankka qo‘yilgan puldan keladigan foizdan kam bo‘lmagan taqdirdagina sotib oladi. 
Aktsiya kursi quyidagicha aniqlanadi: 
%
100


s
F
D
АК
, 
bu yerda: 
AK - aktsiya kursi; 
D - dividend; 
F

- ssuda foizi. 
Ssuda foizi o‘sganda aktsiya kursi tushadi. Agar dividend ssuda foiziga qaraganda yuqori 
darajada o‘ssa, aktsiya kursi ko‘tariladi. 
Aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiya bilan birga obligatsiya ham chiqaradi. 
Obligatsiya-uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo‘yganligini 
tasdiqlaydi. Obligatsiya hissadorlik jamiyati moliyaviy mablag‘larini ko‘paytirish uchun 
chiqariladi. 
Aktsiya egasi korxona mulkdori, obligatsiya egasi esa uning kreditori hisoblanadi. Undan 
tashqari, obligatsiya aktsiyadan farq qilib, o‘z egasiga yillik kafolatlangan daromad keltiradi, 
ammo aktsiyadorlik jamiyati ishlarini hal qilishda ovoz berish huquqini bermaydi. 
Obligatsiyalar bo‘yicha to‘lanadigan daromad odatdagi ssuda foizi miqdoridan ortiq bo‘lmaydi. 
Uning qiymati aktsiyadorlik jamiyati tomonidan ma’lum muddat o‘tishi bilan to‘lanadi. 
Aktsiyaga qo‘yilgan mablag‘ obligatsiyaga joylashtirilgandan farq qilib, aksioner talabi 
bo‘yicha qaytarilishi mumkin emas va faqat sotish orqali qoplanadi. 
Aktsiyadorlik jamiyatining tashkil topishi ta’sischilik foydasi kabi daromad turining paydo 
bo‘lishi bilan bog‘liq. Ta’sischilik foydasi sotilgan aktsiyalar summasi va aktsiyadorlik 
korxonasiga haqiqatda qo‘yilgan mablag‘ miqdori o‘rtasidagi farqdan iborat. 
Hissadorlik korxonasida ta’sischilik foydasi bilan bir qatorda dividend kabi daromad turi 
shakllanadi. 
Dividend (lotincha dividendus - bo‘lishga tegishli)-aktsiya egasiga to‘lanadigan daromad. 
Dividend vositasida aktsiya egasi qimmatli qog‘ozning shu turiga qo‘yilgan pul mablag‘lari, 
kapitalning tegishli qismiga o‘zining mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqaradi. 
Dividend orqali faqat aktsiyadorlik jamiyati olgan foydaning bir qismi taqsimlanadi. Uning 
boshqa qismi jamg‘arishga, soliq to‘lashga va shu kabilarga ketadi. Dividend miqdori 


olinadigan foyda va chiqarilgan aktsiya miqdoriga bog‘liq va hamda odatda ssuda foizidan 
yuqori bo‘ladi. 
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy tizimlari sifatida 
marketing va menejment katta ahamiyat kasb etadi. 
Marketing-tovar-pul munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning 
yaxlit tizimi bo‘lib, bunda xo‘jalik muammolarini hal etishda bozor talablari, xaridorlarning 
tovar va xizmatlarga real talablari va ehtiyojlari yotadi.
Marketingning maqsadi-eng yuqori iste’mol qoniqishi, iste’mol, turmush sifatini oshirish, 
tovar va xizmatlarning keng tanlovini ta’minlovchi korxona mahsulotini sotishning zarur 
hajmiga erishish uchun ishlab chiqarishning yuqori daromadliligi va samaradorligini 
ta’minlash. 
Menejment-ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori natijalarga erishish 
maqsadida qo‘llaniluvchi ishlab chiqarishni boshqarishning shakllari, vositalari, usullari va 
tamoyillarining majmui.
Menejmentning asosiy maqsadi iste’molchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda 
mavjud moddiy va ishchi kuchi resurslari asosida tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni 
tashkil etish hamda korxona faoliyati rentabelligini va uning bozordagi barqaror holatini 
ta’minlash hisoblanadi. 

Download 173,32 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 173,32 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Tadbirkorlik faoliyatining shakllari

Download 173,32 Kb.
Pdf ko'rish